Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
NAZM GULSHANINING DAHOSI - MIR ALISHER NAVOIY
Ashurova Ibodat Bobomuratovna
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani
24-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Telefon (+99 891 240 50 68) @Ashurova_I
Annotatsiya:Navoiy ijodi shu qadar ko’pki, uning ostida esa shoirning bir umrlik mehnati ,
hayoti yotadi. Navoiy nafaqat ulug’ alloma , balki jamiyat va davlatning eng yetuk namoyondasidir.
Kalit so’zlar: Buyuk alloma, avliyo ,shoirlarning sultoni , bunyodkor , ijod ahli she’rxonlik
, g’azalxonlik kechalari,
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Navoiyning xalqimiz ma’naviy taraqqiyotidagi
xizmatlarini munosib baholab, shunday degandilar: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va
tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy
adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga
tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda
so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va
e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir
desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.
Darhaqiqat, inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran
ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi va bu yetuk mutafakkir bizning
bobokalonimiz ekanligidan faxrlanishimiz zarur. Zero, ona tiliga muhabbat, milliy g’urur singari
tuyg’ular ham bizning ongu shuurimizga dastavval Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi.
Alisherda she’riyatga muhabbat juda yoshligidan uyg’ongan. Buning sababi u tug’ilib o’sgan
xonadon a’zolariningadabiyotga, she’riyatga ixlosmand kishilar bo’lganligi bilan ham bevosita
bog’liqdir. Ular xonadonida she’riyat muhlislari tez-tez yig’ilib turar vashe’rxonlik, g’azalxonlik
kechalari bo’lib turar edi va shubhasiz yosh Alisher ham bunday yig’inlarda qatnashardi. Navoiy
Hirotga kelgach, davlat va jamoat arbobi sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. 1469-yil aprel
oyida ramazon hayiti munosabati bilan uyushtirilgan tantanali marosimda Alisher Navoiy do’sti
Husayn Boyqaroni tabriklab, unga bag’ishlab yozilgan «Hiloliya» qasidasini taqdim etadi.
«Hiloliya» qasidasi Alisher Navoiy ijodida hajman Sayyid Hasan Ardasherga yozilgan maktub-
masnaviydan so’ng yozilgan ikkinchi yirik asaridir. Uning «Hiloliya» deb atalishi yangi ko’ringan
oyga tashbih bo’lib, asarda taxtga yangi chiqqan hukmdor madh etiladi. Navoiy saroy xizmatiga
tortilib, ung muhrdorlik lavozimi topshiriladi. Alisher Navoiy davlatning barcha hujjatlarini o’z
qo’lidan o’tkazar va unga muhr bosib, rasmiylashtirar edi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga
o’z saroyidan g’oyatda mas’uliyatli mansabni topshirar ekan, davlat ishlarida, hokimiyatni
mustahkamlab olishda, umuman, mamlakat va xalq osoyishtaligini o’rnatishda Navoiy eng
ishonchli kishi bo’lishini, o’z maslahatlari bilan katta yordam berishini yaxshi bilar edi. Navoiy
adabiyot va san’at namoyandalariga mehribon ustoz va murabbiy edi. Uning ixlosmandlari kun
sayin ortib borardi. Хondamir xabar berishicha, nafaqat adabiyot balki tarixga oid kitoblarning
yaratilishida ham Navoiyning xizmati beqiyos bo’lgan. Masalan, Navoiy Mirxondning yetti
jilddan iborat bo’lgan «Ravzat us-safo» asarining yaratilishining tashabbuskori bo’lgan.
Shuningdek, shoir yaratilishi lozim bo’lgan asarning mavzui, tuzilishi va uslubi yuzasidan
maslahatlar bergan. Mirxondning asar yozishga kirishishi uchun yetarli ish sharoiti ham yaratib
bergan. Alisher Navoiy tarixchiga «Хalosiya» xonaqohidagi katta kutubxonasi bo’lgan o’z
xonasini yozuv qurollari bilan jihozlab topshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I. Karimov –“Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch”. Toshkent “Ma’naviyat “ 2008-yil
2. O’zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. J. 2. – Т.: Fan, 1977.
3. Internet ma’lumotlari
50
Do'stlaringiz bilan baham: |