www.ziyouz.com kutubxonasi
284
mashhur muallafotlaridan biri "Kashshof an haqoiqit tanzil va uyunil aqovil fi vujuhit
ta’vil" T. kitobi bo‘lib, u ko‘pchilikka "Kashshof" nomi bilan mashhurdir.
Imom Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayin Roziyning "Mafotihul
g‘ayb" nomli T. kitoblari ilm ahdi o‘rtasida oyatlar orasidagi munosabatlarni va suralar
o‘rtasidaga bog‘lanishlarni bayon qilish va b. bir qancha imtiyozlari bilan mashhur
bo‘lgan. Imom Abul Barokot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy. O’zlarining
"Madorikut tanzil" nomli T. kitoblarini ta’lif qilishda Imom Zamaxshariyning "Kashshof"
T.laridan istifoda qilganlar.
Imom Nasafiyning "Madorikut tanzil" nomli bu kitoblari hozirgi kunimizgacha ulamo va
tolibi ilmlar orasvda zo‘r e’tibor bilan shuhrat topib kelmoqda va ko‘pgina islom o‘quv
yurtlarida qo‘llanma sifatida ishlatib kelinmoqda.
Qur’on T.i bilan shug‘ullanadigan kishida bo‘lishi zarur shartlar: Birinchi shart: Sof
e’tiqoddi bo‘lish. Chunki, e’tiqod masalasi o‘ta nozik ish ekanligi hammaga ma’lum.
E’tiqod masalasida nuqsoni bor kishi T. qilsa, T. ham nuqsonli chiqishi turgan gap.
Shuning uchun ham e’tiqodida "Ahli sunna val jamoa" mazhabidan ozgina og‘ish bor
shaxsga T. qilishga izn berilmagan yoki undoq odam qilgan T. yo‘q qilingan. Ikkinchi
shart: Havoi nafsga ergashishdan xoli bo‘lish. Boshqacha qilib aytganda, T.chi bo‘lish
niyatidagi shaxs tarafkashlik dardiga chalingan bo‘lmasligi kerak. Aks holda, uning ishida
xiyonat sodir bo‘lishi hech gap eas. Shuning uchun ham, qadariya, rofiza, mu’tazila kabi
toifalarga mansub shaxslarning Tlari qabul qilinmagan.
Uchinchi shart: Arab tilini o‘ta yaxshi bilmoq. Bu hech qandoq izohga o‘rin qo‘ymaydigan
shartdir. Qur’on arab tilida nozil bo‘lgan, arab tilini yaxshi bilmay turib, Qur’onni
bilaman, deyish mutlaqo noo‘rindir. Arab tili nahv, sarf, maoniy, bayon, badiy’, fasohat
kabi bir qator ilmlarni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi shart: Qur’onga bog‘liq ilmlarni yaxshi
bilmoq. Mazkur ilmlarga jumladan: Qiroatlar ilmi, ilmi Tavhid, ilmi Sababi nuzul, ilmi
Nosix va mansux, ilmi Om va xos, ilmi Mutashobih va b. bir qancha ilmlar kiradi.
Beshinchi shart: Avvalo Qur’onni Qur’on bilan T. qilmog‘i shart. Chunki, bir ma’no
Qur’oni karimning bir joyida umumiyroq zikr qilingan bo‘lsa, boshqa bir joyida
batafsilroq bayon qilingan bo‘ladi, bir oyatda qisqa ishora qilib ketilgan narsa ikkinchi
oyatda kengaytirib tushuntiriladi. Shuning uchun Qur’oni karimni yaxshi va chuqur
anglashda uning oyatlarini bir-biriga solishtirib o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.
Oltinchi shart: Qur’onni sunnat bilan T. qilmoq. Payg‘ambar (sav)ning sunnati
Qur’onning sharhi va tatbiqi bo‘lib kelgan. Shuning uchun Qur’onni T. qilmoqchi bo‘lgan
shaxs Payg‘ambar (as)ning sunnatlarini juda ham yaxshi bilmog‘i shartdir. Yettinchi
shart: T.ni Qur’onning o‘zidan yoki Payg‘ambar (sav)ning sunnatlaridan topmasa,
sahobalarning gaplariga qaytmoq. Chunki, sahobai kirom (ra)lar Qur’oni karimning nozil
bo‘lishiga shohid bo‘lgan, o‘sha davrda Payg‘ambar (sav) bilan birga yashagan, Qur’onni
aniq tushunib yetgan kishilardir. Sakkizinchi shart: Agar T.ni yuqorida zikr qilingan
masdarlardan birortasida ham topa olmasa, tobe’inlarning T.iga qaytish. Chunki
tobe’inlar, sahobalardan dars olgan avloddirlar. Sahobalardan keyin Qur’oni karimni eng
yaxshi biladigan avlod ham o‘sha kishilardir.
To‘qqizinchi shart: O’tkir fahmli bo‘lmoq. Bu sifat, bir ma’noni ikkinchisidan ustun qo‘ya
bilish va shariat maqsadlariga mos ma’nolarni istinbot qilish uchun kerak bo‘ladi.
Mufassir odoblari quyidagilardan iborat: -Yaxshi niyatli va sog‘lom maqsadli bo‘lmoq. -
Husni xulkdi bo‘lmoq. -Ilmiga amal qilmoq.
-Ma’nolarni naql qilishda sodiq va aniq bo‘lish.
-Izzatini bilmoq. -Haqgo‘y bo‘lmoq. -Viqorli bo‘lmoq. -Tavozu’li va halim bo‘lmoq. -Og‘ir-
bosik, va salmoqli bo‘lmoq. -Peshqadam olimlarni o‘zidan ustun qo‘ymoq. Qur’onni
tarjima qilishga dastlab ruhsat berilmagan. Ulamolar bir ovozdan Qur’onni tarjima qilib
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |