Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/117
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#193968
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
Bog'liq
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.

His  qilish.  Sezish  inson kognitiv  faoliyatining  eng  muhim  elementlaridan biri 
hisoblanadi.  Umumiy  psixologiya  kursidan  bizga  ma'lumki,  sezgi  tufayli  inson 
bosh  miyasida  bizni  o‘rab  turgan  atrof-muhit,  uning  ayrim  predmetlari 
xususiyatlari  to‘g‘risida  hissiyotlar  tug‘yoni  paydo  bo‘ladi  va  o‘ziga  xos 
munosabatlar uyg‘onadi. 
His  qilish-eng  birinchi  bo‘ladigan  jarayon.  Asosiy  his  qilish  organlari  bilan 
birga boshqa sezish organlari ham axborotlarni tasavvur, idrok qilishda muhim rol 
o‘ynaydi.  Ko‘rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta'm  bilish,  qo‘l  bilan  tegib  ko‘rish, 
harakatlanish,  his  qilish,  organik  xususiyatlar,  tebranish,  muvozanatni  his  etish 
kabilar shular jumlasiga kiradi. 
Hissiyot - sezgidan kelib chiqadigan eng asosiy xususiyat. Sezgining absolyut 
va differensial bo‘sag‘alarini anglash bunda juda muhimdir. Absolyut bo‘sag‘ada 
(quyi  va  yuqori)  his  qilish  organlarining  iqtidori  aniqlanadi.  His  qilish  organlari 
(analizatorlari) turli hissiy signallarni qabul qiladi va sezish tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
Differensial  bo‘sag‘a  davrida  signallarni  ajratish  bo‘yicha  ro‘y  beradigan  turli 
omillar  xilma-xilligi  ro‘y  beradi.  Reklama  faoliyatida  ko‘rish,  eshitish,  ta'm 
bilish,harakatlanish,  hidlab  ko‘rish,  sezgi  va  boshqa  organlardan  keng 
foydalaniladi. 
Reklama  axborotini  qabul  kilish  yoki  reklama  mahsulotini  iste'mol  qilishdagi 
sezgilarni  o‘rganish,  tahlil  qilish  muammosi  hozirgi  kunda  eng  aktual 
muammolardan biri bo‘lib turibdi.Reklama qilinayotgan mahsulotni iste'mol qilish 
bilan  odamda  paydo  bo‘lgan  taassurotlar,  sezgilar  darajasi  reklamani  baholash 
qiymatini belgilab beradi. Buning uchun maxsus sub'ektiv shkaladan foydalaniladi. 
Ushbu sub'ektiv shkala qaysi mahsulotning iste'molchi uchun jozibador ekanligini 
belgilab beradi. 
Agarda reklama ta'sirida hosil bo‘lgan sezgilar ilgaridan yaxshi ma'lum bo‘lgan 
taassurotlardan  keskin  ravishda  farq  qilsa,  reklamani  ishlab  chiqaruvchi  ushbu 
mahsulotni  alohida  ajratib  ko‘rsata  olish  baxtiga  muyassar  bo‘ladi  va  bu  bilan 
iste'molchining harid qilish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatgan bo‘ladi. 
Yuqoridagi kabi xolatlarni o‘rganish va tahlil qilish reklama faoliyatidagi eng 
ishonarli va ta'sir qiluvchi omillardan biri bo‘lib qolishi mumkinligi shu darajaga 
borib yetadiki,o‘sha faoliyatning o‘zi reklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
 Masalan,  videoklipda  odamga  tish  yuvish  vositasining  ikki  turini  sinab 
ko‘rishini  tavsiya  qilish  mumkin.  Buning  uchun  reklama  qilinayotgan 
mahsulotning  bir  qator  afzalliklari  ko‘p  xollarda  bo‘rttirilgan  xolda  namoyish 
etiladi. 
Psixologlarning  olib  borgan  izlanishlarni  shuni  ko‘rsatadiki,  namoyish 
etilayotgan  reklama  ta'sirida  kishi  Fexnerning  psixofiziologik  qonuniga  bo‘ysinib 
qolar ekan. Bu qonun xulosasiga ko‘ra qiziqtiruvchi omil miqdori qanchalik ko‘p 
bo‘lsa, kishi o‘z sezgisida shuncha kam  miqdordagi o‘zgarishni sezadi, aksincha, 
bu  stimulning  (qiziqtiruvchi  omilning)  kam  miqdorida  sezgidagi  o‘zgarish 
ko‘payadi. Ushbu qonun talabiga ko‘ra reklama axborotini qabul qilishda intensiv 
ta'sir  xam  katta  ahamiyat  kasb  etmas  ekan.  Jumladan,  qattiq  ovoz,kuchli  ranglar 
jilosi,  matnning  ko‘p  so‘zligi  va  b.q.  xolatlar  shular  jumlasiga  kiradi.  Aksincha, 
intensiv ta'sirlardan ko‘ra, oddiy murojaat katta ta'sir kuchiga ega bo‘lishi mumkin. 



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish