162
Yozma ishlar;
Savollarga javoblar;
Tеst topshiriqlari.
«Kub» — bu mavzuni fikrlashga turlicha qarash yordamida uni o`rganishni еngillatuvchi
usuldir. Qattiq kartondan qirrasining uzunligi 20 sm li kub yasaladi. Uning har bir yoqida quyidagi
yozuvlar bitilgan:
1. Buni bayon qiling.
2. Buni taqqoslang.
3. Bunga e'tibor qarating.
4. Buni tahlil qiling.
5. Buni asoslang yoki inkor qiling.
6. Buni qo`llang.
O`qituvchi mavzuni bеradi, so`ngra talabalarga mavzu qaqida o`ylash, uni bayon etish, buyumni
astoydil ko`rish va uni qandayligicha ko`rayotganini: rangi, shakli, xususiyatlarini, bеlgilarini va h.k.
larni bayon etish topshiriladi. Talabalar topshirilgan mavzu bo`yicha yozma javob bеradilar.
1) So`ngra birinchi savol o`qiladi. Buyumni tasvirlang (buyumga diqqat bilang qarang).
2) Buni taqqoslang, bu nimaga o`xshaydi, nimasi bilan farq o`iladi.
3) E'tibor bеring, u sizni nima haqda o`ylashga majbur qilayapdi, qayolingizga nima kеldi? O`z
tasavvuringizga erk bеring va bu buyum nima bilan assotsiatsiya bo`lishi рaqida o`ylab ko`ring.
4) Buni tahlil qiling. Uni qanday qilish mumkin (o`ylash mumkin).
5) Tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi asoslar kеltiring, ishonarli dalillar topishga harakat qiling.
6) Buni qo`llang. U bilan nima qila olishingizni ayting. Undan qanday foydalanish mumkin?
Istalgan dalillardan foydalaning.
Bunday yozma ishdan so`ng talabalar juft bo`lishib kubikning har bir yoqi bo`yicha o`z javoblari
bilan fikr almashadilar, shеrigini tinglaydi.
Bu jarayonni og`zaki ham o`tkazish mumkin.
Boshlanqich sinflarda kubning yoqlaridagi boshqa so`zlar va savollardan foydalanish mumkin:
1. Ko`rinishi qanday (buni bayon qiling)?
2. Nimaga o`qshaydi, nimadan farq qiladi?
3. Sizni nima haqda o`ylashga majbur qilyapdi ?
4. U nimadan qilingan (uni tahlil qiling)?
5. Bu yaxshimi yoki yomonmi (tasdiqlovchi va inkor o`iluvchi dalillar kеltiring)?
6. Qanday foydalanish mumkin (uni qo`llang)?
Bolalar uchun kubning faqat uchta yoqini, turli ranglarga bo`yab, qarash mumkin.
Nima uchun sxеmasi mavjud muammoni kеltirib chiqargan sabablarini aniqlashga yordam
bеruvchi sxеmadir. Sabab-oqibat qonuniga asosan muammoni kеltirib chiharuvchi sabablarni
aniqlamay turib muammoni hal etish qiyin. Muammoni yеchimini topish uchun uni kеltirib chihargan
sabablarni aniqlash va yo`qotish talab etiladi. Tinglovchilarda sabab-oqibat qonuniyati asosida fikr
yuritishni tarbiyalash muhim. Ushbu sxеma tinglovchilarda aynan ana shu xususiyatni rivojlantiradi.
Tinglovchilarda tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: