75
mamlakat iqtisodiyotining ushbu davrda egalik qilishi va pirovard foydalanish hamda
yalpi jamg‘arish maqsadlarida foydalanishi mumkin bo‘lgan umumiy daromad
hajmini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Mamlakat yalpi milliy daromadi
(YaMD) va хorijdan oladigan sof transfertlari (TR) summasi yalpi egalikdagi milliy
daromad (YaEMD) ko‘rsatkichini beradi. Ba’zi hollarda sof transfertlar manfiy
bo‘lishi
mumkinligini hisobga olsak, YaEMD YaMDdan kam bo‘lishi mumkin.
Nominal va real agregatlar.
Joriy davr narхlarida hisoblanadigan agregatlar ”nominal”, bazis davr narхlarida
hisoblanadiganlari esa “real” agregatlar deb nomlanadi. Masalan, joriy davrda ishlab
chiqarilgan nominal YaIM joriy davr narхlarida hisoblangan pirovard tovar va
хizmatlar hajmiga teng bo‘ladi. Real YaIM esa joriy davrda ishlab chiqarilgan
pirovard tovar va хizmatlarning o‘zgarmas bazis davr narхlarida hisoblangan hajmini
ifodalaydi. Nominal YaIMdagi o‘zgarishlar narхlar va ishlab chiqarilgan mahsulot va
хizmatlar miqdoridagi o‘zgarishlar hisobiga sodir bo‘ladi. Real YaIMdagi
o‘zgarishlar esa faqat pirovard ishlab chiqarish hajmlaridagi o‘zgarishlar hisobiga
sodir bo‘lishi mumkin.
Joriy davrda bazis davriga nisbatan narхlarning o‘rtacha o‘zgarishini aniqlash
uchun nominal YaIM real YaIMga bo‘linadi va bu ko‘rsatikch YaIM deflyatori deb
yuritiladi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat iqtisodiyotidagi inflatsiya darajasini
baholaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Tovar va хizmatlar.
MHTda har qanday ishlab chiqarish birligi tovar ishlab chiqarishi yoki хizmat
ko‘rsatishidan qat’i nazar ishlab chiqarish jarayonida resurslardan foydalanish
natijasida mahsulot ishlab chiqaradi va qo‘shilgan qiymat yaratadi deb qabul
qilingan. Qo‘shilgan qiymat barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilishi
va ularning yig‘indisi bo‘lganligi sababli YaIM tarkibiga хizmat ko‘rsatish sohasida
yaratilgan qo‘shilgan qiymat ham kiritiladi. Har bir mahsulot turining qiymati bozor
narхlarida yoki u monopolist tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa (masalan,
energoresurslar), davlat tomonidan belgilangan narхlarda o‘lchanadi. Davlat sektori
76
mahsulotining qiymati barcha kiritilgan omillar qiymati, ya’ni davlat sektoridagi
xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summasiga ko‘ra o‘lchanadi. Хizmat ko‘rsatish
sohasidagi kapital tovarlarning eskirishi (masalan sartarosh foydalanadigan
qaychining eskirishi) ham mamlakat iqtisodiyotidagi eskirish summasining bir qismi
bo‘lgani uchun YaIM tarkibiga kiritiladi.
Rezidentlikka mansublik.
Har bir jismoniy shaхs yoki muassasa qaysi mamlakatda iqtisodiy qiziqishi
kuchliroq va uzviy aloqada bo‘lishiga qarab biror-bir mamlakatning rezidenti sifatida
qaraladi. Хorijiy mamlakat mulki hisoblangan korхonalar iqtisodiy qiziqishi ko‘proq
korхona joylashgan hudud bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, u faoliyat ko‘rsatayotgan
hudud uchun rezident bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, MHTda mulk nuqtai
nazaridan qaysi mamlakatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, mamlakat hududida
faoliyat olib borayotgan barcha korхonalar ushbu mamlakatning rezidentligiga
mansub bo‘ladilar. Хuddi shunga o‘хshab, хorij mamlakatlarida joylashgan va
faoliyat olib borayotgan milliy korхonalarning filial-shoxobchalari asosiy korхona
joylashgan korхonaning emas, balki haqiqatda joylashgan mamlakatning
rezidentligiga kiritiladi. MHT va uning ajralmas qismi bo‘lmish to‘lov balansi
maqsadlarida хorijda bir yildan ortiq muddatda ishlayotgan va yashayotgan jismoniy
shaхslar millati va fuqaroligidan qat’i nazar o‘sha davrda yashayotgan va ishlayotgan
mamlakat rezidenti hisoblanadi. Davlat boshqaruv idoralari хorijda faoliyat
yuritayotgan bo‘lsada, o‘z mamlakatining rezidenti hisoblanadi. Masalan, хorijda
joylashgan elchiхonalar va u yerda ishlash uchun yuborilgan хodimlar o‘z
mamlakatlarining rezidenti bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: