Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
MULTIMEDIA VOSITALARIDAN KUNDALIK HAYOTIMIZDAFOYDALANISHNING
O‘RNI VA AHAMIYATI
Muxammadiyeva Fazilat G’ulomovna
Zarafshon shahar 7- umumta’lim maktabi
Matematika va informatika fani o‘qituvchisi
Tel: 93-439-78-86
Annotatsiya: Maqolada multimedia vositalaridan kundalik hayotimizning turli sohalarida
foydalanish haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Multimedia vositalarining hozirgi zamonamizda
o‘rni va muhimligiga to‘xtalib o‘tilgan.
Tayanch so‘zlar: multimedia, AKT, multimedia vositalari, texnologiya.
Biz hozir shiddat bilan o‘sib borayotgan jamiyatda yashamoqdamiz. Biz yashayotgan jamiyatda
har bir soha texnologiya tomonidan mukammal rivojlanmoqda.Albatta biz hayotimizni AKT
vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz.
Hozirgi kunda AKT vositalari kirib bormagan biron bir soha yo‘q shular qatorida maktabda
tashkil qilinadigan darslarni multimedia vositalarisiz tasavvur qilishning umuman iloji yo‘q.
Inson oladigan ma’lumotlarni 90 foizini ko‘rish orqali, 9 foizini eshitish orqali qolgan 1 foizini
boshqa sezgi a’zolari orqali qabul qiladi. Shuning uchun o‘zini hozirga zamonga mos o‘qituvchi
deb bilgan har bir kishi multimedia vositalaridan foydalangan holda darslarni o‘tishi maqsadga
muvofiqdir.Dars jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan multimedia vositalari bu- videoproyektor
va ovoz kalonkasidir.
Multimedia vositalari haqida qisqacha ma’lumot:
Multimedia (multi – ko‘p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining sohasi bo’lib,
turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov
beradi.
Multimedia – bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy
ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, matn,
tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud
bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar).
Multimedianing apparat – dasturiy vositalari foydalanuvchi o‘z ish faoliyatida axborotning
matn va grafik shakldan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish,
hamda o‘zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin.
Multimedia tushunchasi 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tatbiq etish va
ulardan foydalanish muammolari bilan shug‘ullanadigan yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan
shakllantirilgan.
Multimedia texnologiyasi bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan
foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvirva ovoz.
Multimediya texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi uchun ham mavzuni o‘quvchiga
yetkazishda qulay vosita hisoblanadi.Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush,
70
Do'stlaringiz bilan baham: |