Ilmiy maqola va tadqiqotlar


ADABIYOTDA  OQIM  ISTILOHLARI



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

ADABIYOTDA  OQIM  ISTILOHLARI
Klassitsizm.  Taqlidiy  klassitsizm.  Soxta  klassitsizm. 
Ratsionalizm.  Sentimentalizm.  Ro‘mantizm.  Simvo‘lizm. 
Mo‘demizm.  Realizm. Naturalizm. Futurizm.
Klassitsizm:  Miloddan  burun  mashhur  bir  yunon  tan- 
qidchisi72  tomonidan  yunon  shoirlari  ham  alaming  asarlari 
tekshirilib, tanqid etilib, darajalarg‘a ajralg‘an. Mana shul vaqtda 
darajalarg‘a ajralg‘an shoirlaiga klassik shoirlar, asarlariga-da 
klassik  asarlar  deyilgankim,  boshqalarga  o‘mak  bo‘larlik 
mumtoz asarlar demakdir.  So‘ngralar bu atama butun  ada- 
biyot  dunyosiga  umumiy  bir  atama  shaklida  qabul  etilgan, 
har  millatning  adabiyotida  bo‘lg‘an  mumtoz  asarlarga, 
mumtoz shoirlarga klassik deyishgan. Fors adabiyotida Sa’diy- 
ning  «Guliston»i,  Firdavsiyning  «Shohnoma»si,  Nizomiy- 
ning «Xamsa»si klassik asarlardan. 0 ‘zlari-da klassik shoirlar 
sanaladirlar.
Taqlidiy klassitsizm: klassik asarlami taqhd qihb yozilg‘an 
asarlarga taqlidiy klassik asarlar deyiladir. Fors klassiklaridan 
Nizomiyning «Xamsa»sini taqlid qilib yozilg‘an Navoyining 
«Xamsa»si,  fors  klassik  devonlarini  taqlid  qilib  yozilg‘an 
she’r  devonlarimiz  taqlidiy  klassik  asarlar  sanaladirlar.
Soxta klassitsizm: yunonning klassitsizm davri miloddan 
burun  edi.  Oning  asarlari  miloddan  burung‘i  Yunoniston- 
ning  hayot,  tabiat,  axloq,  iqtisodiy  vaziyati  ta’siri  ostida 
maydong‘a chiqqan edi.  Ondag‘i ta’birlar,  so‘zlar atamalar, 
sufatlash  ham  o‘xshatishlaming  hammasi  shul  miloddan 
burung‘u yunon hayotining yumushlari edilar.  Miloddan  15 
asrdan keyin Ovro‘paning turli o‘rinlarida shul yunon klassik 
asarlarini taqlid qihsh havasi uyg‘onadir.  Ular o‘z hayotlari-
85


dag‘i voqealami miloddan burung‘i shakllarda ifoda qilmoqqa 
tirishkanlar.  Hech  tushunmay,  o‘ylamay,  oradag‘i  15—16 
asrlik bir zamon ayirmasini hisobga olmay, yunon klassiklarini 
taqlid qila berganlar. Mana shulaming asarlariga soxta klassit- 
siz/n asarlari deyilgan. Bizda ham Eron adabiyotini o‘ylamas- 
dan taqlid qilib maydong‘a chiqarilg‘an soxta klassik asarlari 
ko‘bdir.
Ratsionalizm'.  bu  har  mas’alada,  har  xususda  aqlni  us- 
tun  ko‘rgan,  aqlg‘a  juda  yuqori  o‘mn  bergan  bir  falsafa 
(aqliyun  falsafasi)ning  atamasidir.  Adabiyotda  ham  shul 
falsafaga boylanib, xalqni oqartish,  odamlarga fikriy tarbiya 
berishni  asos  qilib  olg‘an  adib-shoirlarga  shul  atama beril- 
gandir. Bu oqimdag‘i asaming eng ochiq namunalari burung‘i 
turk  adabiyotida  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»i, 
Ahmad binni Mahmudning «Hibat ul-haqoyiq»idir.  Bizning 
chig‘atoy-o‘zbek adabiyotida Navoyi ham o‘zining «Mahbub 
ul-qulub»,  «Hayrat  ul-abror»  kabi  asarlari  bilan  bu  oqimga 
xizmat  qilg‘an.  So‘fi  Olloyor,  Ahmad  Yassaviy  kabi 
shoirlarirnizga kelganda bular «diniy oqartish»  shoirlaridirlar. 
Bularga  har  narsadan  yuqori,  ustun  b o ig ‘an  aql  emas, 
dindir! Oqartish oqimining ochiq o‘maklari bizning jadidizm 
davrimizning  adib-shoirlari  bo‘lg‘an  Behbudiy,  Avloniy, 
Tavallo,  Hoji  Muinlardir.
Sentimentalizm: bu aqliyun oqimig‘a qarshi bo‘lg‘an falsafa 
(hissiyun  falsafasi)  oqimining  atamasidir,  mana  shul  falsafa 
oqimiga yondoshqon adabiy oqim sentimentalizm oqimidir, bu 
oqimdagi shoir-adiblar bu jismoniy,  moddiy dunyomizdan 
boshqa ma’naviy, ruhoniy bir dunyoning borlig‘iga ishonadir. 
Ko‘zimiz  oldida  op-ochiq,  yap-yalang‘och  turg‘an  mana 
shul  moddiy  haqiqatdan  boshqa  bir  an’anaviy  haqiqat  bor 
deb o‘ylaydir. Biroq «Qani bu haqiqat?», «Qani bu ma’naviy 
olam?»  desangiz,  unga  aql  bilan,  fan  bilan,  tajriba  bilan 
erishib  boimaydir.  Unga  birdan  bir  y o i  — tuyg‘udir,  his- 
dir,  deyiladir.  «Ular  gumon  qiladirlarkim,  dohiy  shoirlar 
va san’atkorlar-da bu ma’naviy olamga qarab ko‘rmak iste’- 
dodi kattadir. Mana shu iste’dod ko‘magida ular ba’zi haqiqat- 
lami  aqlg‘a,  ilmg‘a  qarag‘anda  bumnroq  xabar beradirlar». 
Ko‘riladirkim,  bu  oqim  asos-e’tibori  bilan  ro‘montizm 
oqimining o‘rtog‘idir.  Bizning adabiyotda bu oqimning na- 
moyandalari  tasawuf  maslakida  bo‘lg‘an  shoirlardir.  Eng
86


buyuk tasawufchi shoirlarimiz Ahmad Yassaviyni shu oqim- 
ning  kishisi  deb  ko‘rsatmak mumkindir.
R o‘montizm:  san’at  har  turli  qayddan  ozoddir  degan; 
ko‘ngil,  tuyg‘uni  ongdan,  tajribadan  yuqori  tutqon,  idea- 
lizm  ketidan  yugurgan  adabiy  bir  oqimdir.  Bu  oqimdag‘i 
shoir-adiblaming fikrlariga ko‘ra she’r falsafa bilan dinning 
aralashmasidan iboratdir.  Bular ham ma’naviy olam,  ichki 
dunyolarg‘a ishonadirlar, o‘zlarini sevadirlar, o‘z tuyg‘ulariga 
eng  katta  ahamiyat  beradilar.  Bizning  inqilobgacha  ada- 
biyotimiz boshdan oyoq bir ro‘montizm tengizidir. Ro‘montik 
fors  adabiyotidan  ozuqlanib,  shunga  ergashib  borg‘an 
chig‘atoy-o‘zbek  shoirlarimizning  hamalari  ro‘montizm 
oqimining kishilari.  Ulaming boshqa adabiy oqimlarga asar 
berishlari yolg‘uz shu oqimg‘a bir-iki asar bermak uchungi- 
na bo‘lg‘an. Asl san’atlarini, tub hunarlarini esa ro‘montizm 
maydonida ko‘rsatkanlar. Yangi shoirlarimizdan ro‘montiz- 
mning  ulug‘  namoyandasi  Choipondir.
Realim: turmushni, hayotni bo‘lg‘ani kabi, xayol bo‘yov- 
lari bilan bo‘yag‘an adabiy oqimg‘a realizm  (haqiqiylik)  de- 
yiladir.  Bu  oqim  shoirlarining  asos  yo‘llari  hayotni,  tur- 
mushni butun inkichkaliklari bilan o‘rganib rgatishdir. Biz- 
ning yangi adibimizda Botu ham uning o‘rtoqlari bilan birga 
ro‘montizmdan  qutulib,  realizm  maydoniga  kirmakdadir.
Simvolizm:  ramzchilik  demakdir.  Bizning  tasawufchi 
shoirlarimiz orasida bu oqim juda maqbul edi.  Forsiy tasav- 
vuf  adabiyotidagi  ramzchilik  bizning  so‘fiy  shoirlarimiz 
tomonidan  ayrim  qabul  etilgan.  Ulaming  aytkanicha,  sha- 
rob,  ishq, muhabbat ham ma’rifatning ramzi.  Sharob bergu- 
chi  (soqiy)  tasaw ufdagi  pir-ustodning  ramzi  boiadir. 
Bulardan biri  «men bu kecha  soqiy qo‘lidan bir piyola may 
ichdim» desa, uning bu so‘zidan «men pirimdan maslakimiz- 
g‘a oid yangi bir narsa o‘igandim» fikrini onglash kerak. Simvo- 
listlar asos-e’tibori bilan ro‘montizm oqimining kishilaridirlar.
Mo ‘demizm: bu oqim yangi ro‘montizm oqimidir. Bu oqim 
ijtimoiy harakatlarga, fanniy tushunishga qarshi bir oqimdir.
Naturalizm:  bu  oqim  realizmdan  ayrilg‘an  bir  oqim 
kabidir,  realizm  oqimi  hayotni,  turmushni  tasvir  etishka 
berilsa, bu oqim yolg‘uz tabiatnigina, oning yaxshi o‘rmon- 
larini,  yuksak  togiarini,  oqar  suvlarinigina  tasvir  etishka 
beriladir.
87


Futurizm: bu oqim yigixmanchi asming boshlarida  Itali- 
yada  maydong‘a  chiqqan bir oqimdir,  futuristlaming  asos- 
lari  harakat  ham  tezlikdir.  Bular  yangi  go‘zallik,  mashina 
go‘zalliklarini maqtaylar.  Vaznda ozodlik tarafdori bo‘lg‘an 
futuristlar  jumla  tuzishni  ham  nahv  qoidalaridan  «ozod 
qilmoq»  istaylar.  Sufatlar,  tinish  belgilari,  ko‘makchi 
so‘zlami ishlatmaylar. Fe’llami hech ishlatmaylar, fe’l o‘mida 
«ish  ismlari»dan  «yozish»,  «o‘qush»,  «kehsh...»  kabilami- 
gina  ishlatadirlar.  She’rda  raqam  ishlatmakni  maqbul 
ko‘radirlar.  0 ‘zlaricha  yangi  so‘zlar  yasaydirlar.  Bizda  bu 
oqimning  namoyandasi  Oltoydir.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish