Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Ma’lumotlar shinasi va manzil shinasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/225
Sana30.12.2021
Hajmi3,47 Mb.
#196228
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   225
Bog'liq
kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy taminoti

 
Ma’lumotlar shinasi va manzil shinasi 
Protsessorning  umumiy  hususiyatlariga  uning  ma’lumotlar  shinasi  va 
manzil  shinasining  razryadliligi  ham  kiradi.  Shina  –turli  signallar  uzatiladigan 
ulanishlar  to‘plami.  Binoning  bir  tomonidan  ikkinchi  tomoniga  o‘tkazilgan 
o‘tkazgichlar juftligini ko‘z oldinggizga keltiring. Agar, bu o‘tkazgichlarga 220 V 
ga  teng  bo‘lgan  kuchlanish  generatorini  ulab  turib,    liniyaning  yonlariga 
rozetkalarni  qo‘yib  chiqilsa,  shina  hosil  bo‘ladi.Vilkaning  qaysi  rozetkaga 
tiqilishidan  qat’iy  nazar,  siz  faqat  bitta,  bizning  holimizda,  220  V  o‘zgaruvchan 
tokli signalni qabul qilasiz. 
Bittadan  ortiq  bo‘lgan  chiqishga  ega  uzatish  liniyasini  (yoki  signallarni 
uzatish muhitini) shina deb atash mumkin. 
 Oddiy  kompyutyerda  bir  nechta  ichki  va  tashqi  shinalar,  har  bir 
protsessorda  asosiy  ma’lumotlarni  va  xotira  manzillarini  uzatish  ikkita  shinalar 
mavjud.Bular  ma’lumotlar  shinasi  va  manzil  shinasidir.  Protsessor  shinasi 
deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki qabul qilish bog‘lanishlari to‘plami 
sifatida  ifodalangan  ma’lumotlar  shinasi  nazarda  tutiladi.  Shinaga  bir  vaqtning 
o‘zida  qancha  signal  ko‘p  kelib  tushsa,  vaqtning  aniq  bir  intervalida,  u  orqali 
shuncha  ko‘p ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi. 
 Ma’lumotlar  shinasining  raryadliligi  avtomagistral  yo‘lidagi  xarakat 
yo‘nalishlarining miqdoriga o‘xshashdir, yo‘nalishlar miqdorini orttirish trassadagi 
mashinalar  oqimini  orttirishga  imkon  tug‘diradi.  Shunga  o‘xshash,  razryadlilikni 
orttirish, unumdorlikni orttirishga olib keladi. 
Kompyutyerdagi  ma’lumotlar  bir  hil  vaqt  oralig‘ida  raqamlar  ko‘rinishida 
uzatiladi. 
Aniq vaqt intervalida ma’lumotlarning bir birlik bitini uzatish uchun, yo‘qori 
bosqichdagi  kuchlanish  signali  jo‘natiladi  (5  V  atrofida),  ma’lumotlarning  nol 
bitini uzatish uchun quyi bosqichli kuchlanish signali (0 bit atrofida) uzatiladi. 
Bir vaqtning o‘zida, liniyalar qancha ko‘p  bo‘lsa, shuncha ko‘p bit uzatish 
mumkin.  286  va    386  SX  protsessorlarda  ikkilik  ma’lumotlarni  uzatish  va  qabul 
qilish uchun 16 ta bog‘lanish kerak bo‘ladi, shu sababli, ularda ma’lumotlar shinasi  
16  razryadli  deyiladi.  486  yoki    386DX  32  razryadli  protsessorda    bunday 
ulanishlar 16 razryadliga qaraganda ikki marta ko‘p, shuning uchun u birlik vaqt 
ichida  16  razryadliga  qaraganda  ikki  marta  ko‘p  ma’lumotlarni  uzatadi.  Pentium 
tipdagi zamonaviy protsessorlar 64 razryadli ma’lumotlarning tashqi shinasiga ega. 
Bundan kelib chiqadiki  Pentium protsessorlari, original Pentium, Pentium Pro va 
Pentium  II  lar  bilan  birga  tizimli  xotiraga  bir  vaqtning  o‘zida  64  bitli   
ma’lumotlarni uzatishi (yoki  undan qabul qilishi) mumkin. 
Shinani avtomobillar yurib ketayotgan avtomagistral deb faraz qilamiz. Agar 
avtomagistralda    har  tomonga  avtomobillar  harakat  qilishi  uchun  faqat  bittadan 


yo‘nalish mavjud   desak,u holda bu yo‘nalish bo‘yicha biror vaqt momentida faqat 
bitta mashina harakatlanishi mumkin. 
Agar  siz,  masalan,  yolning  o‘tkazish  qobiliyatini  ikki  marta  oshirmoqchi 
bo‘lsangiz, yonalishlarning sonini orttirib, yolni kengaytirishingiz kerak. Shunday 
qilib,  8  razryadli  mikrosxemani  bir    yo‘nalishli    avtomagistral  ko‘rinishida  faraz 
qilishimiz kerak, chunki, undan har bir vaqt momentida faqat bir bayt ma’lumotlar 
o‘tadi ( bir bayt 8 bitga tehg) . Shunga o‘hshash, 32 razryadli ma’lumotlar shinasi 
bir vaqrda 4 bayt axborotni uzatishi mumkin, 64 razryadli shinani esa 8 yo‘nalishi 
mavjud bo‘lgan avtomagistralga o‘xshatish mumkin! 
Avtomagistral harakat yo‘nalishining miqdori bilan, prostessor esa o‘zining 
ma’lumotlar shinasining razryadliligi bilan xarakterlanadi. Agar qo‘llanmada yoki 
texnik  tavsifida  32-  yoki  64-  razryadli  kompyuter  haqida  yozilgan  bo‘lsa,  odatda 
ma’lumotlar  shinasining  razryadliligi  nazarda  tutiladi.  Shuning  asosida 
protsessorning,  demak,  kompyuterning  ham  samaradorligini    taxminan  baholash 
mumkin. Protsessor ma’lumotlar shinasi razryadi xotira bankining razryadini ham 
aniqlaydi.Bu,  masalan,  486  sinfiga  tegishli    32-razryadli  protsessor  32  bitni  bit 
vaqtda xotiradan o‘qishini yo‘ki hotiraga yo‘zishini bildiradi. Pentium, Pentium III 
va Celeron sinfiga tegishli  protsessor 64 bitni bir vaqtda xotiradan o‘qiydi yo‘ki 
hotiraga  yo‘za.  SIMM  xotirali  72-kontaktli  standart  modullar  32-razryadga  ega 
bo‘lganligi  uchun,  486  sinfiga  tegishli  tizimlarning  ko‘pchiligi  bitta  moduldan, 
Pentium  sinfiga  tegishli  ko‘pchilik  tizimlar  esa  ikkitadan  modulni  bir  vaqtda 
o‘rnatadi.  DIMM  xotirasiga  tegishli  modullarning  razryadi  64  ga  teng  bo‘ganligi 
uchun,  Pentium  sinfidagi  tizimlarda  bittadan  modul  o‘rnatiladi.  Bu  tizimni 
konfiguratsiyalash jarayonini ehggillashtiradi,chunki modullarni bittadan o‘rnatish 
yo‘ki  olib  tashlash  mumkin.    DIMM  moduli  Pentium  tizimlarida  xotira  banki 
singari unumdorlikka ega. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish