Djafarova Nigina Alisherovna “turizmda statistik ma’lumotlarni yig’ish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yo’llari”



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/66
Sana30.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#194409
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
turizmda statistik malumotlarni yigish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yollari

Statistik toʻplam deganda ma’lum bogʻlanishda bir xil sifat xususiyatlarga 
ega  boʻlgan  birliklar  yigʻindisi  tushuniladi.  Bunga  yoʻnalishi  bir  xil  boʻlgan 
shirkat xoʻjaliklari toʻplami misol boʻla oladi. Statistik toʻplamdan, statistik yoki 
statistik  koʻrsatkichlar  tizimini  farq  qilmoq  kerak.  Statistik  koʻrsatkich  deb  u 
yoki bu hodisani raqamlar yordamida ifodalovchi miqdorlarga aytiladi.  
Koʻrsatkichlar  tizimi  deb  oʻzaro  bogʻliq  hodisa  va  jarayonlarni  bir 
butunligicha  umumlashtirib,  tavsiflovchi  yaxlit  tizimga  aytiladi.  Aholi,  milliy 
boylik, yalpi ichki mahsulot kabi qator koʻrsatkichlar tizimiga misol boʻla oladi. 
Statistika fani mustaqil fan sifatida oʻzining predmeti bilan bir qatorda maxsus 
usuliga  ham  ega.  Tabiat  va  jamiyatda  sodir  boʻladigan  ijtimoiy  hodisalarni  bilish, 
tadqiq  etish  va  borliqni  oʻrganishga  yondashish  usuli  statistikaning  uslubi  (metodi) 
deb ataladi. Hamma fanlar, shu jumladan, statistika fani uchun ham umumiy uslub 
dialektik uslub hisoblanadi. 
Dialektik  uslubning  mohiyati  shundan  iboratki,  u  tabiat  va  jamiyatda  sodir 
boʻladigan  ijtimoiy  hodisalarni  oʻzaro  bogʻlanishda,  rivojlanishda, taraqqiyotda 
deb bilishni taqozo etadi. Ushbu hodisalar bir-biri bilan uzviy bogʻlanib, oʻzaro 
ta’sir kuchida  boʻladi,  natijada  oʻzgarish sodir  boʻladi.  Ushbu  harakat  tinimsiz 
davom  etadi.  Masalan,  odam  tabiat  bilan  moddiy  ne’matlar  ishlab  chiqarish 
orqali  bogʻlangan.  Bu  bogʻlanish  negizida  inson  mehnati  yotadi.  Mehnat 
jarayonida  insonlarning  oʻzaro  ishlab  chiqarish  munosabatlari  yuzaga  keladi, 
oqibatda shu munosabatlar asosida insonlarning turli xil aloqalari vujudga keladi, 
ya’ni  siyosiy,  huquqiy, mafkuraviy va boshqa aloqalari ham vujudga keladi. Shu-
ning  uchun  oʻrganilayotgan  hodisalarni  kuzatayotganda  ulardagi  tomonlarni 
alohidalikda,  bir-biridan  ajralgan  holda  emas,  balki  ularning  barcha  tomonlarini 


33 
 
birgalikda, oʻzaro bogʻlanishda deb oʻrganishi zarur. Shunday qilinganda ijtimoiy 
hodisalar holati va harakati hamda oʻzgarishiga toʻgʻri baho beriladi va ilmiy asos-
langan xulosalar chiqarish imkoni tugʻiladi. 
Statistika  dialektik  uslubning  qoidalariga  suyangan  holda  oʻz  predmetini 
oʻrganish uchun zarur boʻlgan maxsus xususiy usullarini ishlab chiqqan. Bunday 
usullar qatoriga, ommaviy statistik kuzatish, kuzatish ma’lumotlarini jamlash va 
guruhlash,  turli-tuman  umumlashtiruvchi  koʻrsatkichlarni  hisoblash,  statistik 
ma’lumotlarni jadval, grafiklarda rasmiylashtirish kabilar kiradi. 
Statistika  predmetini  oʻrganishda,  qoʻllaniladigan  har  xil  usullar  toʻplami 
statistika fanining uslubiyati (metodologiyasi) deb ataladi. Statistik tadqiqot ushbu 
usullarning chambarchas oʻzaro bogʻlanishi asosida olib boriladi. 
Statistik  tadqiqot  3  bosqichni  oʻz  ichiga  oladi.  Statistik  tadqiqotning  ilk 
bosqichi  statistik  kuzatish  hisoblanadi.  Statistik  kuzatish  deb  oldindan  ilmiy 
asosda  tuzilgan  dastur  boʻyicha  ijtimoiy  hodisalar  toʻgʻrisidagi  ma’lumotlarni 
toʻplash va ularni qayd qilish jarayoni tushuniladi. 
Statistik  tadqiqotning  ikkinchi  bosqichi  statistik  kuzatish  ma’lumotlarini 
jamlash  va  guruhlash  hisoblanadi.  Bu  bosqichda  statistik  kuzatish  yordamida 
olingan  ma’lumotlar  bir  tizimga  solinadi,  qayta  ishlanadi,  tekshiriladi  va 
guruhlarga boʻlinadi. 
Kuzatilayotgan  hodisani  har  tomonlama  tavsiflovchi  umumlashtiruvchi 
koʻrsatkichlarni  hisoblash  va  ularni  iqtisodiy-statistik  tahlil  qilish  jarayoni 
statistik  tadqiqotning  uchinchi  va  oxirgi  bosqichi  hisoblanadi.  Bu  bosqichda 
ijtimoiy  hodisalarning  oʻzaro  bogʻliqligi  va  qonuniyatlari  tahlil  qilinadi,  ilmiy 
asoslangan xulosalar chiqariladi.[34, 8-9] 
Statistika  ijtimoiy  hayotda  muhim  oʻrinni  egallaydi,  shuning  uchun  uni 
toʻgʻri  tashkil  qilmasdan  turib,  mamlakat  istiqbolini  aniq  va  toʻgʻri  belgilab 
boʻlmaydi. 
Respublika hukumati  shu nuqtayi  nazardan  statistikani tashkil etish  va  uni 
rivojlantirish  masalasiga  katta  e’tibor  berib  kelmoqda.  Sobiq  Ittifoq  davrida 
mavjud  boʻlgan  statistika  mamlakatimiz  mustaqilligi  davrida  birinchi  marta 


34 
 
1992-yilda  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992-yil  5-avgustdagi 
Farmoni  bilan  statistika  organlari  qaytadan  tashkil qilindi.  Ushbu  farmonga  koʻra 
mamlakatning  istiqbolini  belgilash  qoʻmitasi  bilan  statistika  bosh  boshqarmasi 
birlashtirilib, ularning oʻrniga yagona Istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasi 
tashkil  etildi.  Viloyat,  shahar  va  tumanlarda  ham  ushbu  qoʻmitaning  tegishli 
organlari tashkil qilindi.  
Qoʻmita va uning organlari hukumatni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashda 
oʻz  vazifasini  ma’lum  darajada  muvaffaqiyat  bilan  bajarib  keldi.  Bozor 
munosabatlari  sharoitida  yanada  uning  rolini  koʻtarish  zarurati  tugʻildi.  Bozor 
islohotini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiy boshqarishning bozor uslublarini jo-
riy  etishda  ularning  rolini  yanada  koʻtarish,  xalqaro  norma  va  andozalarga 
muvofiq istiqbolni belgilash va statistikaning yanada samarali ishlashini tashkil 
qilish  maqsadida  ushbu  qoʻmita  va  uning  organlari  Prezidentning  1997-yil  15-
maydagi farmoni bilan qaytadan tashkil qilindi. Istiqbolni belgilash va statistika 
qoʻmitasi  oʻrniga  Makroiqtisodiyot  va  stastistika  vazirligi  tashkil  qilindi.  2002-
yildan boshlab esa bu vazirlik Davlat statistika qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligiga 
boʻlindi. [41] 
Joylardagi qoʻmita organlari ham qayta tashkil qilingan vazirlik organlariga 
aylantirildi.  Qoraqalpogʻiston  Respublikasida  Iqtisodiyot  vazirligi,  viloyatlar  va 
Toshkent shahrida iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari, Respublika shahar va 
tumanlarida iqtisodiyot va statistika boʻlinmalari tashkil qilindi. Hozirgi paytda vilo-
yatlarda  iqtisodiyot  va  statistika  bosh  boshqarmasi  qoshida  statistika  boshqarmasi, 
shahar  va  tumanlarda  iqtisodiyot  va  statistika  boʻlinmasi  tarkibida  statistika  va 
hisoblash ishlari markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 
Korxona va tashkilotlarda, idora va vazirliklarda statistika bilan shugʻullanuvchi 
boʻlimlar tashkil qilingan. Maxsus statistika boʻlimi boʻlmagan korxona, tashkilot va 
muassasalarda  statistika  masalalari  bilan  shugʻullanish  vazifasi  iqtisod  boʻlimiga 
yoki  buxgalteriya  boʻlimiga  yuklatilgan.  Demak,  bunday  korxonalarda  statistika 
ishini bosh buxgalter yoki bosh iqtisodchi tashkil qiladi. 
Korxona  va  tashkilotlarda,  idora  va  vazirliklarda  tashkil  qilingan  statistika 


35 
 
ma’muriy statistika deb ataladi. 
Ma’muriy  statistika  bilan  shugʻullanuvchi  boʻlimlar  ma’muriy  jihatdan 
oʻzlarining yuqori tashkilotlariga (organlariga), metodik jihatdan esa iqtisodiyot va 
statistika va uning joylardagi boshqarma va boʻlimlariga boʻysunadi. 
Iqtisodiyot  vazirligi  va  statistika  qoʻmitasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
Nizom  va  yoʻriqnomalar  talablari  asosida  barcha  statistika  organlari  hamda 
Davlat statistika qoʻmitasi oldida hisobot beruvchi korxona va tashkilotlar, idora 
va vazirliklar ishlashlari shart. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish