SAM’ONIY, Abul Muzaffar Mansur ibn Muhammad as-Sam’oniy (1035-1096) -mufassir,
muhaddis, faqih, qozi, adib. Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-
Sam’oniyning bobosi. Marvda tug‘ilgan. Yoshlikdan hadislarni o‘rgangan va ota-bobolari
singari fiqhdagi qodiriya oqimiga mansub bo‘lgan. Uzoq yillar Xuroson, Iroq va Xijoz
sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan va 1069 - 70 y.da Makkada shofi’iylarga qo‘shilgan.
Sayohati davomida 100 dan ortiq eng yirik muhaddislardan 1000 ta eng sara hadislarni
to‘plagan. 50 dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Fiqh, hadis, tilshunoslikka oid 10 ta asar
yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |