www.ziyouz.com kutubxonasi
285
bo‘lmaydi deganlar. Ularning fikricha, Qur’on ilohiy, mo’jiza kalom bo‘lib, unga o‘xshash
arabcha kalom keltirish imkoni bo‘lmaganidan keyin, uning maqsadini boshqa tilda, ayni
shaklda bayon qilish imkoni ham yo‘q edi. Qur’on saviyasida bo‘lmagan narsani Qur’on,
deb atash esa, mutlaqo mumkin emas. Eng muhimi, Qur’on tarjimasi, degan da’vo bilan
kishilarni haqiqiy Qur’ondan uzokdashtirish xavfi tug‘ilishi mumkin edi. Shuning uchun
ham, qadimda boshqa tillarda Qur’onga yozilgan T.lar yoki tushuntirishlar boru, ammo,
Qur’on oyatlarining bevosita tarjimalari yo‘q.
Birinchi bo‘lib g‘arb xalqdari Qur’onni o‘z tillariga tarjima qilishni boshladilar. Ana o‘sha
tarjimalarni nafaqat mustamlakachilar, balki, ularning tilini biladigan ba’zi musulmonlar
ham o‘qiy boshladilar. Ushbu va b. omillar ulamolarni Qur’on ma’nolarini tarjima qilish
masalasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Musulmon ulamolar Qur’on ma’nolarining
tarjimasi haqida fatvo chiqardilar va bunday tarjima uchun kerakli shartlarni ham bayon
qildilar. Mazkur shartlar, ko‘r’on ma’nolari tarjimasi uning T. dek narsadir, degan
tushuncha asosida qo‘yilgan edi. Shu bilan birga ma’nolar tarjimasiga T.ga qo‘yilgan
shartlar ustiga qo‘shimcha shartlar ham qo‘yildi. Ulardan ba’zilari quyidagilar:
- Tarjimon arab tilini o‘ta yaxshi bilishi bilan birga tarjima qilinayotgan tilni ham juda
yaxshi bilishi shartligi.
- Tarjimani, Qur’on tarjimasi emas, balki, Qur’on ma’nolari tarjimasi, deb atash va
tushunish lozimliga. Chunki, islom ta’limotiga ko‘ra, Qur’onni ayni o‘zidek tarjima qilish
umuman iloji yo‘q narsa va insonlar nafaqat tarjima, balki, arab tilida ham Qur’onning
biror oyatiga o‘xshash matnni keltira olmaydilar.
- Mazkur ma’nolar tarjimasidan faqat Qur’on ma’nolarini tushunishdagi yordamchi
sifatida foydalanish mumkinligi.
- Ma’nolar tarjimasini ibodatda qiroat qilish, ulardan hukm chiqarishga harakat qilish,
tarjimalar atrofida ixtiloflar qilish mutlaqo mumkin emasligi.
- Qur’on ma’nolari tarjimasini yozganda, albatta, arabcha oyatlar bilan birga yozish.
Chunki, shunda asl matnning qudusiyati balqib turadi. Qolaversa, tarjimaning aniqligani
har doim tekshirish imkoni bo‘ladi. Keyingi yillarda Qur’on ma’nolari o‘zbek tiliga ham
tarjima qilindi. Hozirgacha ikkita to‘la ma’nolar tarjimasi bor. Alouddin Mansur va
Abdulaziz Mansurov tomonidan qilingan tarjimalar.
Manbalar: Tafsiri Tabariy. Tafsiri Kurtibiy. Mabohis fii ulumil Qur’on-Subhi Solih. Mabohis
fii ulumul Qur’on-Manno’ Qatton. Nuzulul Qur’on alo sab’ati axruf Manno’ Qatton.
Manohilul irfon fi ulumil Qur’on-Abdul aziym az-Zarqonsh. Itqon fii ulumil Qur’on-
Jaloliddsh Suyutiy. Burhon fii ulumil Kuron-Zartshiy. An-Nabaul azim-Abdulloh Daroz.
Zohira Qur’oniya-Molik va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |