QIBLA (arab. "qarshi tomonda turgan narsa") - musulmonlar namoz vaqtvda qarab
turadigan tomon. Dastlab Muhammad(sav) va uning tarafdorlari Quddus (Ierusalim)
tomonga qarab namoz o‘qishgan. Hijriy 2-yili (624) Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) Qur’on
oyati ila (2; 144) barcha musulmonlar uchun Q. qilib belgilangan. Islomda Q. muqaddas
hisoblanadi. Har bir musulmon qaerda bo‘lmasin, albatta, Q. tomonga qarab namoz
o‘qiydi. Masjidlarda mehrob Q. tomonga qaratib o‘rnatiladi. Islomdagi ko‘p marosimlar
ham, odatda, Q.ga qarab bajariladi. Marhum ko‘milganda ham yuzi Q.ga qaratib
qo‘yiladi. Islom shariati Q. tomonni ulug‘laydi, Q. tomonga oyoklarni uzatib o‘tirish va
yotish odobsizlik hisoblanadi. Bizning O’zbekistonga nisbatan Q. jan.-g‘arb tomonda
bo‘lib, kompas mili G’arb nuqtasidan 14 gradus chap tomonga qaytishi kerak. Q. qaysi
tomondaligani bilolmagan va so‘rashga odam topa olmagan kishi taharriy qiladi, ya’ni
dili tortgan tomonni hech ikkilanmay Q. deb jazm qilib o‘qiy beradi, keyin Q. aniqlansa
ham qayta o‘qimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |