Uning yana bir ustunligi mavjud: xuddi o‘sha auditoriyaga bir qancha daqiqa,
masalan 20 daqiqa davomida yoki har bir qatnov vaqti mobaynida ta'sir qilishidir.
Metro vagonida, avtobus yoki trolleybus salonida, jamoat trasportlari bekatida
yo‘lovchilarda reklama matnini o‘qishga yetarlicha vaqt mavjud. Bu kabi hollarda
ma'lum vaqt mobaynida o‘rganish yoki kuzatish uchun kulguli yoki aniq tasvirlarni
qo‘llash katta samara beradi. Bu reklama tashuvchining yana bir ustunligi shuki,
auditoriyaga u davomiy ravishda ta'sir ko‘rsatadi.
Harakat paytida yo‘lovchilar odatda reklama yoki sotib olingan jurnal va
ro‘znomadan boshqa qaerga qarashni, nimani kuzatishni bilmaydilar. Shuning
uchun transport vositalarida joylashtirilgan reklama materialari puxta grafik bilan
bezatilgan va katta matnga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Trasportda reklamani ikki usulda joylashtirish mumkin - salon ichida va
tashkarisida. Ularning har biri o‘z cheklanishlari va samaradorlik resurslariga ega.
Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lganlar reklama ta'siri doirasidan chiqib ketadilar.
Boshqa tomondan esa salondagi reklama mazmunini anchagina ochiq va keng
tarzda namoyon qilish mumkin. Salonda ketayotgan inson telefon yoki manzilni
yozib olish imkoniyatiga ega.
Shuni e'tiborga olish lozimki, ba'zi shriftlar avtotransport harakati paytida juda
qiyin o‘qiladi. Yirik shaharlarda yaxshi ko‘rmaydigan insonlar ham ko‘p,
bekatlarda navbat katta, tig‘iz paytda esa yo‘lovchi trasportlar juda tirband. Xuddi
shuning uchun reklama e'lonlari juda yorqin va aniq bo‘lishi lozim.
Metrodagi reklamaga bo‘lgan talab va taklif yil sayin oshib bormoqda: masalan
1991 yilda metropolitenda barcha reklama turlari uchun 78 shartnoma bo‘lgan
bo‘lsa, 1996 yilga kelib u 1300 dan ortib ketdi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, metrodagi yo‘lovchilarning fikricha 47%
metrodagi axborot juda foydali va ular bu axborotni ko‘proq bo‘lishini xohlaydilar.
Inson har kuni bir xil e'lonni o‘qiyvergandan so‘ng uni yodlab oladi, hatto u hyech
narsa sotib olmasa ham, u uzoq davrgacha tovar yoki xizmatning potensial xaridori
bo‘lib qoladi. Metrodagi yopishtirilgan e'lonlarga ham ma'lum talablar mavjud:
vagonlardagi yorqin yetikerlar salbiy hissiyotlarni, g‘azabni uyg‘otmasligi lozim,
chunki metro baribir yopik maydon ekanligini unutmaslik zarur. Buni
kompaniyalarni tanlashda e'tiborga olish lozim. Xulosa qilib aytganda bizda hanuz
reklamaga daromad manbai sifatida bir tomonlama qarash nuqtai nazaridan voz kechilgani
yuk. Aslida reklamaga daromad manbai, pul topishping oson yo‘li sifatida emas,
san'at, ijod sifatida qarash kuchliroq bo‘lishi lozim. Yurtimizda ham reklamaning ana
shunday qiziq va foydali bo‘lib shakllanishiga shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: