Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va


  Yagona soliq  to'lovini  budjetga  kechiktirib to'lash  tartibi  qan­



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

10.  Yagona soliq  to'lovini  budjetga  kechiktirib to'lash  tartibi  qan­

day?

11.  Qanday  holatlarda  yagona soliq  to'lovini  budjetga  kechiktirib 

to'lashni  soliq  organlari  rad  etishi  mumkin?


3.2.2.  Savdo  va  umumiy  ovqatlanish 

korxonalarini  soliqqa  tortish

Savdo  va  umumiy  ovqat- 

Ma’lumki,  savdo  va  umumiy ov- 



ianish  korxonalari  uchun 

qatlanish  korxonalari  2007-yil  1- 



yagona  soliq to'lovining 

yanvarga  qadar  budjetga  to‘lab 



joriy e 



is 

kelgan  yalpi  daromadidan  yalpi



daromad  solig‘i,  mol-mulk  solig‘i,  tovariar  aylanmasidan 

Pensiya  jamg‘armasiga,  Respublika  yo‘l  jamg'armasiga 

hamda  Maktab  ta’limini  rivojlantirish  jamg‘armasiga  maj­

buriy  to'lovlar  to‘lash  o‘miga  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2006-yil  18-dekabrdagi  «0 ‘zbekiston  Res­

publikasining  2007-yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko'rsatkich- 

lari  prognozi  va  Davlat  budjetining  parametrlari  to'g'risi- 

da»gi  PQ-532-sonli  qaroriga muvofiq 2007-yil  1-yanvardan 

boshlab  yagona  soliq  to'lovini  to'lashga  o'tkazildi.

2006-yil  yakuni  bo'yicha  asosiy  (profil)  faoliyat  turi 

savdo  faoliyati  (umumiy  ovqatlanish  sohasidagi  faoliyat) 

hisoblangan  yuridik  shaxslar  belgilangan  tartibda  hisobot 

yili  boshidan  boshlab  yagona  soliq  to'lovlarini  to'lashlari 

shart  qilib  belgilandi.

O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan

2007-yil  28-martda  1668-son  bilan  ro'yxatga  olingan 

«Yagona  soliq  to'lovini  hisoblab  chiqarish  va  to'lash  tartibi 

to'g'risida»gi  Nizomga  muvofiq  savdo  va  umumiy  ovqat­

lanish  korxonalari  uchun  soliqqa  tortishning  quyidagi  tar­

tibi  belgilangan.  Jumladan,  Nizomda  savdo  faoliyati  (umu­

miy  ovqatlanish  sohasidan  faoliyat)  hisoblangan  yuridik 

shaxslar  uchun  2007-yildan  boshlab  yagona  soliq  to'lovini 

to'lash  tartibi  belgilangan.

Shu  bilan  birga  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxo­

nalari  uchun:

—  bojxona to'lovlari  (bojxona bojlari va yig'imlari,  aksiz 

solig'i  va  tovarlami  (ishlami,  xizmatlami)  import  qilishda 

qo'shilgan  qiymat  solig'i);

—  davlat  bojlari;

—  ayrim  turdagi  tovariar  bilan  chakana  savdo  qilish 

va  ayrim  turdagi  xizmatlami  ko'rsatish  huquqi  uchun 

yig'im;


—  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  yuridik 

shaxslami  ro'yxatdan  o'tkazganlik  uchun  yig'im  va  atrof 

tabiiy  muhitni  ifloslantirganlik va  chiqindilami  O'zbekiston



Respublikasi  hududiga  joylashtirganlik  uchun  kompensa- 

tsiya  to'lovlarini  to'lash  tartibi  saqlab  qolingan.

Agar yuridik shaxslar hisobot yili  yakuni bo'yicha  savdo 

(umumiy  ovqatlanish)  korxonasiga  mansub  bo'lmasa,  kel- 

gusi yil  boshidan boshlab umumbelgilangan tartibda soliqlar 

va  boshqa  majburiy  to'lovlar to'lashga  o'tishlari  shart,  soliq 

solish  tartibini  tanlash  huquqi  saqlab  qolinadigan  mikrofir­

malar  va  kichik  korxonalar bundan  mustasno.

Yagona  soliq  to'lovi  to'lashga  o'tish  savdo  (umumiy 

ovqatlanish)  korxonalari  umumbelgilangan  tartibda  soliqlar 

va  boshqa  majburiy  to'lovlar  to'lashga  o'tgan  birinchi 

hisobot  choragi  uchun  foyda  solig'i,  obodonlashtirish  va 

ijtimoiy infratuzilmani  rivojlantirish solig'i va yuridik shaxs- 

larning  mol-mulkiga  solinadigan  soliq  bo'yicha  joriy 

to'lovlami  to'lamaydilar.

Ishchilar  sonidan  qat’i  nazar  ulguiji,  chakana  savdo  va 

umumiy  ovqatlanish  korxonalari  (shu  jumladan,  kichik 

korxonalar  va  mikrofirmalar)  yagona  soliq  to'lovini  to'lov- 

chilari  hisoblanadi.

Yagona  soliq  to'lovi  to'lovchisini  aniqlashda  asosiy 

mezon  bo'lib,  yuridik shaxsni  davlat  ro'yxatidan o'tkazgan- 

lik  to'g'risidagi  guvohnomada  ko'rsatilgan  korxona  faoliya- 

tining  kodi  hisoblanadi.

Bunda korxonaning ixtisoslashishi  XXTUT asosiy kodga 

to'g'ri  kelishi  kerak.  Agar  korxonaning  faoliyati  XXTUT 

kodiga to'g'ri  kelmasa,  o'z faoliyati kodini qonun  hujjatlari- 

da  belgilangan  tartibda  statistika  organlarida  qayta  ro'yxat­

dan o'tkazishga va ushbu toifadagi  korxonalar (faoliyati tur­

iari)  uchun  belgilangan  tegishli  soliqlami  to'lashga  majbur.

Yagona  soliq  toiovida  realizatsiya  (tovaroborot)  umu­

miy  yillik  hajmida  tushum  ulushi  aksariyat  qismini  tashkil 

etgan  faoliyat  turi  asosiy  (profil)  faoliyati  turi  hisoblanadi.

Agar joriy  yil  yakuni  bo'yicha  realizatsiya  (tovar  aylan- 

ma)ning  umumiy  yillik  hajmida  tushum  ulushi  faoliyati 

turiari  bo'yicha  bir  xil  miqdomi  tashkil  etsa,  asosiy  (profil) 

faoliyat  turi  o'tgan  hisobot  yil  yakuni  bo'yicha  aniqlanadi.

Savdo  (umumiy  ovqatlanish)  korxonalariga,  soliq  solish 

maqsadida,  o'tgan  hisobot  yili  yakuni  bo'yicha  asosiy  (pro­

fil)  faoliyat  turi  savdo  faoliyati  (umumiy  ovqatlanish  soha­

sidagi  faoliyati)  hisoblanadigan  yuridik  shaxslar  kiradi.

Savdo  faoliyati  deganda  qayta  sotish  maqsadida  xarid 

qilingan  tovarlami  sotish  bo'yicha  faoliyat  tushuniladi.




Quyidagilar savdo  faoliyati  sifatida  qaralmaydi:

—  o‘zi  ishlab  chiqargan  mahsulot  hisoblanadigan tovar­

lami  realizatsiya  qilish,  jumladan,  ulami  mustaqil  yuridik 

shaxs  hisoblanmaydigan  firma  do'konlari  orqali  realizatsiya 

qilish;

—  komissioner  (ishonchli  vakil)  tomonidan  komissiya 

(topshiriq)  shartnomalari  bo‘yicha  tovarlami  realizatsiya 

qilish,  jumladan,  davlat  daromadiga  o‘tkaziladigan  mol- 

mulkni  realizatsiya  qilish;

—  tayyorlov  va  ta’minot-sotish  faoliyati  bilan  shug'ul- 

lanadigan  korxonalar  tomonidan  tovarlami  realizatsiya  qi­

lish.


Umumiy  ovqatlanish  sohasidagi  faoliyat  deganda  kuli- 

nariya,  shuningdek,  boshqa  oziq-ovqat  mahsulotini  tayyor- 

lash,  realizatsiya  qilish  va  ulami  is’temol  qilishni  tashkil 

etish  bo'yicha  faoliyat  tushuniladi.

Yagona  soliq  to'lovini  hisoblashda  soliq  solish  obyekti 

bo'lib,  aksariyat  hollarda  yalpi  tushum  hisoblanadi,  lekin 

savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  uchun  yalpi 

tushum  bo'lib  tovariar aylanmasi  hisoblanadi.

Bundan  tashqari,  savdo  korxonalarining  asosiy  faoliyat­

dan  tashqari  boshqa  daromadlari,  moliyaviy  faoliyatdan 

daromadlari  va  O'zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga 

muvofiq  belgilanadigan  boshqa  daromadlar  yalpi  tushum 

tarkibiga  kiritiladi.

Shuningdek,  yagona  soliq  to'lovi  hisob-kitob  bazasini 

aniqlashda  tushumdan  quyidagilar chegirib  tashlanadi:

a)  qo'shilgan  qiymat  solig'i  to'lovchilari  uchun  qo'shil- 

gan  qiymat  solig'ini;

b)  davlat  subsidiyalarini;

d)  davlat  qimmatli  qog'ozlari  bo'yicha  daromadlar;

e)  to'lov  manbayida  ushlab  qolinishi  lozim bo'lgan  div­

idendlar va  foizlar  ko'rinishidagi  daromadlar;

0  o'tgan  yillarning  taqsimlanmagan  foydasi  ustav  ka- 

pitalini  oshirishga  yo'naltirishda  aksiyador  qo'shimcha 

aksiyalarining  qiymati  yoki  aksiyalaming  nominal  qiymati- 

ni  ko'paytirish  tarzida  olingan  daromadlari;

g) 


hisobot  yilida  aniqlangan  o'tgan  yillardagi  foyda. 

Mazkur  daromadlar  qaysi  davrda  paydo  bo'lgan  bo'lsa, 

o'sha  davrdagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  shu  davrdagi 

soliqlar  va  majburiy  to'lovlar  bo'yicha  hisob-kitoblami 

o'tkazishni  hisobga olgan  holda  soliqqa  tortiladi;



h)  olingan  grantlar.  Grant  deganda  —  ijtimoiy  aha- 

miyatga  ega  maqsadni  ko‘zlagan,  iqtisodiyotni  rivojlan­

tirish,  ilmiy-texnik  va  innovatsion  dasturlami  bajarish 

uchun  korxonaga  davlat  (hukumat),  shuningdek,  nodavlat, 

xorijiy,  xalqaro  tashkilotlar  va 

jam g'arm alar 

tomonidan 

ko‘rsatiladigan  tekin,  gumanitar  mablag'li  yoki  moddiy- 

texnik  yordam tushuniladi.  Grant  mablag'lari  qat’i  ravishda 

belgilangan  maqsadlaiga  ishlatiladi;

i)  ko‘p  oborotli  qaytariladigan  taraning  qiymati,  agar 

uning  qiymati  tovar  (ish,  xizmat)lami  realizatsiya  qilishdan 

tushumning  tarkibiga  ilgari  kiritilgan  bo‘lsa;

j)  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  chegirmalar.

1024-sonli  qaroriga  muvofiq  2009-yildan  boshlab  savdo  va 

umumiy  ovqatlanish  korxonalari  uchun  ishchilari  sonidan 

qat’i  nazar  yalpi  tushumdan  (tovar  aylanmasi  hajmidan) 

quyidagi  stavkalarda  yagona  soliq  to'lovi  to'lash  joriy  qi- 

lindi:

—  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  uchun 



—  10%; 

shundan:  umumta’lim  maktablari,  maktab-intematlar, 

o‘rta  maxsus  kasb-hunar va  oliy  o‘quv yurtlariga 

xizmat  ko'rsatuvchi  korxonalar  uchun 

—  8%. 

Savdo  korxonalari  uchun:

—  shaharlarda  aholi  soni  100  ming  va  undan  ortiq

—  ulguiji  savdo  korxonalari  (Ulguiji  savdo  korxonalari 

uyushmasi  tizimiga  kiruvchi  respublika  ixtisoslashtirilgan 

ulguiji  baza  —  kontoralari  va  ulaming  hududiy  baza lari 

bundan  mustasno.  Ular  uchun  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2006-yil  8-iyundagi  «Ixtisoslashtirilgan 

ulguiji  baza — kontoralami  soliqqa tortish tartibini  takomil­

lashtirish  to‘g‘risida»gi  PQ-374-son  qarori  bilan  nazarda 

tutilgan  soliq  solish  tartibi  saqlab  qolinadi) 

— 5%;


Ulguiji  va  chakana  savdo  bilan  shug‘ullanuvchi  dorixo- 

nalar  uchun:




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish