Toshkent davlat agrar untversiteti


-rasm. Hodisalar daraxti ( 1 ) va voqealar daraxti, uning natijalari (2)



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/493
Sana30.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#196097
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   493
Bog'liq
5f698a34c57a76.965192094-801

2.2-rasm. Hodisalar daraxti ( 1 ) va voqealar daraxti, uning natijalari (2).
Daraxtni qurish quyidagicha bajariladi: nomaqbul voqealar (bosh, 
markaziy)  aniqlanadi,  ana  shular  daraxtning  uchini  tashkil  qiladi. 
Odatda bosh voqeaning biri  tahlil qilinadi,  ayrimlari  aniq mantiqiy 
sharoitlar yordamida oraliq  va natijaviy  fikrlar bilan  bog‘lanadi.
Bosh yoki markaziy voqealar (shikast, baxtsiz hodisalar, avariya 
yoki  falokatlar)  daraxt  uchi,  uning  shoxlari  bo‘lib,  fikrlar to‘plami 
ularga  sabab  zanjirlari  sifatida  xizmat  qiladi;  daraxt  «barglari»  -  
hodisalar,  dastlabki  voqealar -   asoslar  (xodim  xatolari, jihozning 
ishlamay  qolishi,  nomaqbul  tashqi  ta ’sirlar)  bo‘lib,  ularni 
detallashtirilishni  davom  ettirish  maqsadga  muvofiq  emas.  Oxirgi
14


nomaqbul  voqea  (hodisa)  ayrim  signallarga  qandaydir  fikrlaming 
o‘tishi. Bosh voqeani sabab zanjirini  initsirlovchilar ana shu modul 
bilan izohlanadi. Fikrlar shunday  signallaming bosh manbasi bo‘lib 
xizmat qiladi,  bosh  voqea  esa  uning  oqavasi.  Mana  shu  daraxtni 
qurishda  fikrlaming  yuqori  va  keyingi  darajalaridan  (oraliq  holat) 
foydalaniladi.  Daraxtning  bo‘g‘inlaridagi  oqimni  tartibga  solish 
uchun  yuqorida  k o ‘rib  chiqilgan  mantiqiy  operatsiyalar  «yoki»  va 
«va»  ishlatiladi.
Voqealar  d arax tin i  qurish,  hodisalar  daraxtini  qurishdan 
boshlanadi.  Bunda  markaziy  voqea  ko‘rsatiladi,  u  daraxtning  uchi 
bo‘lib  hisoblanadi.  Undan  bir necha  shoxlar  chiqadi.  Ular  odamga 
yoki  atrof-m uhitga  zarar  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan  tartibni 
ta’riflaydi, ular energiya va  moddalar yo‘nalishiga  nomaqbul  ta’sir 
ko‘rsatganda bu hodisa natijasida  bo‘shaydilar.
Voqealar daraxti,  hodisalar daraxti kabi  mantiqiy  tugunlar  «va» 
va  «yoki»  ega  em as.  Bu  ko‘p  p o g ‘onali  yechimlar  daraxtining, 
boshqalardan ajralib turishining o ‘ ziga xos xususiyati shundaki, har 
bir voqeaning tarmoqlanish yig‘indisi bimi  tashkil  qiladi,  ya’ni  har 
bir darajadagi barcha voqealar mustaqil voqealaming to‘liq guruhini 
tashkil  qiladi.
Hodisalar va voqealar daraxtini  qurish nomaqbul vaziyatlaming 
sabab-cqibatlari kelib chiqish zanjirini tasvirda ko‘rsatishga va shu 
bilan  birga  ehtimollar  nazariyasi  va  bulevoy  algebra  usullardan 
foydalanish  natijasida  ulaming  kelib  chiqishi  mumkinligini  son 
jihatdan  baholashga  imkon  beradi.  Hodisalar  daraxti  qanday 
ishlatilishini  misolda,  ya’ni  ishchi  asbobini  charxlayotganda  ko‘z 
shikastlanishi  b ila n   b o g ‘liq  b o ‘lgan  baxtsiz  hodisani  tahlil 
qilinayotganida ko‘r ib  chiqamiz. B u hodisalar daraxti shu hodisalarga 
mos keladigan 2.3  -   rasmda keltirilgan.
Shunday qilib, hodisalar daraxtidan foydalanib shu shikastlanishni 
tahlil  qilib  chiqamiz.  Dastgohning  xavfli  doirasida  ko‘z jarohatini 
operator kabi xuddi  shu xavfli doiraga kirib boshqa ishchi (operator 
boMmagan  odam)  ham  olishi  m um kin.  Agar  operator  himoya 
ko‘zoynagini yechib qo‘ygan bo‘lsa  yoki operator bo‘lmagan odam 
himoyalovchi  ko‘zoynaksiz  xavfli  doiraga  kirib  qolgan  bo‘lsa, 
shikastlanish  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Qayd  etilgan  voqealardan 
birinchisini  biz  tekshirmaymiz,  y a’ni  malakali  tajribasi  yuqori 
ishchining  bunday  harakat  qilishi  ehtimoli  juda  kam.  Ehtimolga
1 5


yaqini — ko‘rsatilgan jarohatning operator bo‘lmagan odam dastgohning 
xavfli doirasiga tushib qolishidan sodir bo‘lishi aniqroq. Buning sodir 
bo‘lishi  uchun  dastgoh  doimiy  ishlashi  lozim.  Operator  bo‘lmagan 
odam ni  dastgohning  xavfli  doirasiga  kirib  qolishiga  majbur  qilgan 
sabab b o ‘lishi kerak. Misol uchun, operator bo4lmagan odam o‘z ishini 
bajarishi  uchun  lozim  bo‘lgan  material  va asboblami  olishi  zarur. 
0 ‘tkazilgan  tahlil,  ogohlaatiruvchi  tadbirlar  shunga  o‘xshash 
shikastlanishlaming oldini olishga imkoniyat beradi. Bularga birinchi 
bo‘lib  asbob va materiallami dastgohning  xavfli doirasi tashqarisida 
joylashganligini kiritishmumkin, shuningdekcharxlovchi dastgohning 
xavfli  doirasida  himoyalovchi ko‘zoynaksiz  bo‘lish  mumkinmasligi 
to ‘g ‘risidagi  yo‘riqnoma  o‘tkazish  ham  maqsadga  muvofiqdir. 
Bizningcha,  keltirilgan  misollar  yetarli  darajada  sodda  hodisalar 
daraxtini  ifodalaydi.  Birmuncha  murakkab hollarda  uni  sifatli  tahlil 
qilishda «dastlabki  sharoitlaming minimal birligi» uslubi  ishlatiladi.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish