www.ziyouz.com kutubxonasi
209
Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shug‘ullangan
M. (sav) Suriyaga safar qilganlar. xususan. Xalab va Damashq shaharlariga boradilar. M.
(sav) 595 y. 25 yoshda 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanganlar. Xadicha
hayotligada M. (sav) boshqa xotin olmaganlar. M. (sav)dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim,
Tohir, Tayyib) va to‘rt qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O’g‘illari
go‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagana M. (sav) avlodlarini davom ettirgan.
Xadicha vafotidan so‘ng M. (sav) bir necha bor uylanganlar (lekin, Oishadan boshqa
bokira qiz xotin olmaganlar), ulardan farzand ko‘rmaganlar. Faqat joriyalari Moriyadan
Ibrohim ismli o‘gil bo‘lgan. U ham juda yoshligida nobud bo‘lgan. M. (sav) qirq yoshga
to‘lganlarida o‘zlarini boshqacha seza boshlaganlar. Yolg‘izlikni qo‘msab, Makka yonidagi
Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga borib ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardilar. Taxm.
610-y.da M. (sav) Makkada o‘zlarining xudodan vahiy olayotganlarini e’lon qiladilar. Buni
birinchilardan bo‘lib Xadicha, M. (sav)ning amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib hamda
asrandi g‘illari Zayd ibn Horisa e’tirof etib imon keltirishgan. Ko‘p o‘tmay, Makkaning eng
nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn
Avf va Usmon ibn Affon M. (sav)ning chin payg‘ambar deb tan olishgan. M. (sav)
izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning qolgan aholisi,
ayniqsa, nufuzli qurayshiylar esa, M. (sav) ta’limotlarini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan
qarshi olgan. Buning natijasida M. (sav) tarafdorlaridan 11 xonadon (50 ga yaqin odam)
Habashiston (hoz. Efiopiya)ga ko‘chib ketgan. M. (sav) jamoalariga jasur jangchilar
sifatida tanilgan Hamza bilan Umarning qo‘shilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni
vaqtda quraysh zodagonlarining M. (sav) va u zotning tarafdorlariga dushmanligi yanada
kuchaydi. 620 y.da Xadichaning, so‘ngra Abu Tolibning vafotidan so‘ng Makkada vaziyat
yomonlashadi, M. (sav) muayyan xatar ostida qoladilar. Har yilgi an’anaviy Makka
ziyoratiga kelgan Yasrib (hozirgi Madina sh.)lik Avs va Xazraj qabilalarining vakillari M.
(sav) bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga va’da berishadi, M. (sav)ni
Yasribga ko‘chib borishga da’vat qilishadi. Avval M. (sav)ning izdoshlari (ashoblar) o‘z
oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh bo‘lib ko‘chadi.
Oxirida M. (sav)ning o‘zlari Abu Bakr (ra) bilan jo‘nab ketadilar. 622 y.da yuz bergan bu
ko‘chish payti (arab. xijra)dan musulmonlar erasi - hijriy yil hisobi bolshanadi. Dastlab,
ko‘pchilik Makkalik musulmonlar, keyinchalik M. (sav)ning o‘zlari ham Yasribga ko‘chib
o‘tishgan (Rabiul avval oyining 12 yoki 8-sanasida yoki 622 y.ning 24 yoki 22 sent.ida).
Yasrib Madinat an-Nabiy ("Payg‘ambar shahri") yoki shunchaki, Madina deb atala
boshlandi. M. (sav) jamoaning oddiy da’vatchisidan siyosiy yetakchisiga aylanganlar.
Asta-sekin Makkadan M. (sav) bilan birga ko‘chib kelgan musulmon - muhojirlar va
madinalik musulmon ansorlar M. (sav)ning asosiy tayanchlari edilar.
Shanba o‘rniga musulmonlar uchun jamoa bo‘lib namoz o‘qiladigan juma kuni
belgilanadi. Ka’ba muqaddas haj ziyoratgohi deb e’lon qilinadi. U islom dinining asosiy
ziyoratgohi, ibodat qiluvchilar o‘sha taraf (Qibla)ga qarab ibodat qiladigan bo‘ldilar.
Madinada birinchi masjid, M. (sav) uylari quriladi, musulmon arkonlari (aqoid) -ibodat,
tahorat, ro‘za, namozga chorlash - azon xayr-ehson ehtiyojlari uchun zakot yig‘ish
qoidalari ishlab chiqila boshladi. M. (sav) Allohning elchisi, odamlarga ilohiy yo‘l-yo‘riq
va qonunlarni yetkazuvchi payg‘ambar deb taniladilar. Madinada M. (sav) atroflariga
birlashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga keldi.
Bu jamoa Arabistonda azaldan hukm surib kelgan qon-qarindoshlikdan iborat urug‘-
qabilachilik birlashmalari asosida emas, balki yagona diniy ta’limot asosida vujudga
kelgan edi. Umma diniy ruhdagi uyushma bo‘lib, M. (sav) ayni vaqtda jamoaning ham
diniy, ham dunyoviy, ham harbiy rahbari edilar. Hijradan so‘ng bir necha yil davomida
Madina va atrofdagi arablar islomni qabul qilib, jamoaga a’zo bo‘lib kirishdi. Shahardagi
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |