Uyda bajariladigan mashqlar
6. 11- rasmda to‘g‘ri burchakli parallelepiped berilgan. Uning uchlarini belgilang va barcha
qirralari uzunligini toping. Bu qirralarning qaysilari o‘zaro teng bo‘ladi? Uning barcha yo‘qlarini
yozing va o‘lchamlarini aniqlang. Bu yoqlardan qaysilari o‘zaro teng bo‘ladi?
517. Eni 12 sm, bo‘yi 25 sm va balandligi 13 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning
qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?
518.
Qirrasi a ga teng bo‘lgan kub qirralari uzunliklari yig‘indisini hisoblash formulasini yozing.
519.
Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 sm va 7 sm. Bu qog‘oz eni 4 sm, bo‘yi 6 sm va balandligi
2 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
520. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a) 3 sm, 6 sm va 7 sm; b) 11 dm, 13 dm va
13 dm; d) 40 dm, 9 dm va 6 dm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.
521.
O‘lchamlari 40 sm, 30 sm va 20 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi taxta
bo‘lagi sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 dm2 yuzani bo‘yash uchun 2 g bo‘yoq kerak bo‘lsa,
parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi?
Ko‘pyoq
Shakllarning modellarini ko‘rib chiqing. Har bir modelning sirti qanday ko‘pburchaklardan
iborat? Sirti ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan shakl ko‘pyoq deb ataladi. Ko‘pburchaklarning har biri
ko‘pyoqning yoqlari deb ataladi.
Ko‘pburchakning tomonlari ko‘pyoqning qirralari, ko‘pburchakning uchlari ko‘pyoqning uchlari
deb ataladi.
Har bir ko‘pyoq modelining nechta: a) uchi; b) qirrasi; d) yog‘i bor?
Sizlarga tanish bo‘lgan qaysi shakllarni ko‘pyoq deb atash mumkin?
163. Berilgan narsalar orasidan ko‘pyoqqa o‘xshash buyumlarni toping va nomini ayting:
164. Ko‘pyoqning har bir uchini, qirrasini va yog‘ini ayting.
165.
Yozgi dam olish oromgohida 250 kishi dam olmoqda. Yakshanba kuni uchta yetakchi bilan
35 nafar o‘quvchi sayohatga, 16 nafar o‘quvchi murabbiy boshchiligida suzish bo‘yicha
musobaqaga ketdi. Yakshanba kuni oromgoh oshxonasida qancha dam oluvchi ovqatlangan?
166.
Omborda 260 kg olcha bor edi. Maktab oshxonasiga har birida 6 kg dan 8 ta yashik, bolalar
bog‘chasiga har birida 5 kg dan 7 ta yashik, qahvaxonaga 8 kg dan 9 ta yashik olcha
jo‘natildi. 1) Ombordan necha kilogramm olcha jo‘natildi? 2) Omborda necha kilogramm olcha qoldi?
Har bir savolga javob berish uchun ifodalar tuzing va ularning qiymatini toping.
167.
Kamolda 9 ta daftar bor edi. Bu Nodirning daftarlaridan 2 marta kam, lekin Sadirning
daftarlaridan 3 marta ortiq. Nodir va Sadirda hammasi bo‘lib nechta daftar bor?
168.
Amallarni bajaring.
358 + 264 – (42 + 63 : 7)
(166 – 134) : (64 : 8)•(926 – 917)
Do'stlaringiz bilan baham: |