ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi - Toshkentdaga
me’moriy yodgorlik (13-14-a.lar). Amir Temur Ko‘kcha darvozasi tashqarisidagi Orifon
qishlog‘iga dafn etilgan Zayniddin boboga atab soldirgan. Arxeologik tekshirishlarga
ko‘ra, yodgorlik yonida joylashgan chillaxona 12-13-a.larga, maqbara o‘rnida bo‘lgan
xonaqoh 14-a.ga oid. Maqbara devori asosi 16-a.da qurilgan, tepasi va peshtoqi 19-a.
oxiri - 20-a. boshlarida ta’mir etilgan. Tashqi gumbaz baland asosga o‘rnatilgan. Yog‘och
darvozaga ustaning nomi -"Mirsharob Abdumo‘min o‘g‘li" o‘yib yozilgan. Darvoza
tepasidagi deraza o‘rnida yog‘och panjara saqlanib qolgan. 13-14-a.larda maqbara
atrofida qabriston vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |