Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Statistik ma’lumotlarni tashkil qilish va iqtisodiy siyosatni tahlil



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

1.5. Statistik ma’lumotlarni tashkil qilish va iqtisodiy siyosatni tahlil 
qilishning uslubiy asoslari 
  Asos – moliyaviy operatsiyalar va balans hisoblamalari ma’lumotlarini tartibga 
keltirish.  Uslubiy  operatsiyalarni  tasniflash  va  iqtisodiyotni  sektorlarga  ajratishda 
bog‘liqliklar,  tushunchalar,  tamoyillarni  qamrab  oladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida 
moliyaviy  hisob  va  hisobotlarni  zarur  ketma-ketlikda  tashkil  qilishga  imkon  beradi. 
Uslubiy  qarashlar  iqtisodiy  siyosatning  pirovard  maqsadlari  bilan  davlat  boshqaruv 
idoralarining ixtiyorida bo‘lgan xalqaro statistika andozalarigs mos keluvchi vositalar 
orasidagi bog‘liqliklarni ifodalashi zarur. 
  Moliyaviy  siyosatning  samaradorligi  uning  ma’lum  iqtisodiy  siyosatni  olib 
boorish  natijasida  pirovard  belgilangan  natijalariga  erishishdagi  ta’siri  bilan 
baholanadi.  Ushbu  siyosatning  pirovard  belgilangan  natijalari  sifatida  quyidagi 
ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin: 
-  inflatsiya;  
-  iqtisodiy o‘sish va aholining ish bilan bandligi; 
- to‘lov balansi;  
- sektorlarning iqtisodiy xulqi; 
- makroiqtisodiy me’yorlarning bajarilishi va tizimning barqarorligi. 
Moliya to‘g‘risidagi statistik axborot iqtisodoy rivojlanishga ta’sir o‘tkazadigan 
quyidagi moliyaviy vositalarni qamrab oladi: 


 
12 
- pul-kredit  siyosatining  vositalari  (masalan,  majburiy  zaxiralar,  aktivlarning   
likvidlik koefitsiyentlari, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va h.k.); 
- hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyavay chora-tadbirlar; 
- me’yoriy qoidalar; 
- valuta kursi; 
- foiz stavkalari 
Amaldagi  moliya  tizimining  samaradorligi  umuman  iqtisodiyotga  ijobiy  ta’sir 
ko‘rsatib,  iqtisodiy  o‘sish  uchun  zarur  sharoitlarni  yaratishi  yoki  iqtisodiy 
rivojlanishni sekinlashtirishi va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin. 
Iqtisodiyot  nomoliyaviy  sektorlar  faoliyatining  samaradorligi  ularga  moliya 
tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning miqdori va sifatiga uzviy 
bog‘liqdir. Bunday xizmatlar sirasiga: 
-  savdoni rivojlantirish uchun hisob-kitob operatsiyalarini bajarish; 
-  saldolash (netting) va o‘zaro hisobga olishlar (kliring); 
-  depozitlarni qabul qilish va boshqa majburiyatlarni olish; 
-  kreditlar bilan ta’minlash; 
-  likvidlikni ta’minlash; 
-  nomoliyaviy  sektorga  ularning  o‘z  shartnoma  majburiyatlarini  bajarishlari 
uchun kafolatlar berish. 
Iqtisodiyotning  har  bir  sektorida  mablag‘lar  jamg‘arilishi  mumkin.  Jamg‘arish 
hamda  kapital  hisobi  bo‘yicha  operatsiyalar  sof    kreditlash  hajmini  hosil  qiladi. 
Bunda  ba’zi  iqtisodiyot  sektorlari  yoki  kichik  sektorlari  nettokreditor  bo‘lsalar, 
boshqalari netto-qarz oluvchilar bo‘ladilar. Moliyaviy operatsiyalarning olib borilishi 
natijasida  biror  sektorda  ortiqcha  moliyaviy  resurslar  shakllanganda,  resurs  egalari 
moliyaviy resurslarni boshqa sektorlar ixtiyoriga berishlari mumkin. 
MHTdagi  moliyaviy  hisob  netto-qarz  oluvchi  sektorlarning  o‘zlariga  kerak 
bo‘lgan  moliyaviy  resurslarni  moliyaviy  majburiyatlar  qabul  qilish  yoki  o‘z 
moliyaviy  resurslarini  qisqartirish  hisobiga  shakllantirishlarini  ifodalasa,  netto-


 
13 
kreditor  sektorlarning  ortiqcha  resurslarini  moliyaviy  aktivlarni  sotib  olish  yoki 
majburiyatlarini qisqartirish hisobiga joylashtirishini ifodalaydi. 
MHTdagi  moliyaviy  hisobga  qo‘shimcha  tarzda  tuziladigan  moliyaviy  oqimlar 
matrisatsida  moliyaviy  vositalar  turlari  bo‘yicha  qarzdor  va  kreditor  sektorlarning 
moliyaviy munosabatlari ifodalanadi. 
Moliyaviy  operatsiyalar  har  qanday  institutsional  birlik  faoliyatining  ajralmas 
qismi  hisoblansa-da,  har  qanday  mamlakat  iqtisodiyotida  moliyaviy  faoliyatning 
asosiy  salmog‘i  moliyaviy  vositachilar,  xususan,  deposit  banklari  hissasiga  to‘g‘ri 
keladi. 
Demak,  banlklarning  moliyaviy  operatsiyalari  va  balanslari  to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni  o‘rganish  natijasida  moliyaviy  tizimning  rivojlanishiga  baho  berish 
mumkin  bo‘ladi.  Banklar  axborotining  yana  bir  boshqa  ustunlik  tomoni  shundan 
iboratki, banklardagi axborotlarni o‘z vaqtida yetarli hajmda olish imkoni bo‘ladi va 
ko‘pgina  hollarda  boshqa  sektorlardagi  ma’lumotlarga  nisbatan  ishonchlilik  darajasi 
ancha yuqori bo‘ladi. 
Pul  massasi  ko‘rsatkishlari  sharxi  “moliya  tashkilotlari”  sektorining  bank 
sektorchasiga  taalluqli  hisobotlari  shakllari  asosida  tuzilib,  MHTning  talablaridan 
kelib  chiqqanligi  uchun  pul-kredit  tizimini  tahlil  qilishda  katta  amaliy  ahamiyatga 
egadir. 
Bank  sharhida  bank  ko‘rsatkichlaridan  tashqari  markaziy  hukumat  faoliyatiga 
tegishli  bo‘lgan  pul  emissiyasi,  xalqaro  zaxiralarni  boshqarish  va  XVJ  bilan  olib 
boriladigan operatsiyalar ham qamrab olinadi. 
Har qanday moliyaviy agregat (ko‘rsatkich) bir vaqtning o‘zida bir institutsional 
birliklar guruhining moliyaviy aktivlari va boshqalarining moliyaviy majburiyatlarini 
ifodalaydi.  Umumlashtirilgan  yig‘ma  ko‘rsatkich  tahliliy  nuqtai-nazardan  ma’lum 
institutsional  birliklar  guruhlarining  iqtisodiy  xulqiga  ta’sir  etgan  holdagina  qiziqish 
uyg‘otishi mumkin. 
Umuman  olganda,  “pul”  ko‘rsatkichiga  ma’lum  institutsional  birliklar 
guruhlarining  moliyaviy  aktivlari  to‘plami  sifatida  qaralib,  ular  muomila  yoki 


 
14 
jamg‘arish  vositasi  sifatida  foydalanilishi  mumkin.  Bunday  istitutsional  birliklar 
guruhi  pullarga  egalik  qiluvchi  “egalik  sektori”  deb  qaraladi.  Nomoliyaviy  huquqiy 
sektorning  pul  aktivlari  bilan  nominal  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM)  va  inflatsiya 
darajasi  o‘rtasida  ma’lum  bo‘g‘liqlik  mavjud.  Demak,  pulga  egalik  qiluvchi  sektor 
sifatida  nomoliyaviy  xususiy  sektor  qaralishi  mumkin.  Uning  aktivlariga  boshqa 
sektorlarning  majburiyatlari  yoki  tashqi  dunyo  mamlakatlarining  majburiyatlari 
kirishi mumkin. 
Agar  “pul”ga  banklarning  majburiyatlari  to‘plami  sifatida  qaraladigan  bo‘lsa, 
banklarning  iqtisodiy  xulqi  pul  massasi  bilan  kresit  aloqasiga  ta’sir  o‘tkazishga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish