Мундарижа банк иши


 Tahlil va natijalar muhokamasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/139
Sana24.02.2022
Hajmi2,54 Mb.
#197709
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139
Bog'liq
Maqola 4 son 2019

3. Tahlil va natijalar muhokamasi. 
Qishloq xo’jaligining moliyaviy barqarorligini ta’minlash sharoitida agroklasterlarni 
tashkil etish zaruriyati, tamoyillari, bosqichlari, rivojlantirish yullari va samaradorligini 
baholashda keng qamrovli yondashuv talab etiladi. Jumladan, avvalambor, nazariy jihatdan 
bir xil guruhlar ob’ektlarini iqtisodiy-geografik joylashuviga ko’ra, ko’p ulchovli statistik 
jarayonlar jamlanmasi tahlillari amalga oshiriladi. Metodologik jihatdan esa, klasterlar 
hududiy-tarmoq majmuasi nazariyasi, tizimli yondashuv, ishlab chiqarishni tashkil etish 
tamoyillari va iqtisodiy o’sish kontseptsiyalarining o’zaro aloqalarini aks ettiradi. Nihoyat, 
amaliy jihatini, klaster ishtirokchilari - qishloq xo’jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlash 
va sotish bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirishni 
strategik boshqarishdan iborat. 
Jahon amaliyotida agrar sohaning barqarorligini ta’minlashda alohida ahamiyatga ega 
bo’lgan tarmoqlararo va hududiy integratsiyalashgan tuzilmalardan biri agroklaster 
hisoblanadi bizda ham bu tarmoqni yanada rivojlantirish va shakllantirish uchun barcha 
imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda klasterlarning rivojlanishi barqaror innovatsion 
rivojlanishga va mintaqadagi qishloq xo’jaligining raqobatbardoshligini va umuman 
agrosanoat kompleksini rivojlantirishga yordam beradigan muhim vositalaridan biri 
xisoblanadi. 
Hozirda kunda ekspertlar hisob-kitoblariga ko’ra, dunyodagi ilg’or davlatlar 
iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga o’tgan. Masalan, Evropa Ittifoqida 2 mingdan 
ziyod klasterlar mavjud bo’lib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, 
Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida to’liq klaster usuli tatbiq qilingan. AQShda esa 
mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan 
tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi. Hindistonda 2000 
dan ortiq, shundan 388 ta sanoat va 1657 ta hunarmandchilik korxonalarini birlashtirgan 
klasterlar faoliyat ko’rsatadi. Klasterlar mamlakat eksport mahsulotining 60 foizni, ba’zi bir 
yirik klasterlar esa Hindistonda ishlab chiqariladigan ba’zi bir mahsulotlarning (kiyim-
kechak, zargarlik va teri mahsulotlari) 90 foizni etkazib beradilar. 
Mintaqada agrar sektorning barqaror innovatsion rivojlanishining ob’ektiv shart-
sharoitlari yaratilgan bo’lib, hududlarni ixtisoslashuvi hisobiga sanoatning raqobatbardosh


119 www.journal.bfa.uz 
tovarlarini ishlab chiqish; qishloq aholisini ish bilan ta’minlash muammolari, sifati va hayot 
darajasini yaxshilash masalalarini hal qilish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 
ekologik innovatsiyalarni joriy etish orqali ekologik xavfsiz sharoitlar yaratilib ularda 
ekologik toza qishloq xo’jaligi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga quyilmoqda. 
Bu borada, xukumatimizning 2018 yil 31 mart kuni “Paxta-to’qimachilik ishlab 
chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi 253-sonli qarori qabul qilingani e’tiborga molik.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan, 
ayni paytda paxta-to’qimachilik klasterlari soni ko’payib borayotgani, kelgusida paxta 
etishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi to’liq klaster tizimiga o’tishi, yangi tuzilayotgan 
klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish o’rinlari yaratilishi 
rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor.
Bunda, eng muhimi, klaster korxonalari bilan fermer 
xo’jaliklari o’rtasida bozor munosabatlariga asoslangan holda integratsiyalashuvi natijasida 
paxtachilikda ilg’or agrotexnologiyalar va uslublar joriy qilinib, zamonaviy qishloq xo’jaligi 
texnikalari bilan jihozlashga erishilmoqda.
Joriy yilda paxta to’qimachilik klasterlari 
respublikaning 88 ta tumanida jami 657,042 ming gektarni egallab, mamlakatimiz hududida 
paxta ekiladigan umumiy er maydonining 63,6 %ni, shu jumladan, 52 ming gektar er 
maydonlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida paxta etishtirishni amalga oshirmoqda. 
Klaster tizimining yana bir afzalligi, mazkur jarayonda hamma mehnatkashlarning 
manfaatlari uyg’unlashadi, ya’ni xomashyo etishtiruvchidan boshlab, uni qayta 
ishlovchilarga bo’lgan barcha ishchi-xodim mahsulot sifatiga birdek javobgar bo’ladi. Chunki 
yakuniy jarayon natijasiga ko’ra, tovarni sotishdan tushgan qo’shimcha qiymatning bir qismi 
shu ishga hissa qo’shgan mehnatkashlarga taqsimlanadi. 
Bu borada sanoat sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar o’z 
samarasini bermoqda. Agar buni qiyoslasak, 2017 yilda paxta-to’qimachilik klasterlari 
tomonidan 8 ming gektar maydonda chigit ekilgan bo’lsa, 2018 yilda esa ushbu ko’rsatkich 
160 ming gektarga etkazilib, qariyb 20 barobarga ko’payganligi kuzatildi. Boshqacha 
aytganda, shu yil respublika bo’yicha etishtiriladigan 2 mln 958 ming tonna paxta 
xomshayosining qariyb 1 mln 831 ming tonnasi yoki 62 foizi klaster korxonalari hissasiga 
to’g’ri kelmoqda. 
Mamlakatda agroklaster faoliyatini yanada shakllanishi uchun quyidagi vazifalar 
bajarilishi lozim: 

agroklaster shakllanishining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash va o’rganish; 

qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klasterli shakliga o’tishning 
iqtisodiy asoslari va shartlarini o’rganish; 

xududlarni etiborga olgan holda mintaqaviy agroklasterlar barqaror rivojlanishning 
belgilangan shartlaridan samarali foydalanib, uning ilmiy asoslangan printsiplarni ishlab 
chiqish; 

mintaqada qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishni ta’minlashda agrosanoat 
majmuasining tuzilishini va uning individual elementlarining rolini asoslash; 

agrar iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarida qishloq xo’jaligi faoliyatini 
tashkil etishning klaster shakllarining afzalliklarini o’rganish; 

ishlab chiqarishni tashkil qilishning klaster shaklining rivojlanish muammolari va 
istiqbollarini o’rganishdan iboratdir. 
Shu bilan birga, xorijiy tajribalar shuni ko’rsatdiki, agrosanoat kompleksida ishlab 
chiqarish faoliyatini tashkil etishning klaster shakli quyidagi asosiy xususiyatlarga javob 
beradi: 
- jo’g’rofiy joylashuv (bir hududdagi qishloq xo’jaligi tashkilotlarining joylashishi); 
- qishloq xo’jaligi, ilmiy tashkilotlar va davlat tuzilmalari o’rtasidagi gorizontal va 
vertikal aloqalarning mavjudligi; 
- faoliyatning yagona tarmog’iga (filialga) ega bo’lgan va yagona infratuzilma bilan 
bog’langan ishlab chiqarishni tashkil etuvchi tashkilotlarni birlashtirish; 
- ishtirokchi tashkilotlarning rivojlanish dinamikasini ta’minlovchi raqobatning 
mavjudligi; 
- barcha qatnashchilarning raqobatbardoshligini va barqarorligini oshirish maqsadida 
ixtiyoriy shartnoma asosida tashkil etilgan tashkilotlar o’rtasida uzoq muddatli barqaror 
iqtisodiy munosabatlarni mavjudligi; 
- ishtirokchilarning birgalikdagi faoliyatining innovatsion yo’nalishini mavjudligi va 
boshqalar. 
 


120 www.journal.bfa.uz 
Albatta bu kabi galdagi vazifalarni amalga oshirilishida moliyaviy ta’minot asosiy o’rin 
egallaydi shu bois mamlakatimizda hozirda keng qamrovli moliyaviy barqarorlashtirishga 
qaratilgan islohotlarning yangi bosqichi joriy yilda ham izchillik bilan davom ettirildi, biroq 
hozirgacha iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi mavjud 
imkoniyatlardan etarli darajada foydalanmaganligini va buning uchun xizmat qilishi mumkin 
bo’lgan katta imkoniyatlar chetda qolib ketayotgani ko’rinib qolmoqda. 
Bugungi kunda yurtimizda kichik biznesni yanada taraqqiy ettirish, yangi ish o’rinlarini 
yaratish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash kabi 
masalalar bank- moliya tizimi zimmasiga ham alohida vazifa sifatida yuklangan, 
bu borada 
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 dekabrdagi yig’ilishda qishloq xo’jaligini muhim 
qismlaridan biri bulgan uzumchilikni rivojlantirish vazifasi “Asaka” bank zimmasiga 
yuklatilganligini alohida ta’kidlash o’rinli.
Shundan kelib chiqqan holda «Asaka» bank ATB tomonidan ishlab chiqarish va servis 
xizmatlari ko’rsatish sohasida xususiy sektorning salmog’ini oshirish maqsadida muayyan 
ishlar amalga oshirilmoqda.
Bank tomonidan mamlakatimizda uzumchilikni rivojlantirish maqsadida sohada faoliyat 
ko’rsatayotgan xo’jaliklarga har tomonlama qo’lay bo’lgan kredit shartlari ishlab chiqilgan 
bo’lib, jumladan: 
- yangi uzumzorlarni barpo etish hamda yaroqsizlarini rekonctruktsiya qilishga 3 yillik 
imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga kreditlar ajratilgan; 
- uzum etishtirishni va uzum qator orasiga sabzavot, poliz hamda dukkakli ekinlar 
ekishni tashkil etishda (urug’lar, ko’chatlar, yoqilg’i moylash mahsulotlari, mineral va 
mahalliy o’g’itlar, kimyoviy preparatlar sotib olish uchun) aylanma mablag’larni to’ldirishga 
9 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga; 
-agrofirmalarga qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan etishtirilgan uzumni sotib olish 
uchun aylanma mablag’larini to’ldirishga 6 oylik imtiyozli davr bilan 1,5 yilgacha muddatga; 
- uzumchilik sohasiga doir uzoq muddatli kreditlar ajratish (sohaga doir texnika va 
texnologiyalar sotib olish) uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga kreditlar 
ajratilmoqda. 
Hozirda respublikadagi uzumzorlarning samaradorligini oshirish maqsadida viloyatlarda 
uzumchilikka ixtisoslashgan 42 ta agrofirmalar faoliyati tashkil etilgan, “Asaka” bank 
tomonidan o’tgan yillarda 169,1 mlrd. so’mlik 648 ta loyihalar moliyalashtirildi. Mazkur 
loyihalarning moliyalashtirilishi hisobiga 40 ga yaqin qishloq xo’jaligi texnikalari sotib olindi, 
19 ming tonna sig’imga ega muzlatkichlar tashkil qilindi, 2 000 gektarga yaqin yangi uzum 
bog’ maydonlari barpo etildi va 900 gektarga yaqin eski uzum bog’ maydonlar 
rekonstruktsiya qilindi. 
Uzumchilikka ixtisoslashgan agrofirmalar va 10 mingdan ortiq fermer xo’jaliklarning 
hisobraqamlari “Asaka” bank filiallarida ochildi. Ularga qulayliklar yaratish maqsadida 
bugungi kunda respublikamiz tumanlarida “Asaka” bankning 42 ta mini-banklari faoliyat 
ko’rsatmoqda.
2019 yilda respublika bo’yicha 1,9 mln. tonna uzum mahsulotlarini etishtirish 
rejalashtirilgan hamda 8,0 ming gektar yangi uzumzorlar barpo qilinib, ushbu loyihalarning 
umumiy summasi 75,1 mlrd.so’m (shundan, bank krediti 20,1 mlrd. so’m)ni tashkil etadi. 
Shuningdek, 2,2 ming gektar uzumzor rekonstruktsiya qilinib, loyiha summasi 6,2 mlrd. 
so’m (shundan, bank krediti 635,0 mln.so’m) ni tashkil etadi. Mazkur loyihalar doirasida, 
respublikamiz hududlarida 900 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi ta’minlandi. 
 
Albatta, qishloq joylarda yashayotgan aholini ham qo’llab-quvvatlash maqsadida 
qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun ham xususan, chorvachilik, parrandachilik, 
baliqchilik, asalarichilik va boshqa turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish 
hajmlarini sezilarli ko’paytirish maqsadida bank tomonidan 2018 yil mobaynida 26 800 
nafarga yaqin fuqaroga 215,1 mlrd. so’mdan ortiq mikrokreditlar ajratildi. Ushbu kredit 
mablag’larining 162,6 mlrd. so’mi yoki 75,5 foizi chorvachilik sohasiga, 16,3 mlrd. so’mi 
yoki 7,6 foizi parrandachilikka, 7,7 mlrd. so’mi yoki 3,6 foizi bog’dorchilik va uzumchilik 
sohasiga, 16,9 mlrd. so’mi yoki 7,9 foizi ixcham issiqxonalar tashkil qilishga, 1,8 mlrd. so’mi 
asalarichilikka, 87,1 mln. so’mi baliqchilik sohasiga, 215,2 mln. so’mi quyonchilik sohasiga, 
269,8 mln. so’mi sabzavotchilik va urug’chilikka, 9,1 mlrd. so’mi yoki 4,3 foizi mineral 


121 www.journal.bfa.uz 
o’g’itlar sotib olishga va tadbirkorlikning boshqa turlarini moliyalashtirish uchun yo’naltirildi
1
(1- rasm). 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish