Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

Faoliyat mayli. 
Bu istak bolalarda tavallud topganlaridan 
paydo  bo‘ladi.  Go‘dak  shu  chog‘dan  harakat  va  faoliyat 
orzusida bo‘ladi. Qo‘l-oyoq silkitadi, «meni ko‘tarib yurgin», 
deb  otasining  yelkasiga  o‘zini  tashlaydi.  Yurib  ketgandan 
so‘ng xursand bo‘lib to‘rt tomonga yuguradi va imkon bo‘lsa, 
umuman  tinchimaydi.  Agarda  boladagi  shu  istakka  qarshi 
chiqib, uni «qimirlamay o‘tirishga» o‘rgatsangiz, katta bo‘lib 
hafsalasiz,  dangasa,  ishbilmas  bo‘lib  voyaga  yetadi.
Izzat-nafs. 
Har  bir  odam  ozmi-ko‘pmi  o‘zini  sevib 
manfaatini o‘ylaydi.  Shu holat izzat-nafs deyiladi.  Bu tabiiy 
holat bolalarda ham mavjud. Siz bozordan bironta surat yoki 
soat sotib olib, uni farzandlaringizning biriga berasiz. Shunda 
boshqa bolangiz murosasiz yig‘i-sig‘ini boshlaydi.  Chunki u 
ham o‘zini yaxshi ko‘radi va sizning hadyangizdan mahrum 
bo‘lmaslikni  xohlaydi.  Izzat-nafsni  so‘ndirmay  uni  rivoj- 
lantirish  kerak.  Kimda  shu  nafs  bo‘lmasa,  ya’ni  o‘z  man- 
faatini  o‘ylamasa,  o‘ziga  ishonmaydi,  izzat-nafsining  tala- 
bida bo‘lmaydi.  Bunday odamdan biror-bir yaxshilik foyda, 
fazilat  kutib  bo‘lmaydi.  Bolalarga  «ahmoq»,  «eshak»,  «ju- 
vonmarg»,  «noma’qul qilibsan»,  «b...  yebsan»,  «o‘ldiraman 
seni»,  «senga  gapirishni  kim  qo‘yibdi?»  deb  qarg‘ash, 
do‘pposlash, ko‘cha-ko‘yda bolani urish izzat-nafsiga tegib, 
uni yo‘q qiladi. Go‘dak shunday tahqir ko‘rib, yaxshi-yomon 
odamlar  oldida  haqorat  eshitib,  o‘ziga  mehr va  ishonchini 
yo‘qotadi,  nafsoniyati xor bo‘lib, beizzat va e’tiborsiz bo‘lib 
qoladi.  Bunday odamlami axloq ulamolari «eshak halimligi 
egalari»  deb  atab,  ulardan  g‘ayrat,  or-nomus,  hamiyat 
kutmaydilar.  Baxtga qarshi bugun biz buxoroliklar shunday 
holatga tushganmizki, manfaatimizni yo‘qotsak ham payidan 
bo‘lmaymiz, nimaiki bo‘lsa qanoat qilamiz. Ikki-uchta odam
295


oldida  so‘zlolmaymiz,  da’voimiz  isbotida  ojiz  qolamiz, 
g‘animlardan bizga yetadigan zulm-u sitamlariga toqat qila- 
miz,  qutulishimiz va najotimiz haqida o‘ylaymiz.  Bulaming 
sababi, bolaligimizdan ota-ona,  muallimlarimizdan haqorat 
eshitib,  tahqir  ko‘rganimizdandir.  Bola  ba’zan  noo‘rin 
harakat qilsa,  «Qadr-qimmating,  izzat-nafsing bormi? Xayf 
senga,  nomunosib  ish  qilding!»  —  deb  nasihat  qilsalar 
bo‘lardi-ku?!  Urib,  haqorat  qilish  shartmi?!  Oqibat  odam- 
ning izzat-nafsi bir zararli shaklga kiradi, o‘z egasini yomon 
ishlarga boshlaydi.  Masalan, ba’zi  odamlar zaif va past xis- 
latlarga mubtalo bo‘ladilar.  Bu yo‘lda boshqalaming mol-u 
jonini, nomusini ham qurbon qilishga haqliman deb biladilar. 
Ba’zi odamlarda intiqom — o‘ch olish mayli, izzat-nafsining 
bir bo‘lagi bo‘lib singib  ketganki,  afV etish va rahm qilishni 
unutganlar. Hatto, o‘ch olganda ham adolat, insof doirasidan 
chiqib  ketadilar.  Bir guruh  odamlaming  esa,  izzat-nafslari 
takabburlik  va  g‘urur  darajasiga  shunchalik  ko‘tarilganki, 
boshqalar bilan  muomalada ulami  odam  o‘mida ko‘rmay- 
dilar.  Bular hech kim bilan maslahatlashmaydilar,  o‘zlarini 
shunga  loyiq  deb  biladilar.  Izzat-nafsni  bu  darajaga 
yetkazmaslik lozim.  Oqibat shunday bo‘lmasligi uchun bo- 
laga xasislik,  baxillik,  kibr-u  g‘urur zararlarini  tushuntirish 
zarur.  Bunday  xislatlaming  zararini  tasvir  va  bayon  etib, 
fazilatning  doimiy  xayrli  manfaatlarini  tushuntirish,  bosh- 
qalarning  izzat-nafsiga  tegmaslikni,  odamlarga  diqqat- 
e’tiborda bo‘lishni,  ishlaming asl  mohiyatini,  bilimga  rag‘- 
batli bo‘lishni o‘rgatish kerakki,  bolalaming ijtimoiy va oliy 
mayllarini tarbiya etish muhim ahamiyat kasb etsin. Bu tarbiya 
qanaqa bo‘ladi?
Ijtimoiy  mayllar  ham  uch  xil:  aloqa  mayli,  o‘zgalarga 
nisbatan mehr-muhabbat mayli va ibrat olib e’tiborda bo‘lish 
mayli.
Aloqa mayli. 
Odam o‘z yaqinlariga qalban bog‘langan va 
ulaming  o‘z  shodligi  va  qayg‘ulariga  sherik  bo‘lishlarini 
xohlaydi. Agarda odam g‘amginlik vaqtida yana yaqinlaridan 
ikki-uch kishini o‘ziga hamdard ko‘rsa, ancha tasalli topadi, 
shodlik va  xursandchiligida  ham  sheriklari  bo‘lsa,  shodligi 
ancha oshadi.  0 ‘zi ham boshqalaming g‘ami va xursandchi-
296


ligiga sherik bo‘ladi. Odamda bu holat tabiiydir. Go‘dak hali 
til  chiqarmasdan,  fikrlash  va  muhokamaga  kuchi  yetmay 
turib atrofidagi kulgi va xursandchilikka qo‘shilmoqchi bo‘- 
ladi.  Sabablarini  bilmay,  u  ham  kulib  xursand  bo‘ladi. 
Atrofidagi  ikki-uch  odamni  yig‘laganini  ko‘rsa,  bola  ham 
yig‘laydi. Shu holat aloqa mayli deyiladi. Shafqat, marhamat, 
ko‘ngil  ovlash,  tasalli  berish,  birovning  dodiga  yetish  shu 
mayl natijasidir.  Buning ustiga kimning shu mayli kuchayib 
borsa,  uning atvori va fe’li boshqalarga og‘ir botmasa,  unga 
ta’na qilmasalar, u doimo yaxshi ishlarga q o i uradi. Bolalarga 
mazlumlar,  hech  kimi  yo‘q  bechora  va  bevalar  ahvolini 
tushuntirish,  ularga  yordam  berish  fikrini  bolalar  ongiga 
singdirish  foydalidir.  Bola  atrofdagilar  ahvolidan  achinib 
g‘amgin bo‘lsa-yu,  unga  esa «Senga nima?  0 ‘zingni o‘yla» 
deyish,  undagi aloqaga bo‘lgan mayl,  intilishga zarba berish 
demakdir.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish