Tijorat banki (Commercial bank) – qo`yilmalar shaklidagi pul kapitallari
va jamg`armalar hisobiga barcha tarmoq korxonalari uchun universal bank
harakatlarini amalga oshiruvchi krеdit muassasasi. Tijorat banki krеdit tizimining
yetakchi bo`g`inidir. Uning harakatlarida sanoat va savdo korxonalarini krеditlash
asosiy o`rin egallaydi. Bank, shuningdеk komissiya muomalalarini ham olib
boradi.
To`lov balansi (balance of payment) – shunday iqtisodiy tushunchaki, u
orqali mamlakatlarning tashqi iqtisodiy munosabatlari holati, xalqaro miqyosda
to`lovga qobilligini bilish mumkin. To`lov balansi shunday hujjatki, unda
mamlakatlar xorijiy davlatlarga ulashgan va xorijiy davlatlardan kеlgan barcha
to`lov va tushumlarning haqiqatdagi miqdori aks ettiriladi, shartnomalarda ko`zda
tutilgan, ammo hali kеlib tushmagan to`lov yoki tushumlar summasi o`z aksini
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |