10 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son
ning tarkibiy bo'linmalari hisoblangan korxonalar uchun
sotishning umumiy hajmida o‘zi ishlab chiqargan mahsulot
(ish, xizmatlar)ning eksportdagi ulushiga bog‘liq holda
mol-mulk solig'ining tabaqalashtirilgan stavkalari belgilan
gan.
Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga berilgan im
tiyoz savdo-vositachi korxonalarga, shuningdek, erkin
almashtiriladigan valutaga xomashyo tovarlari — paxta
tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kon-
densati, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab
chiqarish korxonalariga tatbiq etilmaydi.
Soliq stavkasi mol-mulkning qayta baholash natijasida-
gi qoldiq narxiga qo'llaniladi. Qayta baholash maqsadida
korxonalaming asosiy vositalari deganda quyidagilar tushu
niladi:
— o'zining asosiy vositalari;
— o'matiladigan uskunalar;
— tugallanmagan qurilish obyektlari;
— uzoq muddatga ijaraga olinadigan, shu jumladan,
uzoq muddatli lizing bo'yicha olingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalar qiymati har yili 1-fevralga qadar asosiy
vositalarning 1-yanvar holatiga qarab qayta baholanadi.
Qayta baholash chog'ida korxona mutaxassis ekspertlarini
jalb qiladi.
Yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish obyektlarining
qiymati qayta baholanmaydi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko'ra quyidagi yuridik
shaxslaming mol-mulkiga soliq solinmaydi:
a)
notijorat tashkilotlaming mol-mulkiga (tadbirkorlik
faoliyati uchun foydalaniladigan mol-mulkdan tashqari).
Soliqqa tortish maqsadida notijorat tashkilotlar deganda
quyidagilar tushuniladi:
• faqat davlat budjeti mablag'lari hisobiga moliya-
lanadigan, tasdiqlangan smetalar doirasida xarajatlarni qop-
lashga budjetdan dotatsiyalar oladigan korxonalar, muassa-
salar va tashkilotlar;
• xayriya birlashmalar, uyushmalar va jamg'armalar,
xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashki
lotlar:
1)
ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlar uchun barpo
etilgan, tadbirkorlik faoliyati uchun daromad olishni ko'z-
lamasligi ta’sis hujjatlarida qayd etilganlari;
2)
moliyaviy va boshqa mablag‘larni mazkur tashkilot-
ning xodimlari, muassislari yoki a’zolarining shaxsiy man-
faatlari uchun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydigan-
lari (mehnat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
taqdirlashlardan tashqari);
b)
xalq ta’limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan mol-mulkka;
d) uy-joy-kommunal xo'jaligi va boshqa umumfuqa-
roviy ahamiyatga molik shahar xo'jaligining mol-mulkiga;
e) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy»
jamg'armasi va «O'zbekiston chernobilchilari» uyushmasi-
ning mulkida bo'lgan, ishlovchilari umumiy sonining kami
da ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar-
ning mol-mulkiga;
f) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslaming mol-mulki
ga, ro'yxatdan o'tgan paytidan e’tiboran ikki yil mobayni
da. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kor
xonalar, ulaming filiallari va tarkibiy bo'linmalarining
ishlab chiqarish quwatlari va asosiy fondlari negizida tash
kil etilgan korxonalarga, shuningdek, korxonalar huzurida
tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana
shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ish-
layotgan bo'lsalar, qo'llanilmaydi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va ma
halliy hokimiyat organlari tomonidan (o'z hududida mol-
mulk joylashgan soliq to'lovchilarga nisbatan) yuridik
shaxslarga qo'shimcha imtiyozlar berilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: