LUT (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron sh.
(Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim (as) bilan birga Falastinga borgan. Sadum,
Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik bilan shugullangan. Payg‘ambarlik
darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon
keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark
etmay, L.(as)ning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi
va imonli kishilar bilan birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga
uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr"
surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. L. (as) ma’lum masofaga yetib
olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirshtgani
bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u
"O’lik dengaz" va "Lut oroli" deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |