Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
QATTIQ JISMLARNING XOSSALARI VA ULARNI QO’LLANISHI
Abdusalomova Maftuna Abdujalilovna
Qosimova Gulruxsor Zoxidjon qizi
Namangan viloyati Norin tumani
13-va 5-maktablarning fizika fani o’qituvchilari
Tel: (99)-985-00-94
Annotatsiya: Bu maqolada qattiq jismlarning xossalari va ularni qo’llanishi o’rganilgan.
Kalit so’zlar: Qattiq jism, modda, neytronografiya, rezonans.
Modda tuzilishi to’g’risidagi ta‗limot kimyo fani bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Olimlar
moddalarni faqatgina, bir-biridan farq qilish yoki tabiiy materiallar tarkibidan ajratib
olish bilangina cheklanib qolmasdan ularning tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash va
o’rganishga doimo katta e‘tibor berib kelishgan. Modda tuzilishi to’g’risidagi ta’limot hozirgi
zamon tabiiy fanlaridan eng murakkabi deyilsa mubolag’a bo’lmasa kerak. Bu ta‘limot
amalda fizika fanining barcha yutuqlaridan va ulkan matematik apparatidan foydalaniladi.
Hozirda modda tuzlishini o’rganishda turli zamonaviy usullardan foydalaniladi. Masalan,
rentgenografiya, elektronografiya, masspektrometriya, optik spektroskopiya, neytronografiya,
dielkometriya, refraktrometriya, elektron paramagnit rezonans, yadro paramagnit rezonans va
boshqalar kiradi. Qattiq jismlar tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: kiristal qattiq jismlar va amorf
qattiq jismlar.
Kristall jismlar ham ikki guruhga bo’linadi: monokristallar va polikristallar. Zarralari bir xil kristall
panjara hosil qiladigan qattiq jismlar monokristallar deyiladi. Monokristallarning kristall tuzilishi
ularning tashqi shaklida ham namoyon bo’ladi. Katta kristallar tabiatda juda kam uchraydi. Lekin
sanoatda, fan va texnikada bunday kristallarga ehtiyoj juda katta bo’lgani tufayli uni turli sanoatlarda
undan foydalaniladi. Masalan: ularni radiotexnikada, optikada, ayniqsa zamonaviy elektron
hisoblash vositalarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga egadir. Misol uchun yoqut kristali lazer
nurlarni hosil qilishda, segnet tuzi kristallari ultratovush tebranishlarini hosil qilishda foydalaniladi.
Aynan shuning uchun ham kristall sun‘iy ravishda, hatto kosmik kemalarda ham hosil qilinadi.
Hozir shu yo’l bilan kvars, olmos, yoqut va boshqa noyob kristallar ham hosil qilinmoqda. Lekin
bu uchun maxsus shart-sharoitlar zarur. Masalan, olmos kristalini hosil qilish uchun 104 MPa
bosim va 200°C temperatura kerak bo’ladi. Qattiq jismlarning aksariyati polikristallardir. Ular
betartib joylashgan kichik kristallchalar, kristallitlar va kichik monokristallardan tashkil topgan
boladi. Har bir monokristallcha anizotrop, lekin kristallchalar betartib joylashgan bo’lganligi
uchun polikristall jism izotrop bo’ladi.
Qattiq jismlarning ikkinchi ko’rinishi amorf jismlardir. Garchi ular qattiq jismlar sifatida
qaralsa ham aslida sovitilgan suyuqliklardir. Agar amorf jismning biror atomini markaziy atom
sifatida qaralsa, unga yaqin bo’lgan atomlar ma’lum tartib bo’ylab joylashadi. Lekin markaziy
atomdan uzoqlashgan sari tartib buzilib, atomlarning joylashuvi turli xil, ya‘ni tasodifiyga
aylanib qoladi. Kristall jismlardan farqli o’laroq, amorf jismlarda qo’shni atomlarning o’zaro
joylashuvida yaqin tartibgina mavjud bo’ladi. Amorf jismlarga shisha, plastmassa va boshqalar
misol bo’ladi.
Amorf jismlar tabiatda kristall jismlarga nisbatan kam tarqalgan. Keyingi paytlarda texnikada
polimerlar deyiluvchi moddalar keng qo’llanilmoqda. Ular bir-biriga nisbatan kichik molekulyar
massali molekulalarni (monomerlarni) ulab, katta molekulyar massali organik birikmalarni hosil
qilish yo‗li bilan olinadi. Polimerlarni hosil qilish jarayoni polimerlashtirish yoki polimerlanish
deyiladi. Polimer molekulasi tarkibiga kiruvchi monomerlar soni polimerlanish darajasini
ko’rsatadi. Polimerlarning molekulyar massasi juda katta bo’ladi. Monomerlarning xossalariga
bog’liq ravishda polimerlanishda ham chiziqli, ham tarmoqli molekulalar zanjirlari hosil
bo’lishi mumkin. Polimerlar ikki sinfga ajratiladi: tabiiy va sintetik. Tabiiy polimerlarga yuqori
molekulyar massali birikmalar — oqsil, kauchuk va hokazolar kiradi; sintetik polimerlarga
esa turli xil plastmassalar kiradi. Polimerlarning mexanik xossalari ko’p jihatdan alohida
molekulalar o’rtasidagi o’zaro ta‘sir kuchlariga bogliq bo’ladi. Jumladan, polimerlarda batartib
kristall sohalarning mavjudligi uning mustahkamligini ancha oshiradi. Shuningdek, molekulalar
zanjirining uzunligi, uning tarmoqlanganligi va makromolekulada tarkibiy elementlarning
13
Do'stlaringiz bilan baham: |