NURIDDINBASIR, shayx Nuriddin Basiro, Qutbi chaxordaxum(?-1248) - O’rta Osiyolik
mashhur shayxlardan, mutasavvif. "Kutbi chaxordaxum" ("O’n to‘rtinchi qutb") nomi
bilan mashhur bo‘lgan. Shayx Zayniddin bobo Kuyi Orifoniyning shogirdi, xalifasi
bo‘lgan. "Samariya"da aytilishicha, shayxlikda tugallanib, eng so‘nggi bosqichiga
mingach, yo‘lboshchisining g‘aybiy ishorati yuzasidan, onasi bilan birga No‘jkent
(Toshkent yaqinidagi qishloq)dan Samarqandga ko‘chib kelgan. N.B.dan "Sizning
zamoningazda qutb kimdir?", deb so‘ralganda u: "birodarim Abdullo o‘n uchinchi kutbdir,
biz o‘n to‘rtinchimiz", deb javob bergan. "Basir" atalishiga sabab, u onadan so‘qir
tug‘ilgan bo‘lsa ham valiylikning nuri bilan barcha ko‘rguliklarni ko‘rar edi. N.B. qabri
Samarqandning Chokardiza qabristonida, Novadon ariga bo‘yida joylashgan.
NUSAYRIYLAR, alaviylar- shialikka mansub firqalardan birining tarafdorlari. 9-a.da
yashagan Muhammad ibn Nusayr Basriy rahnamo bo‘lgan. N.ning asosiy aqidasi
shialarning birinchi imomi xalifa Alini ilohiylashtirish (shundan "alaviylar" nomi kelib
chiqqan), unda xudoning o‘zi mujassamlangan deb ishonishdan iborat. Ularning diniy
ta’limoti va marosimlariga xristian dini va ayrim qadimiy e’tiqodlar ta’sir etgan.
Xristianlikdagi muqaddas uchlik (troitsa) kabi, N. ham Muhammad, Ali va Salmon al-
Forisiyni Xudoning uch xil namoyon bo‘lishi, deb e’tiqod qiladi. Islom aqidasining zohiri
va botini (sirti va ichi) bor deyishadi va shu orqali uni buzishga harakat qilishadi. Barcha
harom narsalarni halol sanashadi. Ular o‘z falsafalarini yunon, hind, fors va nasroniy
falsafalaridan jamlashgan. Ular Kuyosh, Oy va yoritqichlarga sig‘inadilar, jonning ko‘chib
yurishiga ishonadilar. Ularning e’tiqodida yana quyidagilar asosiy o‘rin tutadi: N.ning bir
qismi Alini oyda yashaydi deb e’tiqod qiladi, ba’zilari esa, Quyoshda yashaydi deydi. N.
Muhammad (sav)ni Ali yaratgan deb e’tiqod qiladi. Hajni e’tirof qilmaydi. Zakotni boshqa
musulmonlardek belgilamaydilar, balki xums (beshdan bir qism) beradilar.
N.ning bayramlari quyidagilardir: Navro‘z -bahor bayrami, Yeadir bayrami, mubohala
bayrami, Qurbon hayiti va shuningdek, nasroniylarning cho‘qintirish, barbarlik, Isoning
tug‘ilgan kuni, xoch kabi bayramlarini ham nishonlaydi.
Hukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida ta’qib qilingani sababli N. o‘z
e’tiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Ularda namoz, ro‘za va
b. islom marosimlari, masjid kabi ibodatxonalar yo‘q. N. hozir Suriya va Turkiyada bor.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |