Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
DINAMIKA QONUNLARI
Egasheva Latofat Toshtemirovna
ergasheva.latofat@bk.ru
+998935726565
300-Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim
maktabining fizika fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada dinamikaning asosiy qonunlari bo’lmish nyuton qonunlari
ko’rib chiqildi va mislollar bilan tahlil qilindi. Nyutonning uchta qoiadasi ha tahlil jarayonida
formulalar va jism harfakati, aks ta’siri tezlanishi bir qator misollar orqali tushuntirldi.
Kalit so’zlar: Dinamika, mehanika, qattiq jism, Nyuton qonunlari. Aks ta’sir, kuchlar
sistemasi, XBS.
Dinamika (yunoncha dynamis - kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga
taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi. dinamikada statikaning murakkab
kuchlar sistemasini sodda holga keltirish qonuniyatlaridan va kinematikadagi harakatni ifodalash
usullaridan keng foydalaniladi. dinamikaning bevosita vazifasi berilgan (qoʻyilgan) kuchlar
boʻyicha harakatni aniqlash, agar harakat maʼlum boʻlsa, jismga qoʻyilgan kuchlarni topishdan
iborat. Odatda, dinamika deganda yoruglik tezligidan ancha kichik tezlikda harakatlanayotgan
har qanday moddiy jismning harakatini oʻrganadigan anʼanaviy (klassik) dinamika tushuniladi.
Oʻrganiladigan obyektning xossalariga qarab: 1) moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasi
dinamikasi; 2) qattiq jism dinamikasi; 3) uzgaruvchan massali jism dinamikasi; 4) elastik yoki
plastik deformatsiyalanadigan jism dinamikasi; 5) suyuqlik va gaz dinamikasi (mas, gidrodinamika,
aerodinamika, gaz dinamikasi) buladi. dinamikada avval moddiy nuqtaning harakat qonunlari
aniqlanadi, soʻngra moddiy nuqtalar sistemasi uchun bu qonunlar umumlashtiriladi, massa
jismlarning moddiy ifodasi sifatida qaraladi. Dinamika asosini Nyutonning mexanika qonunlari
tashkil qiladi.
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun.
I. Nyuton tomonidan taʼriflangan (1687). Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch
taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saklaydi (qarang
Inersiya qonuni). Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi)
ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional, yoʻnalishi esa taʼsir etadi. Uchinchi
qonun — ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng , yoʻnalishi esa qarama-qarshi boʻladi
(qarang Taʼsir va aks taʼsir qonuni). Nyutonning mexanika qonunlariq. G.Galiley, X.Gyuygens,
R./ukhamda I.Nyutonning oʻzi oʻtkazgan koʻplab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar
natijasida paydo boʻlgan. Nyutonning mexanika qonunlari q. elementar zarralar va tezligi
yorugʻlik tezligiga yaqin moddalar uchun oʻrinli emas.
Dinamikada ikkita birliklar sistemasi ishlatiladi: 1) fizik sistema [uzunlik birligi (1 metr),
vaqt birligi (1 sekund), massa birligi (1 kilogramm-massa) olinadi]; 2) texnik sistema [uzunlik,
vaqt birligi va kuch birligi (1 kilogramm-kuch)]. dinamikada moddiy nuqtalar va sistemalarning
harakati Nyutonning qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalar asosida aniklanadi.
dinamikada moddiy nuqta tebranma harakatini tekshirish uchun differensial tenglamalardan
foydalaniladi va harakat qonunlari keltirib chiqariladi. Bundan tashqari dinamikada harakatni
tekshirish uchun nisbatan soddalashtirilgan uch xil usul ham keltiriladi. Bular dinamikaning
umumiy teoremalari degan nom bilan kiritilgan.
Nyutonning birinchi qonuni tashqi ta’sirsiz harakatlanayotgan jismlarning mexanik holati
haqidadir. Bu qonunni shunday bayon etish mumkin: tinch holatdagi yoki to’g’ri chiziqli tekis
harakat qilayotgan jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa yoki ularning ta’siri kompensatsiyalansa,
bu jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |