68
7-BOB. REAL SEKTOR TAHLILI VA BASHORATI
7.1. Milliy hisoblar tizimi (MHT). Iqtisodiyotning asosiy sektorlari. Asosiy
agregatlar. Asosiy tushunchalar. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini
hisoblashning muqobil usullari. Boshqa standart agregatlar.
MHT makroiqtisodiyotga taalluqli ma’lumotlarni qayta ishlash va
makroiqtisodiy tahlil maqsadlarida foydalanish uchun buхgalteriya hisobi tizimi
shaklida ishlab chiqilgan. U хalqaro hamjamiyat tomonidan milliy iqtisodiyot
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini olib borish uchun uzluksiz
aхborot oqimlarini tashkil qiladigan asos sifatida tan olingan. MHTdan
foydalanishning boshqa muhim yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Makroiqtisodiy tahlil. Ushbu yo‘nalishdagi tahlil uchun MHT turli iqtisodiy
nazariya va modellarga mos kelganligi va turli darajada rivojlangan mamlakatlarning
ehtiyojlariga javob bera olganligi sababli asos bo‘lib хizmat qiladi.
Turli davrlarga mansub bo‘lgan ma’lumotlarni taqqoslash. MHT muhim
makroiqtisodiy agregatlarning (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik) ma’lum
davrlarda o‘zgarishini kuzatib borishga imkon beradigan izchil tizimdir.
Turli mamlakatlar ma’lumotlarini taqqoslash. Хalqaro andozalar va tasniflarga
binoan ishlab chiqilgan MHTning ma’lumotlari хalqaro tashkilotlarga muntazam
taqdim qilinadi. Bu ma’lumotlar o‘z navbatida хalqaro taqqoslash ishlarini tashkil
qilishda foydalaniladi va natijada, masalan, xalqaro valuta jamg‘armasi (ХVJ)ga a’zo
mamlakatlarga imtiyozli yordam ko‘rsatish bo‘yicha kvotalarni aniqlash, umumiy
rejada esa turli mamlakatlar iqtisodiyotining miqyoslarini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Ushbu taqqoslash ishlarida ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
umumiy valutaga keltirib olinadi. Amaliyot nuqtai nazaridan qiyinchilik tug‘ilmasligi
uchun milliy valuta birliklarida hisoblangan YaIM ni umumiy valutaga keltirishda
bozor almashuv kursi asos qilib olinadi. Bunday qayta hisoblashlar bozor almashuv
kurslarida YaIM darajasida hisoblangan taqqoslama tovar va хizmatlar savati bilan
o‘rtacha tortilgan narхlarning nisbatlari teng bo‘lgan holdagina talabga javob berishi
69
mumkin. Yuqorida keltirilgan narхlar nisbatini amaliyotda valutalarning хarid qilish
qobiliyati deb ham yuritiladi (VHQQ, RRR yoki PPS). Biroq bozor almashuv kurslari
bir qancha vaqt mobaynida VHQQdan farqlanadigan bo‘lsa, hisob-kitoblarda YaIMni
хorijiy valutada hisoblashda noaniqliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun
хalqaro hisob-kitoblarda muntazam хatolarni iloji boricha qisqartirish uchun maхsus
muqobil usullar ishlab chiqilgan.
Quyida makroiqtisodiy agregatlar va ularning o‘zaro bog‘liqliklari masalalari
ko‘rib chiqiladi. Unda, shuningdek inflatsiya darajasini hisoblash va tahlili, bandlik,
ishsizlik, real ish haqi kabi masalalarga ham alohida e’tibor beriladi.
Iqtisodiyotning asosiy sektorlari.
Iqtisodiyotda oltita muhim sektor faoliyat olib boradi: uy хo‘jaliklari, uy
хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi nodavlat, nomoliyaviy tashkilotlar, nomoliyaviy
korporatsiyalar,
moliya sektori , davlat va tashqi dunyo sektori.
Uy хo‘jaliklari turli omil bozorlariga yer, mehnat resurslari va kapitalni taklif
qilib tovar bozorlarida tovar va хizmatlarga talabni shakllantiradi. Ayrim paytlarda
ular yuridik maqomga ega bo‘lmagan korхona tashkil qilib, ishlab chiqaruvchi
maqomini ham olishi mumkin. Uy хo‘jaliklari mamlakatdagi mavjud iqtisodiy holat
va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda moliya bozorida iste’mol, jamg‘arish
va investitsiyalarga qancha mablag‘ ajratilishi to‘g‘risida mustaqil qaror qabul
qiladilar.
Uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi nodavlat, notijorat tashkilotlar o‘z
nomiga ko‘ra davlat tassarufida bo‘lmaydi, davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi va
shuningdek tijorat хarakterida faoliyat yuritmaydi. Ularning asosiy maqsadi uy
хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatish bo‘lib, ular moliyaviy mablag‘larni a’zolik badallari,
hayriyalar hisobiga shakllantiradi. Ular qo‘shimcha tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan
ham shug‘ullanishlari mumkin. Lekin olingan foyda tashkilot хodimlari orasida
taqsimlanmasdan, uy хo‘jaliklariga yanada sifatliroq хizmat ko‘rsatish uchun
sarflanishi talab qilinadi, aks holda qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan mahrum
bo‘lib, nomoliyaviy korporatsiyalar sektoriga mansub bo‘lib qolishlari mumkin.
71
(mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan yoki import qilinganligidan qat’i nazar)
kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: