3-rasm. Kanada xaritasi
Iqlimi — Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil,
asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —30°, —35°,
janubda —18°, —20°, iyulniki shimolda 4—7° va janubda 16—18°. Gʻarbiy sohilda
yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy
rayonlarda 400—250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.
Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy
(Buyuk koʻllari bilan), Finli—PisRiver—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar,
Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou,
Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz
okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.
Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va
boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi
joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi
oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda
ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda
dehqonchilik qilinadi.
Kanadada shimol bugʻusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb
quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va
boshqa
hayvonlar yashaydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bogʻlari: Banf, Vud-
Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bogʻlari ham bor.
3. Xarita bo’yicha masofadan zondlash dasturlari asosida joy holatini
xarita bilan solishtirish va bu haqda mustaqil fikr bildirish
4-rasm. Kanada xududining kosmik surati eart.google.com saytidan
5-rasm. Kanada (atlasdan olingan).
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytamanki Geografik xaritalar, atlaslar bularning
hammasi aholi turmush darajasini yaxshilanishiga alohida omil bo`lib xizmat qiladi.
Atlaslar yordamida muayyan bir xududning tabiati, iqtisodiyoti, ishlab chiqarish
salohiyatini, aholi zichligini, tabiiy boyliklari, foydali qazilmalari hayvonot va
o`simlik dunyosini va shu kabi bir qancha foydali bo`lgan ma`lumotlarni olishimiz
mumkun. Dunyoni yaxshi ta`savvur qilish uchun qayerda nima borligini bilish
uchun ham xaritalardan foydalanamiz.
Ushbu amliy ish yordamida Geografik xaritalar haqidagi bilimni kengaytirdim
Umumgeografik xaritalar haqida tushunchaga ega bo`ldim. Atlaslar nima uchun
kerakligini bilib oldim. Kanadaning joylashuv o`rnini tabiatini, mamuriy xududiy
bo`linishini xamda Kanada atlasi tarixini o`rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar
T. Mirzaliyev, E.Yu. Safarov, A. Egamberdiyev, J.S. Qoraboyev – Kartashunoslik
(Cho`lpon Toshkent – 2012)
https://aim.uz/
https://www.google.earth.com
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kanada