Subsidiya (subsidy) – davlat budjeti hisobidan korxonalar, tashkilotlar va
xorijiy davlatlarga bеriladigan mablag`. Subsidiya bozor iqtisodiyotini tartibga
solish vositasi hisoblanadi.
Savdo balansi (merchandise trade balance) – eksport va import tushum va
to`lovlarini aks ettiruvchi balans. Unda savdo bitimida ko`zda tutilgan, ammo joriy
davrda amalga oshirilmaydigan to`lov va tushumlar o`z aksini topmaydi.
Savdo balansining difitsiti (trade deficit) – iqtisodiy sur'atlarning hisobot
davri oxiriga kеlib, import bo`yicha qilingan jami xarajatlar eksport
daromadlaridan oshadigan vaziyatgacha o`sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |