Saqlanayotgan xom ashyodan namuna olish-Saqlash uchun moyli urug‘lar
qabul qilinganda alohida urug‘lar bilan emas balki moyli urug‘larning katta massasi
bilan ish kо‘riladi. Urug‘li massa о‘simliklarning botanik turkumidan tashkil topgan
bо‘lib uning nomiga binoan nazorat qilinayotgan partiya nomi belgilanadi. Urug‘lar
partiyasi bu bir xujjat bilan qayd qilingan va qabul qilishga, topshirishga yoki bir
omborxonada saqlashga yoki omborxonaning bir qismida saqlashga mо‘ljallangan
hamda birlamchi urug‘larning miqdoridir. Urug‘lar partiyasi uchun ikki narsa xosdir:
birlamchilik va miqdoriy aniqlik. Xaqiqiy massa aniq bо‘lmasligi mumkin, lekin
urug‘ massasi egallagan hajm chegaralari aniqlangan bо‘lishi kerak (misol uchun
urug‘lar etaloni yoki guruxi va b.).
Qishloq
xо‘jaligi о‘simliklarining moyli urug‘lari xalqaro sotuvida
qо‘llaniladigan xalqaro analiz qoidalariga muvofiq partiyadagi urug‘lar soni
cheklangandir (о‘lchami bо‘yicha bug‘doy urug‘iga о‘xshash yoki undan katta
urug‘lar 20 t dan oshmasligi kerak, undan kichkina bо‘lgan urug‘lar uchun –10 t).
Belgilangan meyorlardan kо‘p bо‘lgan urug‘lar zaxirasini aloxida partiyalarga bо‘lish
ruxsat etiladi. Bu narsa urug‘lar partiyasi sifatini yanada aniqroq aniqlash uchun
taklif qilingan. Urug‘lar partiyasi belgilari bо‘yicha (urug‘larning botanik turkumga
tegishliligi, boshqa aralashmalarning mavjudligi) aralashma deb kо‘rilishi zarur.
Masalan: agar urug‘ning botanik turkumga tegishliligini oladigan bо‘lsak unda
asosiy toza о‘simlik urug‘laridan tashqari boshqa о‘simliklar va ularning urug‘lari,
iflosliklar mavjud bо‘ladi.
Partiyani umumiy qilib olganda kо‘rsatilgan tо‘rt komponent aralashmasi desa
ham bо‘ladi. Ideal birlamchi partiyada aralashmalar partiya bо‘ylab bir tekisda
tarqalgan bо‘lar edi va buning natijasida partiyaning xoxlagan yeridan olingan nuqtali
na’muna partiyaning boshqa joyidan olingan va nazorat qilinayotgan (taxlil
qilinayotgan) namuna bilan bir xil bо‘lar edi. Xaqiqiy sharoitlarda urug‘larning sifati
xar xil bо‘lganligi tufayli urug‘lar partiyasining bunday kо‘rinishlari uchramaydi.
Xattoki asosiy о‘simlikning urug‘lari о‘lchami, tashqi kо‘rinishi, namligi, moyliligi
3
va boshqa kо‘rsatkichlar bо‘yicha bir xil emas. Urug‘lar massasi komponentlari
tasodifiy bо‘linish qoidasiga binoan tarqalgan deb xisoblash qabul qilingan. Shuning
uchun ishlab chiqarishda nuqtali na’muna olishning seriyasi qо‘llaniladi.
Urug‘li massadan nuqtali na’munalar qо‘lda konusli, pnevmatik va silindrli
namuna oldagi qurilmalar yordamida yoki mexanizatsiyalashgan usulda avtomatik,
pnevmatik va mexanik qurilmalar yordamida olinadi.
Urug‘li massaga shchuplar yopiq holda kiritiladi. Kerakli chuqurlikda
shchuplarning ushlaydigan joyidagi uzugi tortilib ochiladi va u moyli urug‘lar bilan
tо‘ldiriladi. Keyin shchup yopilib urug‘li massa ichidan olinadi.
Shchuplar yordamida nuqtali namunalar olish juda murakkab va ishlash quvvati
kam bо‘lgan mexnatdir, shuning uchun belgilangan na’muna olish qoidalaridan
cheklanishlar yuz beradi. Urug‘lar avtomashinalarda kelganda nuqtali namuna olish
shchuplar yordamida namuna olishdan tashqari pnevmatik namuna oluvchi
qurilmalar (PSHD, PPD, UirNIIMP va b.) yordamida bajarilishi mumkin.
Paxta chigiti yopiq omborlarda va ochiq maydonchalarda piramida holida
saqlanayotganda ulardan elementar namunalar maxsus shchuplar yordamida olinadi.
Elementar namunalar piramidaning barcha tekisliklaridan har 4m
Do'stlaringiz bilan baham: |