Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

b S L S v a 's o lJ

0

 

quqi,  egalik  qilish  huquqi,  foy-

stavkalari 

dalanish  huquqi  yoki  ijara  hu­

quqi  asosida  yuridik  shaxslarda 

bo'lgan  yer  uchastkalari  soliq  solish  obyekti  hisoblanadi. 

Soliq  kodeksining  280-moddasiga  ko'ra  quyidagilarga  soliq 

solish  obyekti  sifatida  qaralmaydi:

a)  aholi  punktlarining  umumiy  foydalanishdagi  yer­

lari.  Aholi  punktlarining  umumiy  foydalanishdagi  yerlari 

jumlasiga  maydonlar,  ko'chalar,  tor  ko'chalar,  yo'llar, 

sug'orish  tarmog'i,  sohil  bo'yi  yerlari  va  boshqa  shu  kabi 

yerlar;

b)  aholining  madaniy-maishiy  ehtiyojlarini  qondirish  va 

dam  olishi  uchun  foydalaniladigan  yerlar  (daraxtzorlar, 

bog'lar,  sayilgohlar,  xiyobonlar,  shuningdek,  ariq  tarmoq- 

lari  egallagan  yerlar);

d)  kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar,  chiqindilarni




zararsizlantirish va ulami utilizatsiya qilish joylari va boshqa 

shu  kabi joylar);

e)  zaxira yerlar.

Mavjud  yer uchastkalaridan  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

soliq  solinmaydigan  yer  uchastkalari  maydonlarini  chegirib 

tashlash  orqali  soliq  solinadigan baza  aniqlanadi.

Yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer  solig'i  stavkalari 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  bilan  belgilana­

di  va  soliq  to'lovchilarga  Moliya  vazirligi  hamda  Davlat 

soliq  qo'mitasi va  ulaming  quyi  organlari  tomonidan belgi­

langan  tartibda  yetkaziladi.

Yer  solig'i  stavkalari  jahon  amaliyotida  qabul  qilin- 

ganidek,  yer  qiymatidan  kelib  chiqib  belgilanadi.

O'zbekiston  Respublikasida  yerning  bozor  qiymati 

shakllanmaganligi  sababli,  1  gektar  sug'oriladigan  yerdan 

olinadigan  dehqonchilik  yalpi  mahsulotining  o'rtacha  qiy­

matidan  kelib  chiqib,  uni  shartli  baholash  amalga  oshiri­

ladi.


Jahon  soliq amaliyotida yer solig'i  stavkalari turli  mam­

lakatlarda  turlicha  belgilanadi,  lekin  o'rtacha  olganda  yer 

qiymatining  5  foizidan  oshmaydi.  Soliq  stavkalarini  belgi- 

lashda  tuproq  boniteti  (sifati)  hisobga  olinadi.  Bonitetni 

aniqlashda  tuproqning  genetik  kelib  chiqishi,  mexanik  tar­

kibi,  sho'rlanganlik  darajasi,  tuproq  qatlamining  suv  o'tka- 

za  olishi,  zichligi  kabi  boshqa  tabiiy  xossalari  hisobga  oli­

nadi.  Tuproq  boniteti  100  balli  tizim  bo'yicha  aniqlanadi. 

100  ball  10  ta  klassga  bo'linadi,  ya’ni  1-klass  yerlar  nol 

balldan  10 ballgacha,  2-klass yerlar  11  balldan 20 ballgacha,

3-klass  yerlar  21  balldan  30  ballgacha  va  h.k.  10  klass  yer­

lar 91  balldan  100 ballgacha baholanadi.  Bunda yeming ball 

boniteti  qancha  yuqori  bo'lsa  soliq  stavkasi  ham  shuncha 

yuqori  belgilanadi.

Yerlardan  noqishloq  xo'jalik  maqsadlarida  foydalanadi- 

gan  yuridik  shaxslardan  olinadigan  yer  solig'i  stavkalari 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007-yil  12-de- 

kabrdagi  «O'zbekiston  Respublikasining  2008-yilgi  asosiy 

makroiqtisodiy  ko'rsatkichlari  prognozi  va  davlat  budjeti 

parametrlari  to'g'risida»gi  PQ-744-sonli  qaroriga  asosan 

quyidagicha  guruhlanadi:

1. 


Sug'oriladigan jamoat  qishloq  xo'jaligi  yerlari  uchun 

undiriladigan  yer solig'i  stavkalari.




2.  Lalmi  ekinzorlar,  bo‘z yerlar va  ko‘p  yillik ko‘chatlar 

uchun  undiriladigan  yer  solig'i  stavkalari.

3.  Sug'orilmaydigan  pichanzorlar  va  yaylovlar  uchun 

undiriladigan  yer solig'i  stavkalari.

4.  Qishloq  xo'jaligi  va  o'rmon  xo'jaligida  foydalanil- 

maydigan  boshqa  yerlar  uchun  undiriladigan  yer  solig'i 

stavkalari.

5.  Toshkent  shahrida  yer  uchastkalaridan  foydalangan­

lik  uchun  yer solig'i  stavkalari.

6.  Shahar  va  posyolkalardagi  yer  uchastkalaridan  oli­

nadigan  yer  solig'i  stavkalari.

7.  Qishloq joylarda joylashgan  yer  uchastkalaridan  foy­

dalanganlik  uchun  korxonalar,  muassasalar va  tashkilotlar- 

dan  undiriladigan  yer  solig'i  stavkalari.

8.  Qishloq joylarda joylashgan  yer  uchastkalaridan  foy­

dalanganlik  uchun  fuqarolardan  undiriladigan  yer  solig'i 

stavkalari.

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining qaroridan kelib 

chiqib,  mahalliy  hokimiyat  idoralari  ham  o'zlarining  hudu­

diy  territoriyasiga  qarab  qaror  chiqarishadi  va  unda  tegishli 

koeffitsientlar  hisobga  olinadi.

Qishloq  xo'jalik  yerlarining  sifati  yer  uchastkasi  mulk- 

dori,  yer  egasi  yoki  yerdan  foydalanuvchining  aybi  bilan 

yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan)  taqdirda,  yer solig'i 

yeming  sifati  yomonlashuviga  qadar  belgilangan  stavkalar 

bo'yicha  undiriladi.

Shaharlar  va  shahar  qo'rg'onlarining  ma’muriy  chega- 

ralarida joylashgan  qishloq  xo'jalik  ahamiyatiga  molik  yer­

lar  uchun  yer  solig'i  qishloq  xo'jalik  yerlariga  belgilangan 

stavkalarning  ikki  baravari  miqdorida  undiriladi.

Yuridik  shaxslar  foydalanadigan  (shu  jumladan,  yer 

solig'ini  to'lashdan  ozod  etilgan),  davlat  hokimiyati  organ­

lari  tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha  yer 

uchastkalari  uchun  yer  solig'i  yuridik  shaxslar  uchun  2,0 

koeffitsientini  qo'llagan  holda  to'lanadi.  Davlat  hokimiyati 

organlari tomonidan  ajratilgan  maydonlardan  ortiqcha  foy­

dalaniladigan  yerlar  uchun  yuqorida  ko'rsatilgan  koeffi- 

tsientni  qo'llagan  holda  yer  solig'i  to'lanmagan  taqdirda 

soliq  to'lovchilarga  nisbatan  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

moliyaviy jazo  choralari  qo'llanadi.

Ma’muriy  va  sanoat  markazlariga  nisbatan  olganda  yer 

uchastkalarining joylashish joyiga bog'liq  holda qishloq joy-




lari uchun belgilangan yer solig'i stavkalariga quyidagi  koef- 

fitsientlar qo'llanadi:

—  Toshkent  shahri  atrofida  20  km  lik  aylanada  —  1,30;

—  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  poytaxti  va  viloyat 

markazlari  atrofida  15  km  lik  aylanada  —  1,20;

—  tuman  markazlari  atrofida  10  km  lik  aylanada  — 

1,15;

—  boshqa  shaharlar  atrofida  5  km  lik  aylanada  —  1,10.



Yer  uchastkalarigacha  masofa  shaharlar  va  tuman

markazlarining  ma’muriy chegaralaridan boshlab  avtomobil 

yo'llari  bo'ylab  belgilanadi.  Yer  uchastkasi  ikki  shahar 

yaqinida  joylashgan  taqdirda  shahaming  yuqoriroq  funk- 

sional  vazifasiga  muvofiq  keladigan  koeffitsient  qabul  qili­

nadi.


Bir  qishloq  aholi  punkti  doirasida  yagona  stavkalami 

belgilash  maqsadida  soliq  to'lovchilarga  berilgan  yerlar, 

yerlarning  qanday  qismi  ushbu  zonaga  kirishiga  bog'liq 

holda,  butunlay  shahar  atrofi  zonasiga  kiritiladi  yoki  ushbu 

zonadan  butunlay  chiqariladi.

Dehqon xo'jaliklaridan  undiriladigan yer solig'ini  hisob­

lab  chiqarish  chog'ida  yer  solig'i  stavkalariga,  yer  sifatiga 

bog'liq  holda  quyidagi  koeffitsientlar  qo'llaniladi:

—  tuproq  boniteti  40  ballgacha  bo'lsa  —  0,75;

—  tuproq  boniteti  41  dan  70  ballgacha  bo'lsa  —  1,0;

—  tuproq  boniteti  70  balldan  ortiq  bo'lsa  —  1,25.

Shahar  va  qo'rg'onlaming  ma’muriy  chegaralarida joy­

lashgan  kon  va  karyerlar  band  etgan  yerlar  uchun  soliq 

korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  uchun  belgilangan 

stavkalarga  0,1  koeffitsientini  qo'llagan  holda  to'lanadi.

O'rmon  xo'jaliklarida  mollami  o'tlatish  uchun  foy- 

dalanilmaydigan yaylov  yerlar uchun  yer solig'i  boshqa yer­

lar uchun  stavkalar  bo'yicha  to'lanadi.



Soliq  kodeksining  282-moddasiga 


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish