Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to’plamini
(eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalarning
to’plami uchun “Atlas” nomi Merkator tomonidan (1595-yil) taklif etilgan. Maktab
geografik atlaslari – bu o’quvchilarning mashg’ulot vaqtida mustaqil bajariladigan
ishlari uchun mo’ljallangan eng muhim kartografik qo’llanmadir. Hozirgi vaqtda
barcha maktab geografiya kurslari muqim geografik atlaslar bilan ta’minlangan
bo’lib, ular darsliklar bilan bir qatorda bo’lishi shart hisoblangan qo’llanmalar
qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: