Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Umumdavlat  va  mahalliy 

soliqlar  hamda  boshqa 

majburiy to'lovlar

Iqtisodiy  adabiyotlarda  yuridik 

va  jismoniy  shaxslardan  olinadi­

gan  soliqlar  va  boshqa  majburiy 

to‘lovlaming  yig‘indisi  soliqlar



•   budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasiga  majburiy 

to‘lovlar;

8)  Respublika  yo‘l jamg‘armasiga  majburiy  to‘lovlar:

•  Respublika  yo‘l jamg‘armasiga  majburiy  ajratmalar;

•  Respublika  yo‘l jamg‘armasiga  yig‘imlar;

9)  davlat  boji;

10)  bojxona  to‘lovlari.

Soliq  solishning  soddalashtirilgan  tartibida  to'lanadigan 

umumdavlat soliqlari:

11)  yagona  soliq  to‘lovi;

12) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turiari bo'yicha  qat’i 

belgilangan  soliq.

Mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  toMovlarga  quyi- 

dagilar  kiradi:

1)  mol-mulk  solig‘i;

2)  yer  solig‘i;

3)  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlan­

tirish  solig'i;

4)  jismoniy  shaxslardan  transport  vositalariga  benzin, 

dizel  yoqilg‘isi  va  gaz  ishlatganlik  uchun olinadigan  soliq;

5)  ayrim  turdagi  tovariar  bilan  chakana  savdo  qilish  va 

ayrim  turdagi  xizmatlami  ko‘rsatish  huquqi  uchun  yig‘im;

6)  yagona  yer solig‘i  (soddalashtirilgan  tartibdagi soliq).

Mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  to'lov-

chisi  bo‘lib  0 ‘zbekiston  Respublikasi  soliq  qonunchiligi 

hujjatlariga  muvofiq,  mulkchilik shaklidan  qat’i  nazar yuri­

dik  va jismoniy  shaxslar  hisoblanadi.

Mol-mulk  solig‘i  va  yer solig'i  0 ‘zbekiston  Respublika- 

sining  qonun  hujjatlariga  binoan  joriy  etiladi  va  uning 

butun  hududida  undiriladi.

Ushbu  soliqlar stavkalarining  miqdori  0 ‘zbekiston  Res­

publikasi  Prezidenti  qarori  asosida  belgilanadi.

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlan­

tirish  solig‘i,  jismoniy  shaxslardan  transport  vositalari 

uchun benzin,  dizel  yoqilg‘isi va gaz  ishlatganlik uchun  oli­

nadigan  soliq,  ayrim  turdagi  tovariar  bilan  chakana  savdo 

qilish  va  ayrim turdagi xizmatlami  ko‘rsatish  huquqi  uchun 

yig‘imlar  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  davlat  hokimiyati 

organlari,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  xalq  deputatlari 

kengashlari  tomonidan  joriy  etiladi.  Ushbu  soliqlar  va 

yig‘imlar  stavkalarining  eng  yuqori  miqdorlari  0 ‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  qarori  asosida  belgilanadi.




0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  0 ‘zbe- 

kiston  Respublikasining  butun  hududida  ayrim  mahalliy 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to'lovlami  umumiy,  qat’i 

stavkalarda  belgilashi  mumkin.

Mahalliy soliqlar va boshqa  majburiy to'lovlar stavkalari 

soliq  toMovchilarga  Moliya  vazirligi,  Davlat  soliq  qo‘mitasi 

va  uning  quyi  organlari  tomonidan  belgilangan  tartibda 

yetkaziladi.

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlan­

tirish  solig‘i,  jismoniy  shaxslardan  transport  vositalari 

uchun  benzin,  dizel yoqilg'isi va gaz  ishlatganlik uchun oli­

nadigan  soliq,  ayrim  turdagi  tovariar  bilan  chakana  savdo 

qilish va  ayrim turdagi  xizmatlami  ko‘rsatish  huquqi  uchun 

yig‘imlaming  miqdorlari,  ularni  undirish  tartibi,  ular bo‘yi- 

cha  qo‘shimcha  imtiyozlar  taqdim  etish  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  davlat  hokimiyati  organlari  va  viloyatlar 

hamda  Toshkent  shahar xalq  deputatlari  kengashlari  tomo­

nidan  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  belgilanadi.

Yuridik  shaxslar  tomonidan  budjet  bilan  hisob-kitoblar 

hisobi  budjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarzlar  hisobi  hisob- 

varaqlarida  mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar 

har bir  turi  bo‘yicha  yuritiladi.

Mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlaming  o‘z 

vaqtida  to‘lanishi,  mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy 

to‘lovlar  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  qilinishi 

uchun  javobgarlik  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlami 

to‘lovchilar  zimmasiga  yuklanadi.

Mahalliy  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlami  to‘lani- 

shining  tasdig'i  bo'lib  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

bank  muassasasi  yoki  vakolatli  organ  bergan  hujjat  hisob­

lanadi.

Soliqlaming  umumdavlat  (respublika)  va  mahalliy 

soliqlarga  bo‘linishi  hukumat  idoralarining  respublika 

hukumati  va  mahalliy hukumatlarga bo‘linishi  asosida  kelib 

chiqadi.  Har bir hokimiyat idoralari  o‘zlarining bajaradigan 

muhim  vazifalaridan  kelib  chiqib,  o‘z  budjetiga  va  uni 

ta’minlaydigan  soliqlarga  va  boshqa  majburiy  toMovlarga 

ega  bo‘lishi  kerak.  Respublika  hukumati  umumdavlat 

miqyosida  katta  vazifalami,  jumladan,  sog'liqni  saqlash, 

maorif,  fan,  mudofaa,  xavfsizlikni  saqlash,  aholini  ijtimoiy 

himoyasini tashkil  etish va boshqa bir qator shu kabi strate- 

gik vazifalami bajaradi.  Shuning  uchun  uning budjeti  ham,




soliqlari  ham salmoqli bo‘lishni talab etadi.  Qo‘shilgan qiy­

mat  solig‘i,  aksiz  solig‘i,  yuridik  shaxslaming  foydasidan 

olinadigan  soliq,  yer  qa’ridan  foydalanuvchilar  uchun 

soliqlar  va  maxsus to‘lovlar,  suv  resurslaridan  foydalangan- 

lik  uchun  soliq,  jismoniy  shaxslar  daromadidan  olingan 

soliqlar  respublika  budjetiga  tushadi.  Umumdavlat  soliq- 

larining  muhim  xususiyati  shundaki,  respublika  budjetiga 

tushadigan  soliqlardan  mahalliy  budjetlami  boshqarib  bo- 

rish  uchun  ajratma  sifatida  tushishi  mumkin.  Bordi-yu, 

ajratma yetmasa subvensiya yoki subsidiya beriladi.  Umum­

davlat  va  mahalliy  soliqlar  yagona  mohiyatga  ega  bo‘lib, 

ular  budjetga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  toMovlar  hisobla­

nadi.

Mahalliy  soliqlar  hukumatlar  bajaradigan  vazifalariga 



qarab  belgilanib,  ularga  doimiy  va  to'liq  biriktirib  beriladi. 

Mahalliy  hokimiyat  organlari,  asosan,  fuqarolarga  yaqin 

bo'lganligidan  ularga  ijtimoiy  masalalami, jumladan,  mak­

tab,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat,  maorif,  shahar  va  qish- 

loqlar  obodonchiligi  kabi  vazifalami  bajaradi.  Lekin  bu 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  ulaming  budjet  xara- 

jatlarining  30—40  foizini  qoplaydi,  xolos.

Shuning  uchun  ham  mahalliy  budjetlar  daromadlarini 

ko'paytirish  eng  dolzarb  masalalardan  hisoblanadi.  Mahal­

liy  soliqlaming  muhim  xususiyati  shundaki,  ular  faqat  shu 

hududning budjetiga  tushadi  va  ulardan  boshqa  budjetlarga 

ajratmalar berilmaydi.

Mahalliy  budjetlarning  soliq  va  boshqa  majburiy 

to‘lovlari  kam  bo‘lganligidan  bu  budjetlarning  daromadlar 

va  xarajatlarini  barqarorlashtirish  (balanslashtirish)  ancha 

murakkabdir.  Bu  masalani  yechishda  umumdavlat  soliqla- 

ridan  ajratmalar  beriladi  (masalan,  qo‘shilgan  qiymat  soli- 

g'idan,  aksiz  solig‘idan  va boshqalar).

0 ‘zbekiston  soliq  tizimida  sod- 

dalashtirilgan  (ixchamlasKtinl- 




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish