etish to‘g‘risida qaror chiqarib, korxonaning taqdim etilgan
arizasiga qabul qilingan qaror natijasining tegishli belgisini
qo‘yadi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining rad etish
to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mum
kin:
• to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to'g'-
risidagi ariza belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo'lsa;
• to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to'g'-
risidagi ariza belgilangan muddatdan keyin topshirilsa;
• korxona yagona soliq to'lovining to'lovchisi hisoblan-
masa.
Yagona soliq to'lovini to'lash muddatini kechiktirish
huquqini boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo'l qo'yil-
maydi.
Korxona arizada ko'rsatilgan ma’lumotlaming to'g'rili-
gi (haqqoniyligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob
beradi.
To'lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga kor
xona davlat ro'yxatidan o'tkazilgan oyning 1-kunidan bosh
lab bir yilga beriladi.
Misol uchun, agar korxona davlat ro'yxatidan 15- yoki
25-yanvarda o'tkazilgan bo'lsa, mazkur korxonaga soliqni
to'lash muddatini kechiktirish huquqi joriy yilning 1-yan-
varidan keyingi yilning 1-yanvarigacha bo'lgan davrga beri
ladi.
Korxonaning xohishiga ko'ra soliqni to'lash muddatini
kechiktirish huquqi uning yozma arizasiga asosan bir yildan
kam bo'lgan muddatga berilishi mumkin. Korxona toiash
muddatini kechiktirish huquqi berilgan davrda boshqa soliq
rejimiga o'tganida, o'tgan paytidan boshlab korxona to'lash
muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo'ladi va unda
qonunga muvofiq soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy
to'lovlami to'lash bo'yicha majburiyatlar vujudga keladi.
To'lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechikti-
rilgan to'lov summasini so'ndirish huquqi berilgan davrda
korxona tugatilsa, to'lash muddati kechiktirilgan to'lov
summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda to'lanadi.
To'lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga belgilangan tar
tibda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar
yagona soliq to'lovining hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda
korxona yagona soliq to'lovi hisob-kitobining o'ngdagi
yuqori burchagiga «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
ning 2005-yil 20-iyundagi РҒ-3620-son farmoniga muvofiq
to'lash muddati kechiktirilgan» belgisini qo'yadi.
Agar to'lash muddatini kechiktirish huquqini berish
muddati chorak oxiriga qadar tugasa, ushbu davrlar uchun
yagona soliq to'lovining summasini aniqlash uchun kor
xona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq to'lovi
hisob-kitobining belgilangan shakli bo'yicha yagona soliq
to'lovi bo'yicha ma’lumotnoma — hisob-kitobni taqdim
etadi.
Misol uchun, agar to'lash muddatini kechiktirish
huquqining muddati 1-iyunda tugasa, korxona tuman (sha
har) davlat soliq inspeksiyasiga aprel va may oylari uchun
yagona soliq to'lovining ma’lumotnoma — hisob-kitobini
taqdim etadi, iyun oyi uchun yagona soliq to'lovining
hisob-kitobi esa 25 iyulga qadar taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: