SANAVIYA - dualistlar. Borliqning ikki oliy ibtidosi - yorug‘lik va zulmat, xudo va
shayton va b.ni tan oluvchi g‘ayriislomiy ta’limot (zardushtiylar, moniychilar,
mazdakiylar, daysoniylar) vakillarining islomda atalishi. Islomning ichida esa, S.ga
ba’zan Allohdan o‘zga qandaydir oliy ibtido borligani da’vo qilgan ta’limot vakillari
kiritilgan. Mu’taziliylar Allohni mohiyatidan farkli o‘laroq abadiy sifatlar egasi deb
hisoblaganlari uchun sifatiylarni S. qatoriga kiritganlar; qadariylar inson o‘z xatti-
harakati "ijodkori" deb ta’lim berganlari uchun mu’taziliylarni S. deb hisoblashgan;
falsafa dunyoni abadiy deb hisoblagani uchun S.ga mansub deb qoralangan.
Shuningdek, ismoiliylar, xususan qarmatlarni ikki turdagi "yorug‘lik" - "yorqin" (nur
sha’sha’ani) va "xira" (nur zulmani) mavjudligi haqida ta’lim berishgani tufayli S.
qatoriga qo‘shishgan.
SANUSIY (yoki Snusiy), as-Sayyid (Sidi) Muhammad ibn Ali al-Mujoxiriy al-Hasaniy al-
Idrisiy (taxm. 1791-1859) - shim. afrikalik so’fiy, sanusiylar tariqati asoschisi.
Mostag‘anim sh. (Jazoir) yaqinidagi Turs mavzeida tug‘ilgan. Nufuzli so’fiylik tariqati -
tijoniya peshvosi Ahmad at-Tijoniy (1815 y. v.e.)ning qarashlari unga katta ta’sir
ko‘rsatgan. 1829 y. S. safarga chiqib, mudarrislik qilgan, turli so’fiylik tariqatlari
zikrlarida qatnashgan, Qohira va Makkada bo‘lib, xidriylar yoki xadiriylar (xidriya,
xadiriya) tariqat peshvosi shim. afrikalik so’fiy Ahmad ibn Idrisga shogird tushgan.
Ustozi molikiy faqihlar quvg‘inidan xalos bo‘lish uchun Makkani tark etib, Jan.
Arabistondagi Sobiya sh.ga yashiringanda, S. unga ergashgan. Ahmad ibn Idris
vafotidan so‘ng uning izdoshlari ikki tariqat barpo etganlar, ulardan biriga S. bosh
bo‘lgan. 1840 (yoki 1843 y.) S. tariqatlar o‘rtasidagi nizo oqibatida Makkani tark etishga
majbur bo‘lgan. Kirenaikaga kelib zoviyalar qurdirgan S. sanusiylar tariqati markazi etib
Jagbubni tanlagan. Uzoqni ko‘zlovchi siyosiy va mohir tashkilotchilik qobiliyati S.ni
mahalliy qabilalar orasida obro‘sini ko‘targan. Jagbubdagi as-S. qabri ustiga hashamatli
maqbara qurilgan. U yaqin vaqtlargacha sanusiylarning bosh ziyoratgohi bo‘lib kelgan.
S. ta’limoti asosida ilk islom davridagi "poklik"ga qaytish yotgan, lekin shu bilan birga u
so’fiylik va undagi avliyolarga e’tiqod qilishni rad etmagan.
S.ning so’fiylik qarashlaridaga xarakterli xususiyat payg‘ambar Muhammad (sav)ga
sajda qilish bo‘lib, uning fikricha, sanusiylar doimo o‘z ibodatlarini u zotga bag‘ishlashlari
(aurod, ahzob), uni belgilangan mikdorda (40 tadan 100 gacha) qaytarishlari kerak
bo‘lgan. S. va uning izdoshlari o‘z tariqatlarini "Muhammadiy" (at-tariqa al-
muhammadiya) deb atashgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |