21-modda. Transportdagi va pochta jo‘natmalaridagi reklama. Reklama
transport vositalarida, shu jumladan, metropolitenda faqat ularning egalari yoki
mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati
qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten
bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi
ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan
mustasno.
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma
asosida amalga oshiriladi. (O‘zR 04.04.2006 y. O‘RQ-28-son Qonuni tahriridagi
qism), (Oldingi tahririga qarang)
Do'stlaringiz bilan baham: |