turgan chechak islari, og‘ochlar uzra uchushub yurgan bul-
bul va qumrilaring sayramasi bu iki qardoshning gavdalariga
kuch va ko‘ngillariga ochiqlik berdi. Yarim kechadan beri
qo‘sh haydamak uchun yobonga ketgan sevgili otalari
Hasan
bobo eslariga kelib qoldi.
Arslon: — Tur, Botur!
Botur: — Nega?
Arslon: — Ketamiz?
Botur: — Qayerga?
Arslon: — Otamga salom berub, qoiini o‘pib kelamiz.
Botur: — Hayda!
Iki qardosh birdan turub, yobon sari yugurdilar, chopdi-
lar. Hasan bobo yangigina namozini o‘qig‘an va qiblaga qarab,
o‘g‘ullari uchun duo qilib o‘turg‘an edi. Iki katta ho‘kuzi
boboning duosiga «omin» deyaturgan kabi yonida boshlarini
indurib turgan edilar. Shu chog‘da Hasan boboning qulogiga
Arslonning «salom» tovushi bilan keldi. Boshini ko‘tardi.
H a s a n b o b o : —Va alaykum assalom! Borakalloh
o‘g‘lonlarim, ana shunday erta bilan uyqudan tursangiz, siz-
lami duo qilurman. Tangrim ikalangizga ham uzun umr
bilan katta davlat bersun.
Arslon bilan Botur sevukli otalarining qoilarini olib
o‘pdilar. Hasan bobo o‘g‘ullarining buncha odobli boidiqla-
rini ko‘rgach, ko‘zlari sevinch yoshidan toidi. Haqlarig‘a
ko‘bdan ko‘b duo qildf. Iki qardosh
otalarining duosini oldiq-
dan so‘ng uyga ketmakchi boidilar va yana yoiga kirdilar...
0 ‘ng qoidan «voy...Tangrim» debon bir tovush keldi.
Qaradilar, qurug‘an (bir) og‘ochning koigasinda59 yirtiq
bir choponni o‘muzlarigacha60 tortib uzangan va, ehti-
molki, qattig‘ isitma tutgan bir xotunni ko‘rdilar. Y o i uzra
tushib qolg‘an kimsasiz bir xotunni ko‘rib, so‘rashmas-
dan, ko‘mak etmasdan o‘tib ketmak o‘zbek o‘g‘lining yuragina
sig‘armi? Albatta sig‘mas..! Iki qardosh ketub, xotunning
boshi uzra turdilar.
A rslon: — Onajon, qayerli boiasiz, nima boidi siz-
ga? — deb so‘radi.
Bechora xotun kuch bilan boshuni ozroq ko‘tarib,
«oh...» — dedi. Boshini saqlayolmay yana yiqildi.
A rslon: — Onajon! Nima boidi sizga? — deb (yana)
so‘radi.
110
biz qilamiz. Bu holingizga sabab nima? Shu chog‘da
ko‘nglingiz nima tilaydir? Ayting, bizga onajonim!
X otun: — Esan boiung, o‘gionlarim! Manim bu holim-
g‘a sabab bolalarimning ishsizliqlari, bilmasliqlaridir.
Bilgudan, ishdan, san’atdan boshqa tilagim yo‘qdir.
Arslon bilan Botur g‘ayratga keldilar. Etaklarini bellariga
bogiab:
— Onajon! Unday boisa ozroq turing, biz butun tilak-
laringizni topib keturamiz, — debon etaklarini bellariga
bogiadilar va iki o‘q kabi chopib ketdilar.
Qayerga ketdilar bilasizmi? — M a k t a b g a !
TAMRIN:
Arslon bilan Botur qayerga ketdilar? Yo ‘Ida nimani ko ‘rdi-
lar? Nimaga o ‘tub ketmadilar? Xotun nima dedi? Kim ekan
u xotun? Nima istadi? Uning tilagini keturmak uchun iki
qardosh qayerga ketdilar? Nega?
Do'stlaringiz bilan baham: