ba’zi rusumlarda Ichiga qurilgan (sinxron)soprotsessor.
Soprotsessor
asosiy
protsessor
ishlaydigan
takt
chastotasida
ishlaydi,shuning uchun matematik operatsiyalarni bajarishga kam sikl sarf qiladi.
Ichki soprotsessorning samaradorligi tashqi bilan taqqoslaganda 2-3 marta
yo‘qori. 486 prorsessorining tezligi 386 ga qarganda ikki marta katta, ya’ni 20
MGts dagi 486SХ protsessorning samaradorligi 40 MGts dagi 386 DX
protsessorinikiga teng. Quyi chastotali 486 protsessori yo‘qori tezlikka ega bo‘lishi
bilan birga, yana bir ustunligi mavjud: uni unumdorligi yanada yo‘qori bo‘lgan
DX2 yoki DX4 lar bilan almashtirish mumkin. Bundan 486 protsessori nima uchun
386 ni siqib chiqarganligini tushunarlidir. Tezligi yo‘qori bo‘lgan Pentium
protsesori chiqishi bilan, Intel firmasi 486 sinfiga tegishli bo‘lgan protsessorlar
narxini tushira boshladi. 486 protsessorining ko‘plab modifikatsiyalari ishlab
chiqildi. Bularga soprotsessorli, soprotsessorsiz, 16 dan 120 MGtsgacha takt
chastotali, energiya ta‘minotini pasaytiruvchi qurilmali, 3,3 V kuchlanishli
protsessor (energiya ta’minotini yanada kamaytirar edi) va boshqalar kirar edi.
1989 yili birinchi 486DX mikrosxema ishlab chiqilgan vaqt oralig‘ida , bunday
protsessorlarning butun sinfi yaratildi. Ular bir-biriga juda o/xshash bo‘lib , turli
tezlik va chiqishlar ajratmasiga ega edi. Ularni tuzilmali bajarilishi va takt
chastotasi bilan farq qiluvchi, quyidagi bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
486SХ soprotsessorsiz;
486DХ soprotsessorli;
486DХ2 ukkulangan tezlikdagi (OverDrive) va soprotsessorli;
486DX4 uchlangan tezlikdagi va soprotsessorli;
Maksimal
chastotali
protsessor
kichik
chastotalarda
ham
ishlay
oladi.Masalan, 100 MGts takt chastotali 486DX4 protsessori ishchi chastotasi 25
MGts li tizimli plata tarkibida 75 MGts da ishlay oladi. DX2/OverDrive
protsessorlarida ichki amallar, tizimli plataning ishchi chastotasidan ikki marta
ortiq bo‘lgan chastota bilan bajariladi. DХ4 protsessorida esa bu koeffitsient 2, 2,5
yoki 3 ga teng bo‘lishi mumkin. 486 protsessori tezligi yo‘qligi bilangina emas,
chiqishlar ajratmasi bilan ham farq qiladi. Ularning DХ, DХ2 va SХ turlari bir hil
168 korpuslarda, OverDrive mikrosxemalari yoki 168 kontaktli, yoki 169 kontaktli
modifikatsiyalangan variantda chiqarilmoqda.
Shu vaqtgacha alohida mikrosxemalar ko‘rinishida ishlab chiqarilayotgan
kesh-nazoratchi, kesh-xotira va soprotsessor kabi qurilmalari protsessorning
tarkibiga kiritilishi, 486 protsessorining yo‘qori unumdorligiga sabab bo‘ldi.Yana
bir hususiyati uni sodda qayta ishlash mumkinligidir.Ko‘p hollarda yangi
protsessorni o‘rnatish orqali kompyuterning unumdorligini ikki marta orttirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |