“Toyota”ning bugungi kungi muvafaqqiyati eng avvalo, iste’molchilar uchun eng
maqbul marketing xizmatlarini taklif etishi bilan bog‘liq. Ko‘plab sotilgan
64
avtomobillarini qaytarib olishiga qaramay iste’molchilarga eng yaxshi xizmatlarni
taqdim etuvchi birinchi raqamli kompaniya sifatida e’tirof etilmoqda.
“Toyota” biznes faoliyatini “Iste’molchilar doimo birinchi o‘rinda” degan
konsepsiyasi asosida olib boradi. Bu konsepsiya 1935 yilda yaratilgan bo‘lib,
“Toyota” guruhining iste’molchilarga eng maqbul xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan
etakchi falsafasiga aylanib ulgurgan. Bu konsepsiya kompaniyaning ta’minotchilari
tomonidan ham qabul qilingan. Iste’molchi qiymati bo‘yicha axborotlarni ular doimiy
ravishda yig‘ib, tahlil qilib borishadi. Bunday axborotlar dillerlar, xaridorlar,
vositachilar, hamda jamotchilik fikrlariga asoslangan holda to‘planadi. Bularning
ichida iste’molchilarning ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha fikr-mulohazalar hamda
takliflari juda muhim rol o‘ynaydi. Quyida kompaniya haqidagi ba’zi
iste’molchilarning fikrlarini keltiramiz:
-kompaniyaning iste’molchilaridan biri o‘zining “Toyota” rusumli avtomobilida
do‘stining dafn marosimiga ketayotgan paytda, avtomobilning motor qismida
qandaydir g‘alati tovush kelayotganing payqab qoladi. Va shu yaqin atrofdagi
kompaniyaning servis xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchasiga boradi. U erda ta’mir
uchun navbatda turgan avtomobillar juda ko‘p edi. Shunda mijoz u shoshayotganligi
va mashinasini zudlik bilan tekshirib berishlarini so‘raydi. Navbatga qaramasdan
aynan shu mijoz uchun shaxobcha menejering o‘zi servis xizmatini ko‘rsatib,
avtomobilni sozlab beradi. Xattoki, dafn marosimiga ketayotgani uchun, mijozdan
xizmat haqini olishmaydi. Bundan mijoz ta’sirlanib, kompaniya tomonidan
iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmati haqida ijobiy fikr bildiradi. Va bu haqida
barcha tanish va yaqinlariga so‘zlab beradi.
“Toyota” 2010 yilda “iste’molchi birinchi” deb nomlangan o‘quv markazini
tashkil etdi. Unda tayyorlanayotgan xodimlarga iste’molchilar uchun qaerda va
qachon bo‘lishidan qat’iy nazar qiymat va qoniqish beradigan xizmatlarni qanday
qilib ko‘rsatilishi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘qitiladi
7
.
Shuningdek, kompaniya iste’molchilarga qulay bo‘lishi uchun “Istemolchilarga
ko‘maklashish” markazlarini tashkil qilgan. Unda yil 12 oy mijozlarga qo‘ng‘iroqlar
orqali bepul maslahatlar berib boriladi. Kompaniya uchun iste’molchilar qanday
qadrli ekanligini 24 soat qo‘ng‘iroqlarni kutib, o‘zlarini vaqtini ular uchun ajratishga
bag‘ishlashidan ko‘rish mumkin. “Istemolchilarga ko‘maklashish” markazlari turli
tabiiy ofatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan vaqtlarda, o‘z mijozlarini xavfsizlik uchun
ogohlantirish xizmatini ham tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: