Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Yer  solig'i  bo'yicha 

ко ‘ra  soliq  solinmaydigan  yer

imtiyozlar 

uchastkalariga  quyidagi  yerlar

kiradi:

a) jamoa bog'dorchiligi,  uzumchiligi va polizchiligining, 

jamoa garajlarining umumiy  foydalanishdagi  yerlari.  Ularga 

borish yo'llari,  ariqlar,  kollektorlar va umumiy foydalanish­

dagi  boshqa  yerlar  kiradi;

b)  tabiatni  muhofaza  qilish  ahamiyatiga  molik  yerlar 

(davlat  qo'riqxonalari,  milliy  va  dendrologiya  bog'lari,  bo-



tanika  bog'lari,  zakazniklar,  ov  qilishga  mo'ljallanganlari 

bundan  mustasno,  tabiat  yodgorliklari),  korxonalar,  muas- 

sasalar  va  tashkilotlarga  belgilangan  tartibda  maxsus  maq­

sadlar  uchun  berilgan,  ihota  daraxtzorlari  egallagan  yerlar;

d)  tarixiy-madaniy  ahamiyatga  molik  yerlar  (tegishli 

muassasalar va  tashkilotlarga  doimiy foydalanishga berilgan 

tarixiy-madaniy  qo‘riqxonalar,  xotira  bog'lari,  arxeologix  i 

yodgorliklari,  tarix  va  madaniyat  yodgorliklari  egallagn 

yerlar);

e)  suv  fondi  yerlari  (daryolar,  ко'liar,  suv  omborlari, 

kanallar,  dengizlar,  muzliklar,  botqoqliklar,  gidrotexnika va 

boshqa  suv  xo‘jaligi  inshootlari  egallagan  yerlar,  shuning­

dek,  suv  havzalari  sohilidagi  suv  xo'jaligi  ehtiyojlari  uchun 

korxonalar,  muassasalar va tashkilotlarga belgilangan  tartib­

da  berilgan  yerlar);

0  elektr  uzatish  liniyalari,  podstansiyalar,  umumdavlat 

aloqa  liniyalari  va  ulaming  inshootlari  egallagan  yerlar.

g)  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo'llari  va  ular- 

ning  inshootlari  egallagan  yerlar.  Umumiy  foydalanishdagi 

avtomobil  yo'llariga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hukumati 

tomonidan  belgilangan  tartibda  ulaming  indekslari  va  tar- 

tib  raqamlarini  ko'rsatgan  holda  tegishli  ro'yxatlarga  kiritil­

gan  avtomobil  yo'llari  taalluqlidir.

Avtomobil  yo‘llarining  inshootlariga  ko‘priklar,  yo‘l 

chetidagi  ariqlar,  yon  tomondagi  zaxira  yerlar,  ko‘tarma 

ortidagi  ariqlar  va  ko‘tarmalar,  tog'dagi  suv  ajratish  kanal- 

lari,  avtobus bekatlari,  tushishlar,  traktor yoilari,  piyodalar 

va  velosiped  yo'laklari,  o‘pirilish,  sel,  ko'chkiga  qarshi  va 

avtomobil  yo'llari  uchun  ajratilgan  yerlarda  joylashtirilgan 

boshqa  himoya  inshootlari  kiradi;

h)  temiryo'llarning  umumiy  tarmog'i  va  ulaming  in­

shootlari  egallagan  yerlar.

Sanoat  va  boshqa  korxonalarga  o'tkazilgan  temiryo'llar 

egallagan  yerlar  uchun  soliq  belgilangan  tartibda  to'lanadi.

Temiryo'llarning  inshootlari  tarkibiga  zaxiralar,  tuproq- 

tepalar,  yo'ldagi  suv ajratish,  mustahkamlash  va tutib  turish 

inshootlari,  yo'llar  bo'ylab  qordan  himoyalash  va  qumni 

mustahkamlash  polosalari,  tortish  podstansiyalari,  tunnellar 

va  shu  singari  sun’iy  inshootlar,  yo'l  qurilmalari  kiradi;

i)  umumiy  foydalanishdagi  shahar  elektr  transporti 

yo'llari  va  metropoliten  liniyalari  (shu jumladan,  metropo- 

liten bekatlari egallagan  yerlar)  va ulaming  inshootlari  egal-




lagan  yerlar.  Mazkur  imtiyoz  tramvay  yo'llari  va  trolleybus 

liniyalari,  metropoliten  liniyalari,  tramvay  va  trolleybus 

bekatlari,  shu  jumladan,  dispetcherlik  punktlari,  metropo­

liten bekatlari va shahar elektr transporti yo'llaridagi boshqa 

inshootlar  egallagan  yerlarga  tatbiq  etiladi.  Ma’muriy  va 

boshqa  yordamchi  binolar,  depolar  (depo  hududida  joy­

lashgan  elektr  transporti  yo‘llari  va  metropoliten  liniyalari 

egallagan  yerlardan  tashqari),  qurilish va ta’mirlash  obyekt - 

lari  egallagan  yerlar  uchun  soliq  belgilangan  tartibda  to'la­

nadi;


j)  sport  inshootlari,  stadionlar,  sport  maydonchalari, 

suzish  havzalari,  sportning  texnik  turiari  obyektlari  va 

boshqa  jismoniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  komplekslari, 

onalar va bolalarning dam  olish va sog'lomlashtirish joylari, 

sanatoriy-kurort  muassasalari  va  dam  olish  uylari,  o'quv- 

mashq  bazalari  egallagan  yerlar;

k)  magistral  suv  quvurlari,  magistral  kanalizatsiya 

kollektorlari  va  ulaming  inshootlari,  suv  olish  va  tozalash 

inshootlari,  shuningdek,  suv  ta’minoti  va  kanalizatsiyaga 

tegishli  boshqa  obyektlar egallagan  yerlar.  Suv  ta’minoti  va 

kanalizatsiyaga  tegishli  boshqa  obyektlar  tarkibiga  aholi 

punktlarida  suv  quvuri  va  kanalizatsiya  tarmog'idagi  nasos 

stansiyalari,  kuzatish  quduqlari va dyukerlar,  suv  minoralari 

va  shu  singari  inshootlar  kiradi;

1) 

magistral gaz va  neft quvurlari  va  ularning  inshootlari 



egallagan  yerlar;

m)  magistral  issiqlik  trassalari  va  ulaming  inshootlari 

egallagan  yerlar.  Issiqlik  trassalarining  inshootlariga  nasos 

stansiyalari,  issiqlikni  hisobga  olish  va  nazorat  qilish 

asboblari,  isitkichlar,  issiq  suv  ta’minotining  sirkulyatsiya 

nasoslari  kiradi;

n)  samolyotlaming  uchish-qo'nish  maydonlari,  shu 

jumladan,  ulami  yerda  boshqarish  yo'laklari  va  to'xtash 

joylari,  fuqaro  aviatsiyasi  aeroportlarining  radionavigatsiya 

va  elektr-yoritish  uskunalari joylashgan  yerlar;

o) 

O'zbekiston  Respublikasining  Investitsiya  dasturiga 



kiritilgan  obyektlar  qurilishi  uchun  ajratilgan  yerlar  — 

qurilishning  me’yoriy  muddati  davriga,  shuningdek,  Vazir­

lar  Mahkamasining  qarori  bilan  qurilish  ishlari  to'xtatib 

qo'yilgan  obyektlar  egallagan  yerlar.  Investitsiya  dasturiga 

kiritilgan  obyektlar  qurilishining  me’yoriy  muddati  tuga- 

gach,  shuningdek,  to'xtatib  qo'yilgan  obyektlami  qurish




davom  etilgan  yoki  ular  faoliyat  ko‘rsata  boshlagan  hollar­

da  yer  solig'i  qurilishning  me’yoriy  muddati  tugashidan 

yoki  obyekt  qurilishi  yoxud  undan  foydalanish  boshlan- 

ganidan  keyingi  oydan  boshlab  to'lana  boshlaydi.

Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  obyektlar  qurilishiga 

ajratilgan  yer  uchastkalariga  soliq  solinmaydi.  Agar  Inves­

titsiya  dasturiga  ko'ra  korxona,  uning  alohida  sexlarini 

ta’mirlash yoki  qayta jihozlash nazarda tutilgan bo'lsa, bun­

day  hollarda  mazkur  imtiyoz  qo'llanmaydi;

p)  gidrometeorologiya  va  gidrogeologiya  stansiyalari 

hamda  postlari  egallagan  yerlar;

q)  ilmiy  tashkilotlarning  qishloq  xo'jaligi  ahamiyatiga 

molik  va  o'rmon  fondidagi  yerlari,  qishloq  xo'jaligi  va 

o'rmon  xo'jaligi  sohasidagi  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlari 

hamda  o'quv  yurtlariga  qarashli  tajriba,  eksperimental  va 

o'quv-tajriba  xo'jaliklarining  bevosita  ilmiy  va  o'quv 

maqsadlari  uchun  foydalaniladigan  yerlari.  Ilmiy  tajribalar, 

eksperimental  ishlar,  yangi  navlar  seleksiyasini  amalga 

oshirish  hamda  mavzu doirasi  tasdiqlangan  boshqa  ilmiy va 

o'quv  maqsadlari  uchun  foydalaniladigan  ekinlar  va 

ko'chatlar  egallagan  yer  uchastkalari  soliq  to'lashdan  ozod 

etiladi;


r)  yangi  o'zlashtirilayotgan  yerlar va  meliorativ  holatini 

yaxshilash  ishlari  olib  borilayotgan  sug'oriladigan  yerlar  — 

loyihada  nazarda  tutilgan  muddatga,  lekin  ishlar  bosh- 

langanidan  e’tiboran  ko'pi  bilan  besh  yilga;

s)  rekreatsion  ahamiyatga  molik  yerlar  (aholining 

ommaviy dam  olishi va turizmni  tashkil  etish  uchun  tegish­

li  muassasalarga  berilgan  yerlar:  o'rmon  bog'lari,  bog'lar, 

xiyobonlar,  plyajlar  va  hokazolar).

Bunda  muassasa  deganda  mulkdor  tomonidan  boshqa­

rish,  ijtimoiy-madaniy  yoki  notijorat  tusidagi  boshqa  funk- 

siyalami  bajarish  uchun  tashkil  etilgan  holda  u  tomoni­

dan  to'liq  yoki  qisman  moliyalanadigan  tashkilot  tan  oli- 

nadi;

t)  sog'lomlashtirish  ahamiyatiga  molik  yerlar  (kasallik- 



larning  oldini  olish  va  odamlami  davolash  ishini  tashkil 

etish  uchun  qulay  tabiiy  omillarga  ega  bo'lgan  yerlar);

u)  qishloq  xo'jalik  va  o'rmon  xo'jaligi  korxonalari 

hamda  tashkilotlarining  o'rmonlar  va  ihotazorlar,  ta’lim, 

madaniyat  va  sog'liqni  saqlash  obyektlari,  shuningdek, 

sport  inshootlari  egallagan  yerlari;




v)  qishloq  xo'jalik  korxonalarining  yangi  o'tqazilgan 

bog*  va  uzumzorlari  —  ular  meva  qilish  davriga  kirishi- 

gacha,  qishloq  xo'jalik  ekinlari  ekish  uchun  qator  oralari- 

dan  foydalanilishidan  qat’i  nazar.

Yangi  tut  ko'chatlari  o'tqazilgan  yer  uchastkalari  — 

qator oralaridan qishloq  xo'jalik ekinlarini  ekish  uchun  foy­

dalanilishidan  qat’i  nazar,  3-yil  muddatga.  Shu  munosabat 

bilan  bahorda  o'tqazilgan  tut  ko'chatlari  soliq  to'lashdan 

uch  yilga  ozod  qilinadi.  bunga  ko'chat  o'tqazilgan  yil  ham 

kiradi.  Kuzda  o'tqazilgan  ko'chatlar  o'tqazilgan  yildan 

keyingi  yildan  boshlab  uch  yilga  soliq  to'lashdan  ozod  qili­

nadi;


x)  soliq  to'lovchining  balansida  bo'lgan  hamda  tad­

birkorlik  faoliyatida  foydalanilmayotgan  fuqarolik  himoyasi 

va  safarbarlik ahamiyatiga  molik  obyektlar egallagan  yerlar. 

Fuqarolik  himoyasi  va  safarbarlik  ahamiyatiga  molik 

obyektlar  egallagan  yerlar  maydoni  haqiqatda  egallagan 

maydondan  kelib  chiqib  qabul  qilinadi.

Agar soliq solinmaydigan yer uchastkasi  maqsadga ko'ra 

foydalanilmasa,  ushbu  maydon  uchun  yer  solig'i  belgilan­

gan  tartibda  to'lanadi.  Bunday  yer  uchastkasidan  qishloq 

xo'jalik  ekinlari  va  ko'chatlami  parvarishlash  uchun  foy- 

dalanilsa,  soliq  qishloq  xo'jaligi  ahamiyatiga  molik  yerlar 

uchun  stavkalar  bo'yicha  to'lanadi.




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish