I BOB
1. O„zbek tili frazeologizmlarining o„rganilish tarixi.
Ma‟lumki, til fanining iboralarni o„rganadigan bo„limi frazeologiya deb
ataladi. Iboralar lingvistik terminologiya tili bilan aytsak, frazeologizmlardir.
Frazeologizm qadimgi grek tilidan olingan bo„lib, frasis-ibora, logos-tushuncha,
ta‟limot demakdir. Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan
farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy
tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning uchun ham
izohli lug„atlarda frazeologizmlarni ham qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan
olingan amaliyotdir. O„zbek tilining frazeologizmlari ham besh jildlik “O„zbek
tilining izohli lug„ati” da (2006-2008) va bir jildlik “O„zbekcha-ruscha lug„at” da
(1988) birmuncha to„laroq aks etgan bo„lsa-da, bu lug„atlarda ham o„zbek tilidagi
barcha iboralar qamrab olingan, deb bo„lmaydi. Frazeologizimlarning o„rganilish
tarixi haqida gapirilganda, “frazeologiya” atamasi “fraza” so„zidan olingan bo„lsa-
da, turkiyshunoslikda dastlab bu atama turli ma‟nolarni ifodalash uchun xizmat
qilgan. XIX asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Kozimbek (1802-1870) o„sha
davr an‟analaridan kelib chiqib, rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda
bo„lgani singari o„z asarida “fraza” so„zini jumla, gap ma‟nosida qo„llagan.
Ozarbayjon tilshunoslari B.Cho„ponzoda va F.Og„azoda “Turk tili
grammatikasi” asarida til bo„limlari haqida fikr yuritib, “Semasiologiya”,
“Stilistika” atamalari bilan birga o„sha davrda tilshunoslikda keng qo„llanilishda
bo„lgan “Idiomatizm” atamasini ishlatgan. Mualliflar bu asarda turk tilidagi
idiomalarga oid “boshga solmoq”, “boshga tushmoq”, “ko„z ko„rmoq” kabi
birliklarni misol sifatida keltiradilar. Umuman, frazeologiya turkiyshunoslikda
nisbatan keyin paydo bo„lgan. Uni sistemali ravishda o„rganish faqat o„tgan asrning
40-50-yillariga kelib boshlandi.
Turkiy
frazeologiyaning
boshlovchilari
turkiyshunos
olimlar
S.K.Kenesboyev va Sh.U.Rahmatullayevlar hisoblanishadi. Ularning o„tgan asrning
9
40-yillarining ikkinchi yarmi va 50-yillarda yuzaga kelgan tadqiqotlari turkiy tillar
frazeologiyasining shakllanishi va taraqqiyotida katta rol o„ynaydi.
Shundan keyingi 30-40 yil mobaynida turkiy tillardagi frazemalarni intensiv
o„rganish bo„yicha muhim yutuqlar qo„lga kiritildi. Bu davrda S.N.Muratovning
“Turkiy tillarda turg„un so„z birikmalari”, Sh.U.Rahmatullayevning “O„zbek
frazeologiyasining ayrim masalalari” (1966) kabi ishlari yaratildi.
Rus tilshunosligida bo„lgani singari turkiyshunoslikda ham frazeologiya
doirasini tor va keng ma‟noda tushunish hamon davom etib kelmoqda. Jumladan,
akademik S.K.Kenesboyevning fikricha, frazeologiya doirasiga keng ma‟noda
barcha turg„un birikmalar (maqollar, matallar, idiomatik birikmalar, turg„un
ideomatik guruhlar) kiradi. Ularni birlashtiruvchi umumiy xususiyat turg„unlik va
tilda tayyor holda mavjudligidir. Frazeologiya obyektini tor ma‟noda tushunishning
faol tarafdorlaridan biri, yirik turkiyshunos A.A.Yo„ldoshev edi. U frazeologiya
obyekti tor doirada tushunilsa, “Frazeologiyaning o„rganish doirasi aniqroq
namoyon bo„ladi, undan haqli ravishda bo„linmas leksik birliklar, jumladan maqol,
matal, hikmatli so„z va aforizmlar chiqib ketadi, chunki ular struktura jihatdan
yaxlit holda qo„llanuvchi sintaktik birliklardir”,
3
- degan fikrni olg„a suradi.
O„zbek tilining frazeologik boyligini o„rganishga bag„ishlangan mukammal
tadqiqotlarga egamiz. Adabiy til lug„at tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq
shevalari bilan uzviy va chambarchas bo„g„liqdir. Adabiy til normalarini
belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga
suyanadi va ma‟lum o„ziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Shunday ekan milliy
tilning xalq shevalaridagi ko„chma ma‟noli iboralarni o„rganish ham hozirgi o„zbek
adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yo„llarini belgilovchi omillardan biri
bo„ladi.
Dialektning har bir shevasida o„z turmush sharoiti, xo„jaligi va urf-odatidan
kelib chiqqan o„ziga xos frazeologik iboralar borki, ular o„sha sheva yoki bir necha
3
Юлдошев Б.Фразеология тарихидан лавҳалар.-С.:Сўғдиёна, 1998, 14 -бет
10
shevalarda uchrasa, boshqasida uchramasligi mumkin. Bulardan ba‟zilari adabiy
tilda o„z ma‟no xususiyatini saqlagan holda uchrasa, boshqalari adabiy tilga
o„zlashmaganligini ko„ramiz
4
. Masalan, “лой ўйнамоқ” iborasi adabiy tilda
uchramaydi. Shevada esa “bekor yurmoq”, “ishlamasdan yurmoq”, “anqayib
turmoq” ma‟nolarini ifodalaydi. Yoki “кўзи олма термоқ” iborasi anqaymoq,
ko„rmay qolmoq ma‟nosida uchrab, adabiy tilda bu ibora “og„zi ochilib turmoq”
iborasi vazifasida keladi. Quva, Zarkent kabi shevalar uchun harakatli bo„lgan
“ҳасса суянмоқ” iborasi aldanmoq, kutmoq ma`nosida kelib, Marg„ilon, Farg„ona,
Oltiariq kabi shevalar hamda adabiy tildagi “devor suyanmoq” iborasi vazifasini
o„taydi.
Idiomatik iboralarning bunday turli variantlarda qo„llanishi ularning
shevalarga chuqur singganligidan, ularning turli shevalarda turlicha shaklga kiritib
qo„llanilganidan dalolat beradi. Dialekt shevalarida ijobiy hodisalar, shaxsning
ibratli tomonlarini ochib beruvchi, hali adabiy tilda to„la o„rin topmagan frazeologik
iboralar ham oz emas. Chunonchi, “йэсэп қоймеқ” iborasi ish harakat yoxud
holatning ibratli bajarilishi, masalan, nutq so„zlayotgan notiq, ish bajaroyotgan usta
va shu kabilarning o„zgalarga manzur ishlarini bildirib keladi. Shulardan kelib
chiqib, Farg„ona shevalarida mavjud bo„lgan frazeologizmlarning ma‟nolarini
quyidagicha ko„rsatish mumkin: Biror leksik ma‟no bilan bir xilda o„zlashgan
iboralar. Masalan, „қишлэғдъ сел боссэ, унггэ нъмэ ғам” iborasi adabiy tildagi
beg„am, yalqov, dangasa, beparvo ma‟nolarini beruvchi “Dunyoni suv olsa,
to„pig„iga chiqmaydi”, “козгэ қым чочмэқ” iborasi adabiy tildagi hiyla-nayrang
ishlatmoqni bildiruvchi “Ko„zga chop solmoq”vazifasida keladi. Bu xil leksik
ma‟no bilan keluvchi iboralar tilda mavjud so„zlarning sinonimlari ko„pligini
ko„rsatib, tilning leksik qatlamini boyituvchi kategoriya sifatida til qurilishida
muhim o„rin tutadi. Shuningdek, bular obrazli iboralar sifatida o„zbek milliy adabiy
tili taraqqiyotiga katta hissa qo„shadi.
5
4
Узоқов Ҳ. Диалетал фразеологизмлар ҳақида// ЎТА, 1974, 6 сон, 60- 62- бетлар
5
Ўша мақола, 1974, 6 сон. 60-62- бетлар
11
Xullas, dialekt shevalarda bunday iboralarning qo„llanish va ma‟nolari hali
adabiy tilda yo„q yoxud shu vazifada keladigan ibora o„rnini bosadigan boshqa
shakldagi frazeologik birikma mavjuddir. Mana shunday frazeologizmlarning
Surxon shevasidagi ko„rinishlari T. Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida
ham uchraydi. O„tgan asrning 50-yillarigacha frazeologiya hali o„zbek tilshunosligi
tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanib yetmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga
doir dastlabki ma‟lumotlar turg„un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika
va stilistikaga, ayrim o„zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga
bag„ishlangan ishlarda ko„zga tashlanadi. Bunday ishlar A.G„ulomov, U.Tursunov,
V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos
olimlarning qalamiga mansubdir. Jumladan, A.Sa‟diy, V.Abdullayev kabi
adabiyotshunoslarning A.Navoiy asarlarida turg„un birikmalar, xalq iboralarining
qo„llanilishiga oid fikrlari hozir ham o„z qimmatini saqlab kelmoqda. O„zbek
frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar o„tgan asrning 50-yillarining boshida yuzaga
keldi. Ular qatoriga Sh.Rahmatullayevning ishlarini kiritish mumkin. Masalan,
Sh.Rahmatullayev idiomatik so„zlar haqidagi fikrini rivojlantirib, til birliklarini
etimologik jihatdan qo„shma so„zga teng idiomatik so„zlar deb tahlil qilgan.
Uning
“O„zbek
frazeologiyasining
ba‟zi
masalalari”
nomli
monografiyasining yana bir xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik
omonimlarni frazeologik paronimlar va frazeologik paraformalardan farqlashga
harakat qilinganligidir. Sh.Rahmatullayevning talqiniga ko„ra o„zaro frazeologik
omonimlar va frazeologik paronimlar shuningdek frazeologik omoformalar va
frazeologik paraformalar bir-biriga shu qadar o„xshash bo„ladiki, ulardan biri
o„rniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar o„zaro tarkibidagi
biror so„z komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb
yuritish mumkin bo„ladi. Masalan, “ko„nglini ko„tarmoq” – “ko„ngli ko„tarildi” va
“ko„nglini tog„day ko„tarmoq” – “ko„ngli tog„day ko„tarildi”. Agar ba‟zi iboralar
biri ikkinchisida yo„q garmmatik shakllanish sistemasiga ega bo„lsa, frazeologik
12
paraformalar haqida gapirish mumkin bo„ladi. Masalan, “jon(i)kirdi” – “jonini
kirgizmoq” va “jon kirdi” –“jon kirgizmoq” kabilar.
G„.Salomov o„zbek tilshunosligi uchun g„oyat dolzarb muammolardan biri
frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug„ullangan olimdir. Olimning ta‟kidlashicha,
“Maqol-xalq aql idrokining mahsuli, uning hukmi, ko„p asrlik tajribalari majmuyi,
turmushdagi turli voqea hodisalarga munosabatining ifodasidir”.
Frazeologizmlarni
o„rganishda ularni o„zbek va boshqa tillar
frazeologizmlari bilan qiyosiy o„rganish ham maqsadga muvofiq ko„rinadi.
N.Turopovaning “Yapon va o„zbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy o„rganish”
nomli ilmiy maqolasida shunday fikrlar ilgari surilgan. Frazeologik iboralar
nutqning ta‟sirchanligini, emotsional – ekspressivligini ta‟minlovchi asosiy vosita
sifatida nutqimiz ko„rki hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan yapon tili
frazeologizmlarining xususiyatlarini o„rganib, ularni o„zbek tilida ifodalash
usullarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har ikkala tildagi frazeologizmlarni
qiyosiy o„rganishda ularning mazmun jihatdan bir - biriga mos kelishi yoki qisman
mos kelishi, o„xshashligiga hamda bir tilda mavjud bo„lgan frazeologizmlarning
ikkinchi tilda na ekvivalentiga, na variantiga egaligiga e‟tiborni qaratish lozim.
N.Turopova frazeologizmlarni quyidagicha guruhlarga bo„lib o„rganishni tavsiya
etadi.
6
1. Har ikki tilda mavjud bo„lgan ekvivalent frazeologizmlar. Ular mazmun,
shakl, ekspressiv-stilistik xususiyatlarni saqlagan bo„lishi lozim.
2. Har ikki tilda o„zaro o„xshash bo„lgan frazeologizmlar. Ular mazmun
jihatdan o„xshash stilistik xususiyatlarni o„zida saqlagan, lekin obrazli asosi turlicha
bo„lgan frazeologik variantlardir.
3. Mazmuni kontekst orqali aniqlanadigan, milliy urf-odatni ifodalovchi
frazeologizmlar.
6
Туропова Н. Япон ва ўзбек тилларидаги фразеологизмларни қиёсий ўрганиш// ЎТА,2010,3 сон 71-73-бет.
13
Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon albatta kontekstda anglatgan
mazmunga e‟tibor berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda
ifodalangan mazmunga to„g„ri kelmay, fikriy g„alizliklarni keltirib chiqaradi.
Olimlarning ta‟kidlashlaricha, tarjima jarayonida bir tilga xos bo„lgan grammatik
vositalarni albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali berish shart emas.
Bunday hollarda tarjimada vaziyat yo kontekstga alohida e‟tibor qaratish lozim.
Asosiysi, tarjimada so„zlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma‟nosini,
emotsional – ekspressiv va stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy
xususiyatlarini ham aks ettirish zarur.
Maqol kundalik hayotda kishilarning
bir-birlari bilan muomalada bo„lishi jarayonida tug„iladi. Idioma – shaklan
bo„laklarga ajralmaydigan, maxraji birikma tarkibidagi so„zlarning to„g„ri va
konkret ma‟nosi bilan talqin qilinmaydigan, ko„chma ma‟no anglatuvchi barqaror
so„z birikmasidir. “Idioma” (yunoncha o„ziga xos ifoda, ibora)-frazeologik
chatishmadir
7
. Frazeologik chatishma – ma‟nosi tarkibidagi so„zlarning ma‟nosidan
kelib chiqmaydigan frazeologik birliklar
8
. Masalan, “oyoqni qo„lga olmoq”
(yugurmoq).
O„tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab o„zbek frazeologiyasini o„rganish
ishi quyidagi ikki asosiy yo„nalishda rivojlandi:
a) o„zbek tili frazeologik birliklarining ayrim struktural tiplari maxsus
o„rganila boshladi;
b) frazeologik birliklarning badiiy uslubiy xususuyatlari o„rganildi.
Frazeologik birliklarning ibora – tasvir vositalari tizimida turgan o„rnini
tadqiq qilish davom ettirildi. Bunday yo„nalishdagi tadqiqotlarda asosan yangi ilmiy
soha – frazeologiyaning ko„pgina oziga xos muammolari o„rganildi va o„zbek
adabiy tilining frazeologik tarkibi yangi frazeologik birliklar tahlili hisobiga boyib
bordi. Bundan keyingi davrda o„zbek frazeologiyasining yana bir boshqa
7
Ҳожиев А. Ўзбек тилининг лингвистик луғати.- Т.: 2002. 14-бет.
8
Ўша асар, 51- бет.
14
yo„nalishda o„rganish sohasida ham salmoqli natijalarga erishildi, ya‟ni XX asr
o„zbek yozuvchilari, shoirlari asarlarining tili va uslubiga oid ko„pgina ishlarda,
nomzodlik dissertatsiyalarda, ilmiy maqolalarda frazemaning uslubiy vazifalarini
o„rganishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan Hamza (B.Turdialiyev,
Sh.Qozoqov),
A.Qodiriy
(H.Qahhorova,
F.Nasriddinov),
A.Qahhor
(I.Qo„chqortoyev, O.Abdullayeva) H.Olimjon (S.Boboyeva), Zulfiya (S.Karimov)
S.Ahmad (B.Yo„ldoshev) kabi so„z san‟atkorlarining asarlarida qo„llanilgan
frazemalar tahliliga oid ishlar diqqatga sazovordir. Masalan, I.Qo„chqortoyevning
“Abdulla Qahhorning umumtil frazeologiyasi asosida yangi iboralar yaratishiga
doir” maqolasida quyidagi fikrlar ilgari surilgan. Mavjud frazeologik birliklar
asosida yangi iboralar yaratish umumtilda, ayniqsa badiiy adabiyot tilida ko„p
uchraydigan hodisadir. Yozuvchining frazeologik novatorligi, frazeologik
ijodkorligi eng yorqin namoyon bo„ladigan soha ham mana shu umumtil
frazeologiyasi asosida yangi iboralar yaratish sohasidir. A.Qahhor ba‟zan aforizm
va xalq iboralari darajasiga ko„tarilgan chuqur mazmunli, o„tkir kinoyali iboralar
to„qiydi. Bu iboralarni ko„p hollarda xalq iboralaridan ajratish qiyindir. Bu
maqolada A.Qahhor tomonidan xalq frazeologiyasi zamiridagi obrazlar asosida ijod
qilingan individual frazeologik neologizmlardan namunalar keltiriladi. Frazeologik
birliklarning muhim belgilaridan biri shundan iboratki, ular zamirida ma‟lum obraz,
konkret hodisa, harakat yoki predmet tasavvuri yotadi. Masalan, “quvonmoq”
ma‟nosini ifodalaydigan “og„zi qulog„iga yetdi” iborasida kulish, mamnun bo„lish
orqasida og„izning quloqqacha yetishi tasavvuri, obrazi bor. Ibora zamiridagi mana
shu obraz “quvonmoq” ma‟nosini bildirish uchun xizmat qiladi. Ibora zamiridagi
bunday obrazni boshqa nuqtayi nazardan izohlash, uni boshqacha talqin etish tilda
yangi yaratilgan frazeologik neologizmda umumtil iborasiga mansub bo„lgan obraz
yoki bu obrazning biror xususiyati saqlanadi. A.Qahhor shu yo„l bilan yangi
iboralar yaratishda umumtil frazeologiyalaridan ham, majoziy ma‟noli maqollardan
ham foydalanadi. A.Qahhor tomonidan yaratilgan yangi iboralarni sinchiklab
o„rganish, ularning semantik-stilistik funksiyalarini tekshirish A.Qahhor uslubining
o„ziga xos xususiyatlarini ochish uning o„zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo„shgan
15
hissasini aniqlashga yordam beradi.
O„zbek tilshunosligida o„tgan asrning 70-80 yillaridan boshlab lingvistik
model va modellashtirish usullaridan keng foydalanish boshlandi.
9
Frazeologik
birliklar ham muayyan shakli, strukturaga ega bo„lishi bilan birga, ma‟lum
semantikaga ham ega. Shu bilan birga frazeologizmlar shakl va mazmun
munosabatida ham bo„ladi. Frazeologiya mustaqil fan bo„lib shakllanishi va ajralib
chiqqanidan buyon o„tgan nisbatan qisqa vaqt ichida frazeologik birliklar turli
jihatlardan o„rganildi.
Frazeolgik birliklarga morfologik nuqtayi nazaridan ha m
yondashiladi, ya‟ni ularning u yoki bu frazeologik grammatik turkumlarga
mansubligi belgilanadi. Frazeologik birliklarning shakli bilan ma‟nosi orasidagi
izomorfik (moslik,parallellik) darajasini aniqlash maqsad qilib qo„yildi.
Keyingi yillarda frazeologizmlar yuzasidan ko„plab ilmiy monografik asarlar,
ilmiy maqolalar nashr etildi. Shunday ishlardan biri B.Yo„ldoshevning
“Frazeologizmlarning adabiy til normasiga munosabatiga doir” nomli maqolasidir.
Til jamiyatda eng muhim aloqa vositasi bo„lishi, o„z vazifalarini oqilona bajarishi
uchun, avvalo, normalashgan bo„lishi kerak, chunki normativlik xususiyati milliy
adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir.
Frazeologiyani tilshunoslikning mustaqil sohasi deb tan olish, frazeologizm
(ibora)ni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida
sathiga xos birlik deyish o„z-o„zidan frazeologik normani ham adabiy tilning
boshqa
normalari
qatorida
hisobga
olishni
taqazo
etadi.
Bu
norma
frazeologizmlarning nutqda funksiyalashuvini tartibga soladi. Adabiy til, ayniqsa,
uning lug„at tarkibi va frazeologik sistemasi to„xtovsiz taraqqiyotda, o„sish va
rivojlanishda bo„ladi. Chunki jamiyatda bo„ladigan turli-tuman o„zgarishlar
natijasida yuz beradigan, paydo bo„ladiga narsa-hodisalar ular uchun tilda maxsus
atamalar bo„lishini taqozo etadi. Ana shunday obyektiv sabablar asosida tilda yangi-
yangi so„zlar, iboralar paydo bo„ladi, lug„at tarkibi boyib boradi. Frazeologik
normaning o„zgaruvchanligini, o„z qo„llanish doirasini kengaytirish hollarini
9
Ғаниева Ш.Фразеологизмларни моделлаштириш муаммолари// ЎТА,6 сон,111-112-бетлар.
16
quyidagi o„rinlarda kuzatish mumkin. Ibora obrazliligining tayanch manbasi
unutilgach, o„sha iboraning yangi varianti yuzaga keladi. Ayrim frazeologizmlar
tarkibidagi son komponent boshqa son bilan almashadi, bu esa iboraning
mazmuniga unchalik jiddiy ta‟sir etmaydi. Masalan, adabiy tilda “biri ikki bo„ldi”,
“biri ikki bo„lmaydi” iboralari mavjud. Cho„lponning “Kecha va kunduz” romanida
bu ibora” biri besh bo„ldi” shaklida qo„llangan: O„ziga yarasha davlati, savdo-
sotig„i bor odamlarni jin ham urgani yo„qku-ya, qayta, mollarining narxi oshib, biri
besh bo„ldi. Yoki “obro„yi bir pul bo„ldi” va “obro„yi uch pul bo„ldi” iboralari
garchi tarkibidagi son komponentlariga ko„ra farqlansa-da, mazmunan bir-biriga
teng keladi: To„lan, bu yurishimizda zirillamaliklarning obro„sini uch pul qilib
qo„yamiz.(“Ufq”). Norma tilda obyektiv mavjud bo„lsa, u tilning, til
elementlarining nutq jarayonida reallashuvidir. Adabiy til normasida uning
kodifikatsiyasi bilan uzviy bog„liq.
10
Tilda ham shakl va ma‟no bor. Tilda shakl deb odatda tilning materiyasi –
tovush – ko„zda tutiladi. Bu tilning ifoda plani deb yuritiladi. Tovush yozuvda harf
bilan ko„rsatiladi. Shu asosda talaffuz shakli va yozuv shakli farq qilinadi, bulardan
tom ma‟nodagi shakl – birinchisi.
Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning
ma‟nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma‟nolarning oddiy yig„indisiga teng
bo„lmaydi. Iboraga xos ma‟no tarkibidagi leksemalarning ma‟nosiga nisbatan
maxraj ma‟no, ustama ma‟no sifatida gavdalanadi, bu ma‟no ibora tarkibidagi
leksemalarning ma‟nosiga suyanmasligi mumkin. Iboraning ma‟nosi tarkibidagi
leksemalarga xos ma‟nolarning oddiy yig„indisi bo„lmasligi, shular ustiga qurilgan
yangi bir ma‟no bo‟lishi sababli, iboralarda go„yo ifoda plani bilan mazmun plani
orasida qandaydir uzilish sodir bo„ladi. Xususiy (qismlarga xos) ma‟nolar umumiy
(iboradan anglashiladigan) ma‟noni to„g„ridan-to„g„ri izohlab turmaydi, shu sababli
iboralarda ifoda plani bilan mazmun plani orasidagi bog„lanish shartlilik kashf
etadi. Bu yerda bittadan ortiq so„z yaxlitligicha ma‟lum bir obraz asosida,
ko„chirish yo„li bilan semantik taraqqiyotni boshdan kechiradi. Ma‟lum bir obraz
10
Юлдошев Б.Фразеология тарихидан лавҳалар.-С.:Суғдиёна,1998,14-бет.
17
asosida yuzaga kelgan ana shunday ustama ko„chma ma‟noga frazeologik ma‟no
deyiladi. Masalan, “til tegizmoq” iborasi “sha‟niga nomunosib, nohaq gap aytmoq”
ma‟nosini anglatadi. Bu ma‟no to„g„ridan-to„g„ri ibora tarkibidagi leksemalarning
ma‟nosidan kelib chiqmaydi. Masalan, “Batareyaga til tegizsam, hech toki yo„q
ekan” gapida erkin birikma ishlatilgan. Bunday ishlatishda til va tegizmoq so„zlari
ma‟no mustaqilligini saqlab bog„lanadi, ma‟noda yaxlitlanish yuz bermaydi.
“Kechagi majlisda menga ham til tegizibdi” gapi tarkibida yuqoridagi erkin birikma
emas, balki ibora qatnashmoqda. Chunki bu gapda til va tegizmoq so„zlaridan emas,
balki til tegizmoq iborasidan foydalanilgan. Endi til va tegizmoq so„zlariga xos
ma‟nolarning oddiy yig„indisi haqida emas, balki ustama ko„chma ma‟no haqida
gapirish lozim. Bunday ma‟no obrazga suyanib yuzaga keladi; tegizish harakatidan
kelib chiqsa, til deganda fiziologik organni tushunish kerak, ammo bu o„rinda til
so„zining boshqa ma‟nosi – “nutq” ma‟nosini “gap, so„z” ma‟nosi tushuniladi. Ayni
vaqtda biror so„z, gapni beg„araz aytish emas, “tegizib” aytish ko„zda tutiladi,
shunday aytiladigan gap-so„zning “nomaqbul” bo„lishi kelib chiqadi. Demak,
frazeologik birlik ifoda plani bilan mazmun planining o„ziga xos qarama-qarshiligi
va birligi asosida yuzaga keladi, shunga ko‟ra frazeologik birliklar alohida
yondashishni, o„rganishni talab etadi
11
.
B.Jo„rayevaning “Ibora va maqolda idiomalashuv” maqolasi ham aynan
mustaqillikdan keyin yaratilgan ishlardan sanaladi. Iboralar tilning alohida birligi
bo„lib, tuzilishiga ko„ra erkin bog„lanma yoki gapga teng to„liq yoki qisman
semantik qayta shakllangan obrazli, turg„un so„z birikmalarini o„z ichiga oladi.
Grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, o„tkir mazmunli, faqatgina
ko„chma ma‟noda ishlatiluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari, maqol sanaladi.
Frazeologiya tarkibida o„rganilayotgan maqol, matal, aforizm, hikmatli so„z,
topishmoqlar alohida o„rganilishi lozim bo„lgan mavzulardir. Maqol ko„chma
ma‟no ifodalashi jihatidan ibora bilan umumlashadi. Ularning ma‟nosi tarkibidagi
birliklarning birlamchi ma`nosidan emas, balki umumiy ko„chma ma`nosidan kelib
11
Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати.-Т.,1978,5-7-бет.
18
chiqadi
12
. ”Ko„zi to„rt bo„lmoq” erkin bog„lamasini ko„chirish asosida
“kutmoq”,”xamirdan qil sug„urganday” erkin bog„lamasini ko„chirish orqali
“oson” ma‟noli frazeologik ma‟nolar yuzaga kelgan. Ya‟ni, erkin bog„lanmaning
frazeologizmga aylanishi idiomalashuvi ma‟noning ixtisoslashishi, xususiyatlanishi
oqibatida kelib chiqadi. Masalan, “tarvuzi qo„ltig„idan tushdi” (qovuni emas),
“kapalagi uchib ketdi” (chumchug„i emas), “qo„y og„zidan cho„p olmagan” (echki
og„zidan emas), “chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan” (kabutar yoki qaldirg„och
emas). Maqollarda asos birlik, ya‟ni matal maqolga aylangunga qadar to„g„ri
ma‟noda ishlatiluvchi hikmat – gap shaklida bo„ladi va asta-sekin ma‟noning
idiomalashuvi natijasida maqolga o„tadi, umumiylik kasb etadi, falsafiylikka ega
bo„lib fikrning xulosasiga aylanadi. Masalan: (qarg„a qarg„aning ko„zini
cho„qimaydi). Bunda o„z ma‟nosida ishlatiluvchi hikmatli so„z – matal ko„chma
ma‟noda ishlatiluvchi hikmatli so„z – maqolga aylanar ekan, matalning maqolga
aylanishi – idiomalashuvi ma‟noning kengayishi oqibatida yuz beradi.Ya‟ni “qarg„a
qarg„aning ko„zini cho„qimaydi” maqoli faqatgina qarg„alar hayoti bilan bog„liq
bo„lmay, umuman qarg„asifat kishilar, ya‟ni “zolim, qonxo„r kishilar boshqalarga
har qancha jabr-sitam o„tkazsalar ham, bir-birlarining yonlarini olib, qo„llab-
quvvatlaydilar” degan umumlashma ma‟noni ifodalashga xizmat qiladi. ”Shamol
bo„lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi”, ”Nima eksang, shuni o„rasan”,
“Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq” singari qator maqollar ham xuddi
shunday holatda va bu maqollar faqatgina tarkibidagi leksemalar anglatgan birgina
ma‟noni emas, balki xuddi shu holatga o„xshash barcha voqealarni ifodalashga
xoslanadi. Demak, ibora va maqol ko„chma ma‟no ifodalashi jihatdan idiomalar
tarkibiga kirsa-da, ularda idiomalashish jarayoni ham turlicha kechadi: ibora
ko„chma ma‟noning torayishi, maqol esa ko„chma ma‟noning kengayishi natijasida
idiomalashadi. Frazeologizmlar tadqiqiga bag„ishlangan ishlardan Matluba
Xudoyberganovaning “Fe‟l frazeologik birliklarining ba‟zi bir xususiyatlari‟‟
nomli ilmiy maqolasi ham e`tiborga molikdir. Frazeologik birliklarning semantik
12
Жўраева Б.Ибора ва мақолнинг идиомалашуви//ЎТА,2010,6 сон,107-109-бетлар
19
strukturasini aniqlash hozirgi zamon semasiologiyasining dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi. Fe‟l frazeologik birliklar o„zlarining obrazliligi, jonliligi, ta‟sirchanligi
bilan ajralib turadi va fikrni ravshan, ixcham ifodalashga, shaxs yoki predmetning
holatini obrazli tasvirlashga xizmat qiladi. Fe‟l frazeologik birliklar shaxs yoki
predmetning turli holatini ifodalovchi umumiy semalari jihatdan bir frazeosemantik
guruhni tashkil etadi. Holat bildiruvchi fe‟l frazeologik birliklar qanday holatni
ifodalashiga qarab, dastlab to„rt semantik guruhga ajratiladi.
1. Ruhiy holatni bildiruvchi fe‟l frazeologik birliklar: “avzoyi buzilmoq”,
“alam qilmoq”, “ich-etini yemoq”.
2. Emotsional holatni bildiruvchi fe‟l frazeologik birliklar: “boshi ko„kka
yetmoq”, “terisiga sig‟may ketmoq”.
3. Aqliy holatni bildiruvchi fe‟l frazeologik birliklar: “aqlni yemoq”, “bosh
qotirmoq”.
4. Fizik holatni bildiruvchi fe‟l frazeologik birliklar: “bardosh bermoq”,
“boshini yemoq” va boshqalar. Ayrim fe‟l frazeologik birliklarning ta‟sirchanligi,
obrazliligi shunday kuchliki, ular bir vaqtning o„zida ikki holat – xususiyatni
ifodalay oladi. Masalan, “o„ziga kelmoq” fe‟l frazeologik birligi ham ruhiy
(anglamoq, to„g„ri idrok qilmoq), ham fizik holatni (o„z holatiga kelmoq) anglata
oladi. Uning qaysi ma‟noni ifodalashi matnda oydinlashadi. Iboralarning
o„rganilishi bo„yicha U.Tursunov, J.Muxtorv, Sh.Rahmatullayevlarning “Hozirgi
o„zbek adabiy tili” kitobida maxsus bob berlgan. So„zda bo„lganidek iboraning
semantik strukturasida ham ikki hodisa farq qilinadi. 1)ma‟no; 2)stilistik bo„yoq
13
.
Iboraning lug„aviy birlik sifatida nimanidir bildirishiga (biror voqealikni atashiga,
ifodalashiga) uning ma‟nosi deyiladi. Iboralar ifodalagan ma‟no frazeologik ma‟no
deb ataladi. Masalan, “tuyaning kallasiday” iborasi (predmetning) sifat belgisini
(juda katta), “yurak-bag„ri qon bo„lib ketdi” iborasi esa shaxsning harakat-holatini
(diltang bo„lmoq) anglatadi. Iboralarning ko„pi monosemantik. Masalan, “bahridan
o„tmoq” iborasi “foydali deb bilgan narsasidan voz kechmoq” ni, “berdisini
13
Турсунов У, Мухторов Ж, Раҳматуллаев Ш.Ҳозирги ўзбек адабий тили.-T.:1965,133-135-бетлар
20
aytguncha urib o„ldirmoq” iborasi “oxirigacha gapirib berishga qo„ymaslik”ni,
“daryodan bir tomchi” iborasi “qolgan qismiga nisbatan juda oz”ni anglatadi.
Polisemantik iboralarning ko„pi ikki va uch ma‟noli bo„ladi. Masalan, “boshi
aylandi” – “boshini aylantirmoq” iborasi ikki ma‟noni anglatadi. Frazeologik
birliklar ma‟noni qanday anglatishiga qarab uch guruhga bo„linadi: frazeologik
butunliklar, frazeologik chatishmalar, frazeologik qo„shilmalar.
14
Tarkibidagi
so„zlarning leksik ma‟nosiga bog„liq holda umumlashtiriluvchi ko„chma ma‟no
anglatadigan iboraga frazeologik butunliklar deyiladi. Masalan, “yog„ tushsa
yalaguday”. Tarkibidagi so„zlariga mos leksik ma‟nolar asosida izohlanmaydigan,
leksik ma‟nolarni hisobga olmaydigan umumlashtiruvchi ko„chma ma‟no
anglatadigan iboraga frazeologik chatishma deyiladi. Masalan, “to„nini teskari
kiymoq”, ”o„pkasini qo„ltiqlab”.
Frazeologik butunlik va frazeologik chatishma uchun umumiy belgi ularda
semantik hamda grammatik sintezga intilishidir. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
1) tarkibida birdan ortiq so„z-komponent qatnashadi;
2) bir yaxlit lug„aviy ma‟no anglashiladi;
3) tarkibidagi so„zlari leksik ma‟no mustaqilligini yo„qotadi;
4) so„zlarning erkin bog„lanmalari bilan faqat omonimlik holatda bo„ladi;
5) iborani biror so„z yoki ibora bilan faqat butunligicha almashtirib bo„ladi;
6) nutqda bir butun holda bir semantik vazifani o„tab keladi.;
7) boshqa tilga faqat butunligicha tarjima qilinadi.
Komponentlaridan birining ko„chma ma`nosiga asoslanadigan va
komponetlarining leksik ma‟no mustaqilligini yo„qqa chiraqmaydigan bog„lanmaga
frazeologik qo„shilma deyiladi: “gapning tuzi”, “og„ir yigit”. Frazeologizmlarning
polisemantik,
omonimlik,
antonimlik,
sinonimlik
xususiyatlari
haqida
Sh.Rahmatullayev o„zining izohli lug„atida ma‟lumot keltirgan. Shulardan,
frazeologik polisemiya bittadan ortiq ma‟noni anglata olishi til birliklariga xos
xususiyat bo„lib, iboralarning ham talay qismida uchraydi. Polisemantik
14
Ўша асар,135-бет
21
iboralarning ko„pi ikki ma‟noli; uch ma‟noli iboralar anchagina; to„rt, besh ma‟noli
iboralar ham uchraydi. Masalan, “boshiga qilich kelsa ham” iborasi bitta ma‟noni,
“aqli yetadi” iborasi ikkita ma‟noni, “bo„yniga qo„ymoq” iborasi uch ma‟noni,
“qo„lga olmoq” iborasi esa to„rt ma‟noni anglatadi.
Ko„p
ma‟noli
iborada
uning ma‟nolari asosan biri ikkinchisidan o„sib chiqqan bo„ladi. Ba‟zi iboralarning
ma‟nolari biri ikkinchisi uchun asos vazifasini o„tamaydi, har biri o„zicha
shakllangan bo„ladi, voqelikdan har gal har xil obraz olish asosida tug„iladi.
Masalan, ikki qo„lini burniga tiqib iborasi ikki ma‟noli: 1) “quruqdan-quruq,
evaziga hech narsa ololmay”, 2) “bekorchi bo„lib, biror foydali mehnat bilan
shug„ullanmay”. Bu ma‟nolar o„zaro bog„lanmaydi, chunki asosida har xil obraz,
boshqa-boshqa voqelik yotadi: birinchisida band qo„l bilan borib, bo„sh qo„l bilan
qaytish, ikkinchisida esa qo„lni biror yumush bilan band qilmaslik. Frazeologik
sinonimya til birliklari orasida semantik mikrosistemalardan bo„lib, iboralar orasida
anchagina. Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo„ladi,
shulardan biri ma‟no qirrasidagi farq bo„lishi mumkin. Sinonim iboralarni bir
iboraning variantlaridan ajratish kerak. Buning uchun iboralarning so„z-
komponentlariga diqqat qilish kerak. Leksik tarkibida ayni bir so„z-komponent
qatnashmaydigan iboralarning sinonim ekani shubha tug„dirmaydi. Masalan, “butun
tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha” ma‟nosini anglatadigan “ipidan ignasigacha”,
“miridan sirigacha”, “qilidan quyrug„igacha” iboralari o„zaro sinonim bo„lib, ular
tarkibida umumiy so„z-komponent yo„q.
Frazeologik antonimiya til birliklari orasida semantik munosabat asosida
belgilanadigan hodisalardan biri bo„lib, iboralarda ham so„zlardagi darajada
uchraydi. Antonimiyani belgilash, bir tomondan, iboralarning, lug„aviy ma‟nosini
chuqurroq anglashga olib kelsa, ikkinchidan, polisemiyada bir iboraning
ma‟nolarini o„zaro farqlashga yordam beradi, uchinchidan, sinonimlarni belgilashda
ham foyda keltiradi. Masalan, “yuragi keng” va “yuragi tor”, “ko„ngli joyiga
tushdi” va “yuragiga g„ulg„ula tushdi”;
Frazeologik omonimiya odatda ikki
ibora orasida voqe bo„ladi: “qo„l ko„tarmoq” I va “qo„l ko„tarmoq” II kabi. Odatda
bir variantli iboraga ko„p variantli iboraning bir varianti shaklan teng kelib qoladi:
22
“gap tegdi” I va “gap tegdi” II kabi. Frazeologik paronimiyada iboralar orasida,
shakli teng kelishidan tashqari, shakliy yaqinlik hodisasi ham bor. Ba‟zi iboralar
o„zaro leksik tarkibidagi bir so„z-komponenti bilangina farq qiladi, shu farqli so„z-
komponentlar ham bir-biriga o„xshash bo„ladi. Ana shunday shakily yaqinlikka ega
ikki iboraga frazeologik paronimlar deyiladi. Masalan, “yetti uxlab, tushiga
kirmaslik” va “yetti uxlab, tushida ko„rmaslik”; “yuragi tars yorilib keta yozdi” va
“yuragi qoq yorila yozdi” kabi. Ikki ibora leksik tarkibi jihatdan aynan bo„lib,
grammatik tarkibi jihatdan farqlanib turishi mumkin. Bunday iboralarga frazeologik
paraformalar deyiladi. Masalan, “jon kirdi” va “jonini kirgizmoq” iborasidan “jon
kirdi”–“jon kirgizmoq” iborasi grammatik tarkibida egalik affiksi yo„qligi bilangin
farq qiladi; “payiga tushmoq” iborasidan “payidan tushmoq” iborasi ot
komponentining
boshqa
kelishikda
kelishi
bilan
farq
qiladi.
15
Frazeologizmlar
tadqiqiga
doir
Sh.Abdullayevning
“Tarjima
asarlarda
frazeologizmlar semantikasi” (T.Qayipbergenov asarlarining o„zbekcha tarjimasi
asosida) tadqiqoti e‟tiborli sanaladi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro„yxati va ilovadan iborat bo„lib, 157 sahifani tashkil etadi. Ishning
“Kirish” qismida o„zbek va qoraqalpoq tillaridagi iboralar, ularning o„rganilish
tarixi haqida fikr yuritilgan.
Tildagi obrazlilikni ifodalovchi vositalar ichida
frazeologizmlar alohida o„rin tutadi, chunki ular kesatiq, nafrat, jirkanish, so„kish,
qarg„ish kabi salbiy, erkalash, hazil, rag„batlantirish kabi ijobiy qo„shimcha ma‟no
nozikliklarini ifoda etuvchi obrazli til birliklaridir. Frazeologizmlarning asosiy
qismi nutqda ma‟lum uslubiy maqsad–ekspressivlik uchun xizmat qiladi. Shu bois
frazeologizmlar badiiy asarda obraz, xarakter qirralarini ochishda muhim vosita
hisoblanadi. Tadqiqotda qarindosh tillardan iboralarni tarjima qilish, bu borada ish
olib borayotgan tarjimon nimalarga e‟tibor qaratish lozimligi haqida fikr yuritiladi.
O„zbek va qoraqalpoq tili iboralari, ularning ekvivalent va variantlari, o„ziga
xos va farqli tomonlari, leksik, grammatik, semantik xususiyatlari qiyosiy yo„sinda
o„rganiladi. Ilmiy ishda “Leksik varianti bilan o„girilgan frazeologizmlar” bob
15
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати.-Т.,1978,8-9-бет.
23
mavjud bo„lib, unda ikki tildagi leksik variantlangan frazeologizmlar va ularning
xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Variantlashish – o„zbek va qoraqalpoq tilida
juda keng tarqalgan hodisa. Iboralar ikkitadan tortib bir qancha variantli bo„lishi
mumkin. Sh.Rahmatullayev o„bek tilida ikkitadan to o„n bittagacha variantli
iboralar mavjudligini ta‟kidlaydi. Ammo ular ichida eng ko„pi ikki variantli
iboralardir. Uch va undan ortiq variantlilar ham ancha miqdorni tashkil etadi.
Frazeologik variantlar tilda mavjud bo„lgan frazeologizmlardan o„sib chiqadi.
Variantlanish turlicha bo„lib, ular ayrim komponentlarning o„zgarishi asosida hosil
bo„ladi. Variantlanishda iboralarga xos yaxlitlik, lug„aviy ma‟no saqlanadi. Aks
holda ibora yo„qqa chiqadi yoki boshqa ibora hosil bo„ladi.
16
Frazeologik variatlar
tilda mavjud bo„lgan frazeologizmlardan o„sib chiqqan bo„ladi. Ular, asosan, bir
obraz bilan farqlanadi. Frazeologik variantlar ma‟no, stilistik va sintaktik
vazifalariga ko„ra bir-biriga yaqin. Ularning leksik tarkibida qisman farq bo„lishi
mumkin, lekin asosida bir obraz yotadi. Qoraqalpoq tilida hordiq olish, uxlash
ma‟nolarida “ko„zi ilinib ketdi”, “ko„zi uyquga ketdi” frazeologizmlari mavjud.
Masalan: Azdan keyin ko„zi ilinib ketti. Uning o„zbek tilida quyidagi ekvivalentlari
mavjud: ko„zi uyquga ketibdi, ko„zi ilindi, pinakka ketmoq.
Yuqorida
tilga
olingan nazariy fikrlarga tayangan holda Tog„ay Murodning “Otamdan qolgan
dalalar” romani iboralari to„g„risida keyingi bobda batafsil fikr yuritamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |