ZAKARIYO (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Z. (as) Qur’onda 8
joyda zikr qilingan. 3. (as)ning nasabi haqida Qur’onda biron narsa deyilmagan. Z. (as)
yoshi ulg‘ayganda ham befarzand edi. Shu sababli o‘zlaridan keyin "Bani Isroil"
qabilasining ahvoli ne kechar ekan, deya ko‘p o‘ylardi. Chunki, ular shariat ahkomlariga
yaxshi rioya qilmas, Z. (as)dan keyin ularga nomaqbulroq kishi sardorlik qilsa, ular
zalolat ko‘chasiga kirib ketishlari aniq edi. Qur’onda kelganqtsek, o‘zini ibodatga
bag‘ishlagan Maryamga Z. (as) kafillik qilar, zero, Z. (as) Maryamning xolasining eri edi.
Z. (as) masjiddan Maryam uchun maxsus joy hozirlab, har kuni uning holidan xabar olib
turar edi. Masjidda Maryamga g‘oyibdan turli taomu sharbatlar, mevalar in’om
etilayotganini sezgan Z. (as) uvdan bu nozu ne’matlar qaerdan kelayotganini so‘radi.
Maryam bularning barchasi Allohning marhamati ekanligini aytdi. Shunda, Allohning har
narsaga qodir ekanini bilgan Z. (as) Allohning marhamatidan umid qilib, qarib, zaif bo‘lib
qolgani va befarzandlik dog‘i uni kuydirayotganini arz etib, Allohdan iltijo bilan farzand
so‘radi. Farzand so‘rashidan asosiy maqsad nasl qoldirish va o‘zidan keyin qavmu
qarindoshlarini yomon yo‘lga yurib ketishlaridan saqlab, ular orasida odilona hukm
yurgazadigan o‘rinbosar bo‘lishini istagan edi. Bu hakda Ol Imron surasi 37-38-oyatlarda
va Maryam surasi 2-7-oyatlarda bayon qilingan. Alloh taolo Z. (as)ning duosini qabul
etganini, Yahyo ismli farzand dunyoga kelishi bashoratini maloikalar Z. (as)ga
yetkazadilar. Z. (as) "o‘zim qari, xotinim yoshligidan befarzand bo‘lsa, endi bu
xushxabar qanday bo‘lar ekan" deb taajjublanadi. Shunda unga: "Bu Allohning irodasi.
Alloh har narsaga qodir zotdir" - degan vahiy bo‘ladi. Z. unday bo‘lsa xotini homilador
bo‘lganligini qanday qilib bilishi mumkinligini Allohdan so‘raganida - "Xotining homilador
bo‘lganida sen odamlarga gapira olmay, tiling so‘zga kelmay qolur. Faqat ishora
bilangana ularga xitob qila olursan. Bu holat 3 kun davom etur. Ana shunda bilgilkim
ayoling farzandga homilador bo‘lgan bo‘lur. Shu kunlarda sen Allohga tasbeh va tahlil
aytishga mashgul bo‘lgan", - degan xitob bo‘ldi. Bu haqda Ol Imron surasi 41-oyatda
bayon qilingan.
ZAKOT (arab - tozalash, sadaqa berish) - mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa,
xayr-ehson. Islomning besh asosiy talablaridan biri. Shariatga muvofiq, muayyan
boylikka nisobga ega bo‘lgan musulmon 3. beradi. Uning mikdori (85 gr. oltin
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |