Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARINI INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING SIFAT VA
SAMARADORLIGI.
Yunusova Nilufar Lutfullayevna
Toshkent viloyati Zangiota tuman
1-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
tel:889-11-36
Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematika fanini o’qitish va
o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqida bayon etilgan.
Kalit so’zlar: matematik masalalar, ko’nikma, malaka, arifmetik amallar, sahnalashtirilgan
masalalar, ko’rgazmali masalalar.
Boshlang’ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo’g’ini bo’lganligi sababli ana shu
jarayonda o’quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko’proq e’tibor berish lozim.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma’suliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina
qadam qo’ygan o’quvchilarni maktab hayotiga ko’niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo’l ochib
beradilar. Bolalarning o’qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu
ham boshlang’ich sinf o’qituvchilarining vazifasi ma’suliyatli ekanligini ko’rsatadi.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalaridan
biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda
matematika bo’yicha bilimlar berish bilan birga ularga o’rganilayotgan bilimlarni asosli va
puxta bo’lishini ta‘minlash, ularni qo’llay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni
kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari uchun zarur
ko’nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga
aylanishi lozim. Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham
o’quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o’quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini
rivojlantirish hisoblanadi. Demak, boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar tushunchasini
mohiyatini va hisoblash usullarini yetkazish uslubiyotini ishlab chiqish o’z ichiga o’quvchilarda
umuman boshlang’ich matematika asosiy tushunchalarni shakllantirish va ularni amalda qo’llay
olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishni oladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda
turli masalalarning o’rni katta. Men quyida ana shunday masalalarning ayrim turlariga to’xtalib
o’tmoqchiman.
Sahnalashtirilgan masalalar. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e‘tibor beriladi. Bu
masalalarda bolalarning kuzatgan, ko’pincha o’zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi.
Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko’rgazmali asosida ko’rinib
turishi muhimdir. Birinchi sinf bolalari ko’pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular
u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo’lishib oldi, sovg’a qildi va hakozo) so’zlarning
ma‘nosini tushunmaydilar. Shuning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni
ifoda etuvchi so’zlarni mazmunini ochib berishga alohida e‘tibor berish kerak. Shu maqsadda
masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak. Bunda qarama-
qarshi harakatni: keldi-ketdi, yaqin kelishdi-uzoqlashdilar, oldi-berishdi, ko’tarishdi-tushirishdi,
olib kelishdi- olib ketishdi, uchib ketishdi nazarda tutuvchi yig’indi va qoldiqni topishga oid
masalalarni taqqoslash maqsadga muvofiqdir.
1-4-sinflar matematika darslarida misollar yechishda o’quvchilarni qiziqishlarini oshirish
uchun turli qiziqarli o’yinlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |