www.ziyouz.com kutubxonasi
210
yahudiylar musulmonlar bilan tuzgan ahdnomani buzgani uchun qisman haydab
chiqarildi, bir qismi qirib yuborildi. Shunday qilib, M. (sav) diniy ta’limot, marosimlar va
jamoani uyushtirishning asosiy tartib qoidalarini shakllantirganlar. Bu qonun-qoidalar
keltirilgan vahiylarda kisman M. (sav)ning va’zlari, xatti-harakatlari va qarorlarida o‘z
aksini topdi.
Madina davrining avval boshidan jamoani jipslashtirish va uni kengaytirishning
shakllaridan biri makkalik mushriklarga qarshi kurashish edi. 623 y. musulmonlarning
Makka savdo karvonlariga hujumlari boshlandi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan
iqtisodiy urush, ular farovonliganing asosiy manbai bo‘lgan savdo karvonlari ishini
chippakka chiqardi. 624 y.da Badr qudukdari oldida, (q. Badr jangi) 625 y.da Uhud tog‘i
etagida (q. Uhud jangi) janglar bo‘ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil
zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. (sav) Madinani uzoq qamal
sharoitiga tayyorladilar, shahar atrofiga chukur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi
o‘qchilar joylashtirildi. Qattiq to‘zonli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida
nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu g‘alaba Madina jamoasini
yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yanga badaviy qabilalarning qo‘shilishiga
olib keldi. Hijraning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni
kelishuvchilik yo‘li bilan bartaraf etish uchun M. (sav) bilan tengma-teng muzokara olib
borishga majbur bo‘lishdi. Xususan, Xudaybiyada muhim bitim tuzildi: unga ko‘ra,
makkaliklar kelgusi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga to‘sqinlik qilmaslik,
ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldi.
Madinaliklar o‘z navbatida bundan buyon Makka karvonlariga tegmaydigan bo‘ldi. Bu
davrga kelib makkaliklarning G’arbiy Arabistondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha
boshlagan edi. Shu sharoitda Makka hukmron doiralari M. (sav) jamoasi bilan
munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushuna boshladi, Madinaga qarshi
kurashning yetakchilaridan biri bo‘lgan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga o‘tdi. 630 y.da
Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bo‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi
butlar va sanamlar buzib tashlandi, u yangi dinning eng muqaddas sajdagohiga
aylantiriddi, bu yerga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi.
Makkaliklarning o‘zlari esa M. (sav) jamoalariga qo‘shildi. Bu hol M. (sav) jamoalarining
badaviylarga ta’sirini yanada kuchaytirishda va ular o‘rtasida islomni kengroq yoyishda
muhim ahamiyat kasb etdi. 631 y.da ko‘p qabilalar M. (sav)ga bo‘ysundi va islomni
qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. (sav)o‘z oila a’zolarini olib, Madina
atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirga marta ziyorat
(haj)ga bordilar. Buni islomda hajjat ul-vado’ deyiladi. Mana shu ziyorat Makkaning
islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O’shandan buyon o‘tgan
barcha asrlar davomida musulmonlar Makkani ziyorat qiladi. Ana shu ziyoratdan uch oy
keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so‘ng M. (sav) Madinada vafot etadilar.
Payg‘ambar (as)ni o‘z hujralariga dafn qilishgan, maqbaralari keyinchalik u yerda
qurilgan katta masjid ichiga olingan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
M. (sav)ning hayotlari va tarjimai hollari Siyrdyaa, u zotning so‘zlari va qilgan ishlari
haqidagi rivoyatlar Hadislarda bayon etilgan. Islom ta’limotida M. (sav) komil inson
sifatida ta’riflanadilar. Sunnada payg‘ambar (as)ning hayotlari barcha musulmonlar
uchun namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Islom an’anasida M. (sav) hech qanday
g‘ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasliklari, balki hamma kabi oddiy odam, lekin
Allohning chin va oxirgi paygambarlari ekanliklari qayd etiladi. M.(sav)ning shaklu
shamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg‘ambarlardan farq etadigan
xususiyatlari to‘g‘risida birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan sahobalar
hamda nikohida bo‘lgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida ko‘plab
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |