- tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan berilgan subsidiyalar bundan
mustasno);
- da'vo muddati o`tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni
hisobdan chiqarishdan olingan daromad;
- ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning
o`rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar;
- valuta hisob-varaqalaridagi kurs bo`yicha musbat farq;
- favqulodda daromadlar;
- boshqa daromadlar.
Agar o`zaro aloqador korxonalar tijorat va
moliyaviy munosabatlarida
mustaqil yuridik shaxslar o`rtasida qo`llanishi mumkin bo`lgan naodardan farq
qiladigan narxlarni qo`llasalar, Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, narxlarda
vujudga kelgan farqga teng miqdorda daromad surnmasini o`zgartirilishi mumkin.
O`zaro aloqador korxonalar quyidagilardir:
Xorijiy davlatning yuridik shaxslari va ularning O`zbekiston Respublikasida
ro`yxatga olingan yuridik shaxslar hamda ularning O`zbekiston Respublikasidan
tashqarida joylashgan shu'ba korxonalari;
- ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar muassislari bo`lgan, O`zbekiston
Respublikasida ro`yxatga olingan yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarning yuridik
shaxslari.
Soliq solinadigan daromadlarni (foydani) belgilashda jami daromaddan
quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi;
- qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, mol-mulk solig`i, yer solig`i,
yer osti
boyligidan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig`i, suv resurslardan
foydalanganlik uchun soliq, boj to`lovlari;
- banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarning qisqa muddatli
kreditlari bo`yicha foiz to`lovlari summalari, to`lov muddati o`tgan va to'-lov
muddati uzaytirilgan ssudalar bo`yicha foizlar bundan mustasno;
- xodimlarga ish haqi to`lash bo`yicha xarajatlar (banklar, sug`urta
tashkilotlari, videosalonlar, videoko`rsatuv, video va audio yozuv punkflari,
auksionlar, kazino, pul yutuqi qo`yilgan uyin avtomatlari va boshqalar mustasno;
- belgilangan tartibda kiritilgan renta to`lovlarning surnrnasi; ijara haqi (lizing
to`lovi);
asosiy vositalarni ta'mirlash
xarajatlari;
- chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va
ko`rsatilgan xizmatlarning qiymati;
- rnajburiy sug`urta to`lovlari bo`yicha o`tkazilgan qonun xujjatlarga muvofiq
ish haqiga hisoblangan summalar;
- mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq to`lash xarajatlari
summasi;
- qonun hujjatlarga muvofiq normalar bo`yicha xizmat safarlari xarajatlari
summasi;
- qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo`yicha vakillik maqsadlaridagi
xarajatlar summalari;
- reklama xarajatlari;
32
- belgilangan normalar doirasida kadrlar tayyorlash
va ularni qayta tayyorlash
uchun xarajatlar summalari;
- soliq to`lovchi balansidagi so`glikni saqlash obyektlari, qariyalar va
nog`ironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam
olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari xalq ta'limi muassasalari, uy-joy
fondini saqlashga mahalliy davlat hokimiyat organlari tasdiqlangan normativlaiga
muvofiq
keladigan xarajatlar summalari, shuningdek, soliq to`lovchilar sanab
o`tilgan muassasalarni saqlashda ulush qo`shib qatnashib, ana shu maqsadlar
uchun qilinadigan xarajatlarning summalari;
- qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan boshqa majburiy to`lovlar. Ushbu
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy to`lovlardan
tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib
tashlanadi.
1) Banklar bo`yicha:
- kredit resurslari uchun to`lovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablag`lari va
boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari:
- mijozlarning hisobvaraqlari,
shu jumladan, jismoniy shaxslarning
omonatlari bo`yicha hisoblangan va to`langan foizlari;
- tavakkalchilik operatsiyalari bo`yicha zaxira hisoblash, uchirilgan umidsiz
ssuda summalari;
2) Sug`urta tashkilotlari bo`yicha:
- qayta sug`urta shartnomalari bo`yicha berilgan to`lov summalari;
- amal qilishi hisobot yili oxirigacha to`lanmagan sug`urta va qayta sug`urta
shartnomalari bo`yicha berilgan toiov summalari;
- sug`urta va qayta majburiyatlari bo`yicha amalga oshirilgan va hisoblangan
to`Iov summalari.
- o`tgan yillardagi sug`urta hodisalari bo`yicha to`lanmagan to`lov summalari,
shu
jumladan, da'vo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari;
- sug`urta tashkiloti sug`urta hodisalari ro`y berishini bartaraf etish va uning
oldini olishga doir tadbirlarni moliyalashga sarflaydigan mablag`lar summalari;
- sug`urta tashkilotlarning zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining 25 %
yetguniga qadar sug`urta tashkilotlari o`z daromadlarining 25 % miqdorida zaxira
fondlariga qiladigan ajratmalar.
Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy to`lovlar,
chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar amalga oshirilgan xarajatlar bir necha toifaga kiritilgan boisa, u faqat bir
marta jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi,
yer bundan mustasno, asosiy
vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib
tashlanadi.
Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan
eskirish tarzida har oyda, korxona tomonidan ularning boshlang`ich qiymati va
ulardan unumli foydalanish muddati asosida hisoblab chiqilgan normalar bo`yicha
33