Ilmiy maqola va tadqiqotlar


Bizning  maktabda  talabalarga  qalam,  daftar,  kitob,  ki-



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

Bizning  maktabda  talabalarga  qalam,  daftar,  kitob,  ki- 
yim,  tomoq  ham  oqcha  beriladir.
Bizningshaharga o ‘zbekshoirlaridan  Cho‘lpon, Botu, Elbek 
va  Oybeklar keldilar.
Ishchilar  harakati  qonuniy  harakat,  majburiy  harakat, 
m a’noli  harakat.
(Hanif Bumash)
Bu harakatning o ‘ziga maxsus sharoiti,  o ‘zgaliklari,  naza- 
riyasi,  xatt-u  harakati,  siyosati  va piragramasi bordir.
(H.  B .f
Gapdan anglashilg‘an o ‘y mantiq(chi)larcha7  aytkanda, 
«hukm» yoki «tasdiq»dir.  0 ‘y yoki hukm zehni(y) bir gap- 
dir.  Uning-da bo‘laklari boiadir.  Uning birinchi boiagiga 
eski  mantiqchilarimiz  mavzu’;  ikinchi  boiagiga  mahmul8 
der edilar.  Buning birinchi boiagi boigan  «mavzu’»  gap- 
ning  ega  so‘ziga,  «mahmul»  esa  kesim  boiagiga  ko‘prak 
to‘g‘ri  keladir.  Lekin  tutash to ‘g‘ri  kelmaydir.  Gap  «kim-
179


nima»  to ‘g‘rusida  aytilsa,  shu  «kim-nima»  har  vaqt  zeh- 
ni(y)  gapimizning  (ayni  fikrimizning)  mavzu’i  boiadir, 
biroq  har  vaqt  tildagi  gapning  «ega»  so‘zi  boimaydir.
Bola ketadir degan o‘yni so‘ylaganimizda o‘y bola to‘g‘ri- 
sidadir.  Qush uchmasin degan o‘yni o‘ylaganimizda o‘y qush 
to‘g‘rusidadir.  Shuning uchun yuqoridag‘i iki «o‘y»ning mav- 
zuiari  bola bilan  qushning ma’nolaridir.  Ketadir bilan  uch- 
masin ma’nolari esa shu iki o‘ylaming  «mahmul»lari boia- 
dir.  Endi shu iki o‘yni til bilan ifoda qilg‘anda uning boiak- 
lari bilan gapning boiaklari bir-birlariga  mos keladirlar-da 
bola,  qush  so‘zlari  gapning  «ega»  so‘zi,  ketadir bilan  uch- 
masin  esa,  gaplaming  «kesim»  so‘zlari  boiadir.  Bizga  bir 
kitob beriladir, shuni kim yozg‘an? deb so‘radilar.  Biz oxtara- 
oxtara  uning  Mir  Ali  nomidan  yozilg‘anini  angladik.  Shu 
chog‘da  bizning  miyada  hosil  boigan  o‘y  bu  kitob  Mir Ali 
nomidan yozilg‘an  shaklidadir.  Mana shu  o‘ydag‘i bu  kitob 
ma’nosi  mavzu’dir.  Chunki  o‘y  uning  to‘g‘rusidadir.  Mir 
Ali nomidan yozilg‘an ma’nosi esa mahmuldir. Biroq biz shu 
o‘yni til bilan bildirganda  Bu kitobni MirAli yozg‘an desak, 
ko‘ramizkim,  o‘yimizning  boiaklari  bilan  gapimizning 
boiaklari  bir-birlariga  mos  kelmagan:  o‘yimizda  mavzu’ 
boigan narsa gapimizda ega boigan.  0 ‘yimizda mavzu’  bu 
kitob edi. Gapimizda esa ega MirAlidir. Shu misolda o‘y kitob 
to‘g‘rusida,  gap  ham  kitob  to‘g‘msidadir.  Biroq  kitob  so‘zi 
gapda ega bo‘lmag‘andir.
Demak:  nahv  kitoblarida  ko‘rganimiz  «gap  (jumla) 
«kim-nima»  to ‘g‘rusida  aytilsa  shu  «ega»  bo‘ladir»  degan 
ta ’riflar  o‘ylovga  (ya’ni  zehni(y)  gaplarga)  ko‘ra  to ‘g‘ri 
b o isa ham, tildagi gaplarga ko‘ra yanglishdir.  Chunki gap 
kimning,  nimaning  to ‘g‘rusida  aytilsa,  shu  «kim-nima» 
o‘yning (mantiqcha aytkanda,  hukmning)  mavzu’i b o ia - 
dir.  Biroq  har vaqt  tildagi  gapning  ega  so‘zi  boim aydir.
Biz mana shunga tayanib ega, kesim so‘zlarini ta’rif qil- 
g‘anda yangiliq yasadiq.  Boshda  egani emas,  kesimni ta’rif 
etdik. So‘ngra «kesim kim-nima to‘g‘risida aytilsa shu egadir» 
dedik.  Yuqoridagi  misolda  Bu  kitobni  Mir  Ali  yozg‘an 
deganimizda, gap kitob to‘g‘rusida aytilgan boisa ham, kesim 
so‘zi b o ig ‘an yozg‘an so‘zi MirAli to‘g‘rusida aytiladir. Shu- 
ning uchun bu gapning  ega so‘zi  Mir Alidk.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish