TURDI, TURDIY (ASL ISMI VA TAXALLUSI; FORS-TOJIK
SHEʼRLARIDAGI TAXALLUSI ESA FAROGʻIY) (17-ASR, BUXORO
— TAXMINAN 1699/1700, XOʻJAND) — SHOIR.
▪
Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning
amaldorlaridan, yuz urugʻining koʻzga koʻringan siyosiy arboblaridan
boʻlgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan
uzoqlashtirilgan.Ashtarxoniylarga qarshi 1685—86 yillarda koʻtarilgan xalq
qo’zg’o’lonida faol ishtirok etgan. Qo’zg’o’lon bostirilgach, T. Jizzax, soʻng
Xoʻjandga borib, muhtojlik va uzluksiz maʼnaviy tushkunlikda kun
kechirgan. T. Oʻzbek va fors tillarini yaxshi bilgan. «Dar mazammati
sipohigari» sheʼrida oʻzining asosiy kasbkori sipohiylik (harbiylik)
boʻlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tamaʼ qilib, shohlarga
xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus
bilan maʼlum qilgan.
MEROSI
▪
Turdiy ning adabiy merosi 18 sheʼrdan iborat boʻlib,
ulardan 12 tasi gʻazal, 5 tasi muxammas va bittasi
fard janriga oid. 434 misra hajmidagi bu merosning
165 misrasi Subhonqulixon haqidagi mashhur
hajviyani tashkil etgan
▪
(«Subhonqulixon toʻgʻrisida hajviya», 1691).
G’AZALLARI
▪
Turdiy gʻazallarining aksariyati hali hech kim qalamga olmagan,
oʻtkir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mavzularga
bagʻishlangan. Ayniqsa, shoirning:Tor koʻngullik beklar, manman
demang , kenglik qiling ,Toʻqson ikki bovli oʻzbek yurtidur, tenglik
qiling …matlai bilan boshlanadigan gʻazalida yurtni
boshqarayotgan beklarga murojaat qilib, ularni keng feʼlli, oʻzaro
ittifoq boʻlishga, bir-birini urugʻchilik belgilariga qarab
kamsitmaslikka chaqirish uning oʻz davridagi yuksak fikrli,
vatanparvar va haqiqiy insonparvar kishi boʻlganligidan dalolat
beradi.
FAKTLAR
▪
T. Ijodi hayotiy faktlarga, teran mulohazalarga
boyligi va uslubining realistik xarakteri bilan oʻzbek
adabiyoti rivojiga samarali taʼsir qilgan. Maxmur,
Gulxaniy kabi satirik shoirlar ijodining
shakllanishida muhim bosqich boʻlgan. A. Majidiy
tomonidan topilgan va 1924—25 yillarda nashr
etilgan sheʼrlar qoʻlyozmasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti
fondida saqlanadi
«BURUN» RADIFI BILAN YOZILGAN TURKIY
MUXAMMASIDA SHUNDAY BAYON ETGAN :
▪
Lobaqodur qalbiy, qalbing bogʻlama iqbolinga,
▪
▪
Boʻlma gʻarra oriyat dunyovu mulku molinga,
▪
▪
Yod etib goʻru qiyomat, yigʻla doim holinga,
▪
▪
Bur nazar mo-u manidin, yonib oʻz ahvolinga,
▪
▪
Ibrat ila boq, koʻzung tufroqqa toʻlmasdan
burun.
RUSTAMXONOV SHAMSIDDIN
AVTO 01-20
▪
Ahli davlatlar bilan yoru harif, hamdush edim,
▪
▪
Hoyu huyi bazmlarda shahd noʻshonoʻsh edim,
▪
▪
Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarxush edim…
TURDI TAXMINAN XVII ASRNING 40-YILLARIDA TUGʻILIB, BUXORODAGI
ASHTARXONIY HUKMDORLARDAN NODIR MUHAMMAD VA UNING
OʻGʻILLARI – ABDULAZIZXON HAMDA SUBHONQULIXONLAR DAVRIDA
FAOLIYAT KOʻRSATGAN. U BIR SHEʼRIDA OʻZ OʻGMISHINI ESLAB: