Nurul yaqin.
Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
97
Payg‘ambar alayhis-salom tushlarida Masjidi Haromga kirib, haj ibodatlarini bajo
keltirganlarini ko‘rgach, musulmonlarga umra* qilajaklarini aytdilar. Qurayshlar qarshilik
ko‘rsatishdan xavfsirab, Madina atrofidagi ko‘chmanchi arablarni hamsafar bo‘lishga
undadilar, lekin ularning payg‘ambar boshchiligidagi musulmonlar uyiga sog‘-salomat
qaytib kelishiga ko‘zi yetmay, bola-chaqasi bilan mol-holi qarovsiz qolishini bahona
qilishdi va kechirim so‘rashib, safarga chiqishdan bosh tortishdi.
Rasululloh muhojir va
ansorlardan bir yarim ming odamni olib yo‘lga tushdilar. Rafiqalari Ummu Salama u
kishiga hamroh bo‘ldi. Madinada rasulullohning o‘rinlariga ibn Ummu Maktum qoldi.
Musulmonlar birov bilan urushgani ketmastganini bildirib qo‘yish uchun qurbonlikka
so‘yiladigan mollarni oldinda haydab borishdi. Sahobalarda qiniga solingan qilichdan
boshqa qurol yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom umraga qilichlarni yalang‘ochlab
borishni istamadilar. Musulmonlar Usfonga yetib kelishganda Makkaga yuborilgan
xabarchi qaytib keldi. U mushriklar musulmonlarni Makkaga yaqin yo‘latmaslikka qaror
qilib,
urushga tayyorlanishayotganini, Xolid ibn Valid boshchiligidagi ikki yuz suvoriy
ziyoratchilarning yo‘lini to‘sish uchun otlanganini aytdi.
Vaziyat keskinlashib, behuda qon to‘kilishi mumkinligini sezgan payg‘ambar alayhis-
salom: "Bizni kim boshqa yo‘ldan olib boradi?" deb so‘radilar. Musulmonlar orasidan bir
odam talabgor bo‘lib chiqdi-da,
ularni notekis, egri-bugri yo‘llardan boshlab, Makkaning
etak tomonidagi yalanglikka olib chiqdi. Bundan xabar topgan Xolid ibn Valid darhol
shaharga qaytib, makkaliklarga xabarni stkazdi. Musulmonlar Muror* tepaligiga
kelganda payg‘ambar alayhis-salomning tuyasi yurmay cho‘kkalab oldi. "Tuyaning
bunday odati yo‘q edi. Uni filni to‘xtatgan parvardigor cho‘ktirdi. Xudo haqqi makkaliklar
Baytullohni ulug‘lash uchun qanday shart qo‘yishsa so‘zsiz qabul qilaman", dedilar.
Hozirgi vaziyatda jangga kirsa musulmonlar zafar quchishi aniq edi. Lekin Olloh taolo
kelajakda Baytullohni butun dunyo
musulmonlarini birlashtirib, do‘stlik, qarindoshlik
rishtalarini mustahkamlaydigan ziyoratgohga aylantirishni iroda qilib qon to‘kilishining
oldini oldi va muqaddas maskanning hurmatini o‘rniga qo‘ydi. Payg‘ambar alayhis-salom
musulmonlarga Hudaybiyaning* olis bir chetiga joylashishni buyurdilar. Ular hali nafas
rostlab ulgurmay Makkadan vakil bo‘lib kelgan Budayl ibn Varqo musulmonlar nima
mahsadda tashrif buyurishgani bilan qiziqdi. Payg‘ambar alayhis-salom maqsadlarini
bayon etdilar.
Budayl iziga qaytib, bo‘lgan gapni aytganida u musulmonlar bilan
ittifoqdosh Xuzoa qabilasidan bo‘lgani uchun qurayshlar uning so‘zlariga ishonishmadi.
"Muhammad lashkarlari bilan kelib umra qilarmishmi? Ular bilan urush holatidamiz,
arablar eshitishsa musulmonlar Makkaga bostirib kirishibdi, deyishmay-dimi? Toki
ko‘zimiz ochiq ekan, ularni bu dargohga yaqin yo‘latmaymiz", deyishdi. Makkaliklar
shuncha musulmonning yasov tortib kelishidan muddaosi nimaligini
uqib kelish uchun
qurayshning ittifoqdoshi Ahobish qabilasining oqsoqoli Xulays ibn Alqamani jo‘natishdi.
Payg‘ambar alayhis-salom Xulaysni ko‘rib: "Bu odam qurbonlikka atalgan mollarni
bo‘lakcha ehson deb biladigan qavmdan, tuyalarni uning oldiga haydab boringlar,
ko‘rsin", dedilar. Tuyalar vakil turgan joyga olib borildi, odamlar Xulaysni Talbiya* aytib
kutib olishdi. Musulmonlarning niyati beg‘arazligini ko‘rgan Xulays: "Olloh pokdir, bu
odamlarning umra qilishiga
xalal berish insofdan emas, ular faqat umra ibodatini bajo
keltirgani kelishgani ko‘rinib turibdi-ku. Laxam, Juzom, Himir qabilalari Baytullohni
ziyorat qilganda nega endi Abdulmuttalibning avlodini yo‘lini to‘samiz? Iloyo quraysh
zavol topsin!" dedi.
Makka mushriklari Xulaysnyng gaplarini eshitib, g‘azabga kelishdi: "Ovozingni o‘chir,
sen hiyla-nayrangni bilmaydigan qishloqisan", deya koyishdi va rasulullohning huzuriga
Toif qabilasining oqsoqoli Urva ibn Mas’udni jo‘natishdi. U payg‘ambar
alayhis-salomga
uchrashib: "Ey Muhammad, sen tentirab yurgan sayoq odamlarni to‘plab qurayshlik o‘z