ustki (a) va ostki (v) maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mo’ljallangan jixozlar (burg’ulash
dastgoxlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi.
Ishchi maydon kengligi 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari to’xtatilsa, u holda ish
olib borilmaydigan maydon deyiladi.
Pog’ona odatda ketma-ket ravishda parallel tasmalar (polosa), 10-20 m kenglikdagi ba`zan
esa undan kengrok bulgan zaxodkalar bilan qaziladi. Zaxodkalarning boshi berk qismi (e) kovjoy
(zaboy) deyiladi. Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari
amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib boradi va zaxodka qazib olinadi, so’ngra esa yangi
zaxodkaga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |